Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


 Xalqaro jinoyat odil sudlovi organlari



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   148
 
2. Xalqaro jinoyat odil sudlovi organlari 
 
Aytib o‘tilganlar xalqaro adolat organlari (xalqaro adliya organlari) 
– bu xalqaro hamjamiyat tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
ishtirokida  xalqaro  shartnomalarga  asosan  yoki  ularni  ijro  qilish 
maqsadida ta’sis etilgan sudlar deb aytish imkonini beradi. Ular xalqaro 
sudyalardan  tashkil  topib,  xalqaro  ayblovchilar  hamda  oqlovchilar 
ishtirokida,  xalqaro-huquqiy  hujjatlarda  nazarda  tutilgan  protsessual 
tartibda, eng og‘ir jinoyatlarni sodir etilganlikda ayblanayotgan, xalqaro 
hamjamiyatni  tashvishga  solayotgan  (xalqaro  jinoyat  sodir  qiluvchilar) 
javobgar  shaxslarga  nisbatan  mavjud  jinoiy  ishlarni,  shuningdek,  ta’sis 
etilish  chog‘ida  o‘zlarining  vakolatlariga  kiritilgan  boshqa  ishlarni 
ko‘rib  chiqish  hamda  hal  qilishni  amalga  oshiradilar,  shu  bilan  birga 
xalqaro  adolatni  o‘rnatish  uchun  boshqa  vazifalarni  ham  teng 
bajaradilar.  
Hozirgi  kunda  ularni  ta’sis  etish,  shakllantirish,  huquqiy  tartibga 
solish,  tashkil  etish  hamda  faoliyatini  amalga  oshirishning  quyidagi 
institutsional modellari mavjud:  
1.  Xavfsizlik  Kengashi  tomonidan  BMTning  yordamchi  organi 
sifatida tashkil etiluvchi ad hoc xalqaro jinoiy tribunallari. 
2. Ikki turdagi aralash (gibrid) tribunallar (sudlar): (1) davlatlarning 
BMT  bilan  shartnomasiga  muvofiq  yoki  asosan  tuziladigan  hamda  (2) 
BMTning  muvaqqat  ma’muriyati  tomonidan  tinchlik  operatsiyalari 
amalga oshiriladigan davlatlar hududida tuziladigan.  
3.  Xalqaro  sudlar  hamda  boshqa  jinoiy  sud  ish  yurituvi 
ishtirokchilari  ishtirokida  xalqaro  jinoyatlar  to‘g‘risidagi  ishlarni  ko‘rib 
chiqish vakolati berilgan milliy sudlar. 
4. Xalqaro jinoiy sud.  
                     
129
  См.:  А.Волеводз.  Международные  правоохранительные  организации:  учебное  пособие  –  М.: 
Проспект, 2011. С.200. 
 


180 
 
 
Jinoiy  vakolatga  ega  bo‘lgan  xalqaro  sud  organlarining  maqsadi 
nafaqat  adolatni  o‘rnatish,  balki  xalqaro  jinoyatlarni  sodir  qilishda 
aybdor  bo‘lgan  shaxslarni  ta‘qib  qilishdan  iborat.  Faoliyatning  bunday 
maqsadlari  Shunday  sharoitni  taqozo  qiladiki,  ular  nafaqat  sudyalar, 
balki ayblovchilar (prokurorlar)ning ishtiroki bo‘lishi kerak, bunda ular 
ushbu 
jinoyat 
protsessi 
ishtirokchilarining 
jinoyat-protsessual 
vazifalarining chegaralarini olib tashlaydi.  
Bundan  tashqari  jinoiy  vakolatga  ega  bo‘lgan  xalqaro  sudlar  qoida 
ishlab  chiqish,  alohida  tartibda  o‘z  faoliyati  davomida  o‘zi 
bo‘ysunadigan hujjatlarni chiqarish huquqiga ega. Boshqacha so‘z bilan 
aytganda,  ushbu  sudlarning  vazifalari  faqatgina  adolat  o‘rnatishga 
qaraganda ancha keng.  
Huquqiy tartibga solishdagi sezilarli farqqa qaramay, xalqaro jinoiy 
sud organlarining faoliyati o‘ziga xos, biroq mohiyatan yagona moddiy-
huquqiy  asosga  ega  –  o‘zlarining  vakolatlariga  kiritilgan  jinoyatlarni, 
ya’ni  xalqaro  jinoyatlarni  xalqaro  huquq  doirasida  kriminalizatsiya 
qilish.  
U  Nyurnberg  Tribunali  Nizomida  tan  olingan  xalqaro  huquqning 
yagona tamoyillariga asoslangan. 
Bundan  tashqari  xalqaro  jinoiy  adliyaning  turli  organlari,  ierarxik 
tobelikda bo‘lmasliklariga qaramasdan, bir-birovlari bilan munosabatlari 
bo‘yicha  (davlat  doirasida  birinchi,  Apellyatsiya  va  kassatsiya 


181 
 
instansiyalaridan  Oliy  sudlargacha)  bir-birlari  bilan  o‘zaro  hamkorlikda 
harakat qiladilar.  
Bu  shundan  dalolat  beradiki,  turli  davlatlar,  xalqaro  huquqning 
asosiy subyektlari sifatida, jinoiy vakolatga ega bo‘lgan turli halqar sud 
organlarining  vakolati  va  huquqlari  masalasida  prinsipial  kelishuvga 
erishganlar.  
Shu bilan bir vaqtda ushbu sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish 
jarayoni  jinoiy  vakolatga  ega  bo‘lgan  xalqaro  sud  organlarining  rolini 
kuchaytirishga sharoit yaratib beradi.  
Shunga bog‘liq ravishda jinoiy vakolatlarini yagona tizim doirasida 
amalga  oshiruvchi  xalqaro  sudlarning  huquqiy  tartibga  solishi  va 
faoliyatini  ko‘rib  chiqish  mumkin,  bu  xalqaro  hamjamiyat  tomonidan 
Mustaqil  atama  bilan  “xalqaro  jinoiy  adliya”  yoki  «international 
criminal  justice»  deb  nomlanadi.  Ta’kidlash  kerakki,  aynan  Shu  yo‘l 
bilan  u  xalqaro  hujjatlarda  qo‘llaniladi,  ulardan  birinchisi  BMT  Bosh 
Assambleyasining Rezolyutsiyasi hisoblanadi.  
Ushbu  tizimning  elementlari  bo‘lib  xalqaro  jinoiy  adolat  (jinoiy 
adliya) organlari hisoblanib, ular birgalikda uni tashkil qiladi.  
Boshqa  so‘z  bilan  aytganda,  xalqaro  jinoiy  adliya  tizimi  xalqaro 
hamjamiyat  tomonidan  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  ishtirokida 
xalqaro  shartnomalarga  asosan  yoki  ularni  ijro  qilish  maqsadida  ta’sis 
etilgan jinoiy ishlar bo‘yicha sud organlari bo‘lib, ular xalqaro jinoyatni, 
Shuningdek o‘zlarining vakolatlariga kiritilgan boshqa jinoyatlarni sodir 
qilishda  ayblanayotgan  shaxslarga  nisbatan  adolatni  o‘rnatish  bilan 
shug‘ullanadi.  

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish