XV bob
176
XALQARO JINOYAT ADLIYASI ZAMONAVIY TIZIMI
TUSHUNCHASI
1. Xalqaro jinoyat odil sudlovi (xalqaro jinoyat adliyasi) zamonaviy
tizimi tushunchasi. 2. Xalqaro jinoyat odil sudlovi organlari. 3. Nisbiy
xalqaro jinoyat adliyasi. Xalqaro jinoyat adliyasining xalqaro
istiqbollari.
1. Xalqaro jinoyat odil sudlovi (xalqaro jinoyat adliyasi) zamonaviy
tizimi tushunchasi.
Dunyoda vujudga kelgan murakkab siyosiy vaziyat, xalqaro
hamjamiyatning umume’tirof etilgan tamoyillar hamda xalqaro huquq
me‘yorlarining jiddiy ravishda buzilishiga nisbatan noroziligi xalqaro
jinoyat huquqi sohasida harakat qilishga chaqiruvchi sud organlarining
shakllanishi hamda faoliyat Yuritishi amaliyotining keng tarqalishiga
turtki bo‘ldi.
Ushbu organlar xalqaro jinoiy adolatni amalga oshiradilar. Bunda
xalqaro hamkorlikning bir yo‘nalishi tushunilib, u, aslini olganda,
xalqaro hamjamiyat tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti
ishtirokida xalqaro shartnomalar asosida yoki ularni ijro etish maqsadida
ta’sis etilgan sudlar tomonidan xalqaro, Shuningdek ularning vakolatiga
kiruvchi boshqa turdagi jinoyatchilik ishlarini ko‘rib chiqish va hal
qilish faoliyati bilan Shug‘ullanadi.
Xalqaro jinoiy adolat – bu shunday faoliyat turiki, u xalqaro sud
organlari tomonidan ijtimoiy xavfsizligi xalqaro hamjamiyat tomonidan
extirof etilgan xalqaro jinoyatlar bo‘yicha chora ko‘rish hamda ularning
sodir etilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish yo‘li
bilan amalga oshiriladi.
Xalqaro jinoiy adolat xalqaro huquq, uning tinchlik, shaxs himoyasi
hamda
xalqaro
hamjamiyatning
hayotiy
muhim
manfaatlarini
ta‘minlash, umuman olganda insoniyat sivilizatsiyasi uchun o‘ta xavfli
bo‘lgan, xalqaro huquq tamoyillari hamda me‘yorlarining buzilishiga
qarshi asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan huquqiy me‘yor va tamoiyillarini
qo‘llash bo‘yicha faoliyatni ifodalaydi.
Xalqaro jinoiy adolatning ushbu belgilariga qisqacha to‘xtalib
o‘tamiz:
1. Xalqaro jinoiy adolat faqatgina xalqaro jinoyatlar to‘g‘risidagi
177
ishlarni jo‘natish uchun ta’sis etilgan yoki bu uchun maxsus vakolatga
ega bo‘lgan sudlar (aniq bir nomlanishidan qat’i nazar) tomonidan
amalga oshiriladi.
2.Xalqaro jinoiy adolat o‘zining xalqaro hamjamiyat tomonidan
qo‘yilgan o‘ziga xos maqsadlariga ega.
3. Xalqaro jinoiy adolat xalqaro jinoyatlar to‘g‘risidagi jinoiy
ishlar bo‘yicha xalqaro sudlar tomonidan (ularning nomi hamda aniq
tashkiliy shaklidan qat’i nazar) muhokama qilish hamda hal qilish yo‘li
bilan amalga oshiriladi.
4. Xalqaro adolatni amalga oshirishda xalqaro jinoyatlar
to‘g‘risidagi ishlarni muhokama qilish va hal qilish xalqaro huquq
manbalarida ko‘rsatilgan shakllarda, xalqaro huquq tomonidan belgilab
berilgan protsessual tartibda amalga oshiriladi.
Ta’sis etilish va faoliyat, vakolat va tashkilotning huquqiy asoslari
orasidagi farqqa qaramasdan, xalqaro jinoiy adolatni amalga oshiruvchi
barcha organlar umumiy jihatga ega.
Birinchidan, ularning ta’sis etilishi, ularga xalqaro jinoyat
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha adolatni ro‘yobga chiqarish uchun vakolat
berilishi, xadqaro sudyalarning, prokurorlarning, himoyachilarning
jinoiy sud muhokamasi ishtirokchilari doirasiga kiritilishi boshidan
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan birlashtirilgan xalqaro
hamjamiyatning irodasi bilan bog‘liq.
Ikkinchidan, ushbu sudlar tomonidan Yuboriladigan xalqaro jinoiy
adolatning moddiy-huquqiy asosi bo‘lib xalqaro jinoyatlarning
noqonuniyligi
hamda
jazolanishini
belgilab
beruvchi
xalqaro
shartnomalar, Shuningdek xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan
xalqaro huquq tamoyillari hisoblanadi.
Uchinchidan,
ularning
ko‘rgazmali
vakolatlariga
xalqaro
hamjamiyatni tashvishga soluvchi eng og‘ir jinoyatlar, ayniqsa: genotsid
jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar hamda harbiy jinoyatlar
kiritilgan. Alohida holatlard ularning vakolat doirasi alohida
mamlakatlarning davlat ichidagi huquqlar bilan to‘ldiriladi.
To‘rtinchidan, xalqaro jinoiy adolat organlarining hududiy
vakolatlari cheklangan: ishtirokchi davlatlarning hududi (XJS) bilan
yoki ularning asosiy vakolatlariga kiritilgan, hamda ta’sis hujjatlarida
ko‘rsatib o‘tilgan jinoyat sodir etilgan davlatlarning hududi bilan
(xalqaro jinoiy adolatning zamonaviy tizimi tushunchasi uchun
qo‘llaniladi, ya’ni sobiq SFRYU, Ruanda hamda aybdorlar yashirinib
yuradigan chegaradosh mamlakatlar, Syerra-Leone, Kampuchiya,
178
Sharqiy Timor, Bosniya va Gersegovina, Kosovo hududlari)
Beshinchidan, xalqaro jinoiy adolat organlari universal shaxsiy
vakolatlarga ega. Bu shuni anglatadiki, ular o‘zlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri
vakolatlariga kiruvchi jinoyatlarni sodir etganlik uchun istalgan jismoniy
shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishlari mumkin.
Oltinchidan, ushbu xalqaro sud organlarining tarkibi turli
millatlardan tashkil topadi. Hattoki ularning ba’zi birlarining milliy
adliya organlari asosida ta’sis etilgan hollarda (Kampuchiya, Bosniya va
Gersogovina kabi) xalqaro (chet el) sudyalarning majburiy ishtiroklari
ta‘minlanadi. Sudyalar korpusining aralash tarkibida ma‘lum bir jinoiy
ishlar bo‘yicha qarorlarning qabul qilinishida ayniqsa xalqaro sudyalar
ko‘proq kuchga ega bo‘ladilar.
Yettinchidan, xalqaro sudyalar bilan bir qatorda, xalqaro prokurorlar
(ayblovchilar) va xalqaro himoyachilar (advokatlar) ham xalqaro
adolatni amalga oshirish ishtirokchilari hisoblanadilar.
Sakkizinchidan, ushbu sudlar tomonidan adolatning ro‘yobga
chiqarilishi, asosan, xalqaro tizimga mansub bo‘lgan hujjatlarda
ko‘rsatilgan jinoiy-protsessual qonun-qoidalarga, ya’ni xalqaro jinoyat
protsessual kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
To‘qqizinchidan, xalqaro xarakterni ta‘minlab, sud muhokamasi
xalqaro munosabatlar uchun oson bo‘lgan tilda (ingliz, fransuz tillari)
yoki o‘sha tillarga majburiy tarzda tarjima qilish orqali amalga
oshiriladi.
O‘ninchidan, shartnoma hamda BMT ishtirok etgan boshqa
qarorlarga asoslanb, ushbu sudlar avtomatik ravishda ularning sudga oid
bo‘lmagan,
ma’muriy hamda moliyaviy faoliyatiga nisbatan
qo‘llaniladigan hech qanday davlat ichidagi huquq tizimiga bog‘liq
emas, Shu orqali ular ushbu sud organlarining Mustaqilligini
ta‘minlaydi.
O‘n birinchidan, ushbu xalqaro jinoiy adolat organlarining faoliyati
Birlashgan Millatlar Tashkilotining bevosita ishtirokida quyidagicha
moliyalashtiriladi^
- BMT (XJS) tasnifi ostida ta’sis shartnomalar ishtirokchi
davlatlarning badallari hisobidan,
- BMT (SYXT va RXT) budjeti mablag‘lari hisobidan,
- xalqaro hamjamiyatning (SSS-L) ixtiyoriy badallari hisobidan,
ushbu mablag‘lar BMT bosh kotibi tomonidan yig‘iladi,
- aralash tartibda, sudlarning budjeti ham davlat tomonidan, ham
xalqaro hamjamiyat tomonidan shakllantiriladi, yig‘im BMT Bosh
179
Kotibi tomonidan amalga oshiriladi (STL, Kambodja sudlarida
Favqulodda palatalar).
- sud davlati budjeti hisobidan, BMT ishtirokida va hamkorligida
tegishli tinchlik operatsiyalarini o‘tkazish uchun shakllantiriladi
(Sharqiy Timor, Kosovo, Bosniya va Gersogovina)
129
.
Do'stlaringiz bilan baham: |