8. Shaxslarning xalqaro jinoiy javobgarligi
Hozirgi zamon xalqaro huquqida shaxslarning xalqaro jinoyatlari uchun xalqaro jinoiy javobgarlik yangi muhim institut hisoblanadi. Uning vujudga kelishiga asos bo‘lgan narsa tinchliksevar davlatlarning ilgari surgan agressiv urushlarning jinoyatkorona g‘oyasi ekanligi bo‘ldi.
Birinchi va ikkinchi jahon urushlari o‘rtasidagi muddatda xalqaro huquqning bu boradagi normalari shakllandi, ularga binoan agressiv urush xalqaro jinoyatdir va binobarin, xalqaro jinoyatchilikni keltirib chiqaradi deb e’lon qilindi. Urush qonunlari va odatlarini buzish uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi xalqaro huquq normalari ancha ilgariroq shakllanadi. Gitlerchilar Germaniyasiga qarshi ittifoqchi davlatlar harbiy jinoyatchilarning xalqaro jinoiy javobgarligini shakllantirib, bunda yuqorida ko‘rsatilgan normalarga tayanib, bu normalarni yanada rivojlantiradi.
Ikkinchi jahon urushi vaqtida va undan keyin ham Germaniyaga qarshi ittifoqchi davlatlar bu ittifoqning yetakchi davlatlaridan biri bo‘lgan sobiq SSSRning aktiv ishtirokida harbiy jinoyatchilarni jazolash to‘g‘risida bir qator xalqaro huquqiy hujjatlar qabul qildi. Ularning eng muhimlari Gitlerchilarning yovuzliklari uchun javobgarlik to‘g‘risidagi Moskva Deklaratsiyasi (1943), Ovrupo mamlakatlari bosh harbiy jinoyatchilarni sud orqali ta’qib qilish va jazolash to‘g‘risidagi London bitimi (1945), 1945 yilda tuzilgan Nyurenbergdagi xalqaro harbiy tribunal Nizomi, 1946 yilda Tokioda qabul qilingan xalqaro harbiy tribunal Nizomi va shu tribunallarning hukmlari ana shu shartnoma va bitimlarning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Shaxslarning xalqaro jinoyatlar uchun xalqaro jinoiy javobgarligi hozirgi xalqaro huquqning keng e’tirof etilgan instutidir. To‘g‘ri, bir qator xalqaro huquqshunoslar masalan, G. Shvarsenberger (Angliya Berber (GFR) xalqaro huquqda sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlarni hisobga olmay, bunday institut amalda yo‘q deb da’vo qilishdan to‘xtamayotirlar.
BMT Bosh Assambleyasi 1978 yildagi XXXII sessiyasida tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyalar kodeksi loyihasini muhokama qilishni yangilaganligini ta’kidlamay bo‘lmaydi. Bu loyiha xalqaro Komissiyasi tomonidan tayyorlangan va 1954 yil Bosh Assambleyaga taqdim etilgan edi. Unda, jumladan, tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar xalqaro huquq bo‘yicha jinoyat hisoblanib, buning uchun tegishli shaxslar jazolanishi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan edi. Davlat javobgarligi bilan birga ayrim shaxslarning xalqaro jinoiy javobgarligini keltirib chiqaruvchi xalqaro jinoyatlarga kelganda, u BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tilga olingan jinoyatlar kodeksini muhokama qilish chog‘ida ishlab chiqilshi lozim edi. Xalqaro harbiy tribunal Nizomi (1945 yil) bunday jinoyatlarning uch turi: tinchlikka qarshi jinoyatlar; harbiy jinoyatlar; insoniyatga qarshi jinoyatlarni ko‘zda tutgan. O‘tgan davr mobaynida bunday jinoyatlar mundarijasi kengaydi. Unga, shubhasiz, xususan genotsid va aparteid jinoyatlari ham taalluqlidir. 1948 yilda qabul qilingan genotsid jinoyatchiligining oldini olish va shunday jinoyatlar sodir qilinganligi uchun jazolash to‘g‘risidagi Konvensiyada genotsid xalqaro huquq normalarini buzishni ko‘zda tutgan edi (Konvensiyaning 1-moddasi). 1968 yilda qabul qilingan harbiy jinoyatchilar va insoniyatga qarshi jinoyatchilarning jazo muddati o‘taganligi to‘g‘risidagi Konvensiyani qo‘llamaslik va aparteidni tugatish va uning uchun jazolash to‘g‘risidagi 1973 yilgi Konvensiya, aparteidni insoniyatga qarshi qaratilgan eng og‘ir jinoyat sifatida ta’riflaydi.
Shaxslarning xalqaro jinoiy javobgarligi ikki yo‘l bilan ya’ni: .a) davlatlar bunday jinoyatchilarni o‘z jinoiy qonunchiligiga binoan sud qilishlari; b) ayrim hollarda davlatlar xalaro shartnoma tuzish yo‘li bilan xalqaro jinoiy sud tashkil etishlari mumkin. Nyurenberg va Tokio xalqaro harbiy tribunallari mana shunday sudlarga misol bo‘la oladi.
Shaxslarning xalqaro jinoyatlar uchun xalqaro jinoiy javobgarlik instituti xalqaro huquqning tegishli normalari samaradorligini ta’minlash uchun katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |