Xalqaro huquqda javobgarlik



Download 66,72 Kb.
bet6/7
Sana31.05.2022
Hajmi66,72 Kb.
#621368
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
khalaro uuda zhavobgarlik

Restoratsiya qonunni buzgan davlat tomonidan avvalgi holatning tiklanishi va shu bilan bog‘liq barcha ko‘ngilsiz oqibatlarni bartaraf etishni ko‘zda tutadi (masalan, qonunsiz bosib olingan yerlarni tashlab chiqish, shu bilan bog‘liq harajatlarni ko‘tarish).
Satisfaksiya (qanoatlantirish) zarar kurgan davlatga, uning sharafi va nufuziga yetkazilgan nomaterial ziyon, sodir bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Satisfaksiyaning eng xarakterli ko‘rinishlari: rasman taassuf yoki hamdardlik bildirish; kechirim so‘rash; bunday nohuquqiy aksiyalar kelgusida sodir qilinmasligi to‘g‘risida ishontirish; zarar ko‘rgan davlatning bayrog‘iga ta’zim qilish yoki uning gimnini tegishlicha tantanali vaziyatda ijro etish; noqonuniy aktlarning oldini olishga qaratilgan maxsus qonunlar chiqarish va aybdor shaxslarni jazolashdan iborat. Amalda satis­faksiya ko‘pincha restoratsiya bilan juda yaqin turadi, shuning uchun ularni farqlash qiyin.
Reparatsiya moddiy javobgarlikning asosiy shakli bo‘lib, yetkazilgan moddiy zararni pul, mol, xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi ishlar orqali qoplashni o‘z ichiga oladi. Oldingi holatni tiklash mumkin bo‘lmagan taqdirda reparatsiya amalga oshiriladi.
Restitutsiya tortib olingan yoki ziyon yetkazilgan mod­diy boyliklar (masalan, badiiy asarlar, transport vositalari)ni qaytarish yoki tiklashni bildiradi. Restitutsiyani asossiz ravishda yo‘q qilib yuborilgan yoki zarar keltirilgan moldunyo, binolar, san’at asarlari va boshqalarni shunga o‘xshash va teng bahodagi narsalar bilan almashtirishni bildiruvchi substitutsiyadan farqlay bilish kerak.


7. Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi

Hukumatlararo xalqaro tashkilotlarning javobgar­ligi o‘ziga xos xarakterga ega bo‘lib, bu xususiyat ularning xalqaro huquqiy sub’ektligidan kelib chiqadi. Xilma-xil xalqaro tashkilotlar ularning ta’sis aktlari (Nizomlari) bilan bog‘liq holda bir xil bo‘lmagan hajmdagi huquqiy sub’ektlilikka, binobarin, ja­vobgarlikning turli hajmi va chegaralariga egadir.


Hozirgi vaqtda xalqaro huquq ta’limoti va xalqaro tajriba xalqaro tashkilotlar xalqaro huquqiy javob­garlik va xalqaro e’tirozlar sub’ektlari hisoblanishini e’tirof etadi. Xalqaro tashkilotlar xalqaro huquqiy javobgarlik va xalqaro e’tirozlar sub’ektla­ri hisoblanadi. Lekin ular yaqindan boshlab, xalqaro munosabatlarda faol qatnashmoqda, shuning uchun ularning javobgarligi muammosi endigina ishlab chiqila boshlandi.
Kosmik fazoni tadqiq etish va undan foydalanishga doir bir qator xalqaro shartnomalar (1967 yilda qabul qilingan kosmik fazoni, shu jumladan Oy va boshqa samoviy qismlarni tadqiq etish va foydalanish bo‘yicha davlatlarning faoliyati tamoyillari to‘g‘risidagi shartnoma, 1968 yilda qabul qilingan kosmik fazoga uchirilgan kosmanavtlarni qutqarish, kosmanavtlar va ob’ektlarni qaytarish to‘g‘risidagi bitim, 1972 yilda qabul qilingan kosmik ob’ektlar tomonidan yet­kazilgan zarar uchun xalqaro javobgarlik to‘g‘risida Konvensiya) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatadiki, xalqaro tash­kilotlar amalga oshirayotgan kosmik faoliyat natijasida yetkazilgan zarar uchun xalqaro tashkilot ham, unda qatnashayotgan davlatlar ham javobgar bo‘ladi. Xalqaro tashkilotning javobgarligi to‘g‘risidagi masala uning organlari tomonidan sodir etilgan huquqiy jinoyatlar yuz bergan holatda, mazkur tashkilot ta’sis aktining normasi buzilganmi yoki umumiy xalq­aro huquq normasi buzilganmi yoxud tashkilotning ichki huquq normasi buzilganmi, bundan qat’iy nazar kelib chiqadi. Xalqaro tajribada shunday hollar ham ma’lumki, BMT o‘z qurolli kuchlari tarkibidagi shaxslar, tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlar uchun ham javobgarlikni e’tirof etgan. Bu o‘rinda BMT 1965— 1967 yillarda BMT qurolli kuchlarining Kongodagi operatsiyalar oqibatida bir qator mamlakatlarning fuqarolariga va ularning mol-mulkiga yetkazilgan za­rarni qoplash uchun davlatlar bilan bitim tuzilganligini ko‘rsatib o‘tish kifoya.
Xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan shu tashkilot ta’sis hujjatini buzgan holda sodir qilingan xatti-harakatlari uchun javobgarligi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu holatda ikki tomonlama javobgarlik kelib chiqishi mumkin. Xalqaro tash­kilot o‘z huquq doirasi chegarasidan tashqari chiquvchi xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yganligi uchun shu tashkilot a’zolari bo‘lgan davlatlar oldida uning Nizomi buzilganligi uchun javob beradi. Agar tashkilotning xatti-harakatlari umumiy xalqaro huquq, buzilishiga ham olib kelgan bo‘lsa, u holda bu tashkilot umumiy xalq­aro huquq, uchun ham javob beradi.
Xalqaro tashkilotlar suveren shakllangan uyushmalar bo‘lmaganligi uchun va ularning xatti-harakatlari ko‘pincha a’zo bo‘lgan davlatlar xatti-harakatlari bilan tashkilot yalpi organi qarorini amalga oshirishda sodir etilgan harakatlar belgilanganligi uchun dav­latlarning javobgarligi to‘g‘risidagi masala ham ke­lib chiqadi. Shuningdek, ko‘pincha xalqaro tashkilotning o‘zi uning harakatlari oqibatida yetkazilgan moddiy zarar qoplash qudratiga ega bo‘lmasligi mumkin. Shu tufaylp amalda shunday yo‘l tutilmoqdaki, moddiy javobgarlik holati tug‘ilgan taqdirda xalqaro tashkilot bilan birga shu tashkilot a’zolari bo‘lgan davlatlar ham bu javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. 1972 yil 29 martda qabul qilingan kosmik ob’ektlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun xalqaro javobgarlik to‘g‘risidagi Konvensiyada, jumladan, mana shunday birgalikdagi javobgarlik ko‘zda tutiladi. Xalqaro tashkilotning xalqaro huquq sub’ekti sifatida davlatdan farq qilishi va uning faoliyatidagi vazifasi tashki­lot javobgarligining aniq shakllariga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, tashkilotning siyosiy javobgarligi shakllari to‘g‘risidagi masala juda kam ishlab chiqilgan. Biroq bu o‘rinda tashkilot xususiyatiga zid bo‘lmagan har qanday shaklda ham qo‘llash mumkin.
Xalqaro tashkilot xalqaro e’tirozlar sub’ekti bo‘lishi mumkin (masalan, uning qarorgohiga, mol mulkiga, mansabdor shaxslarga zarar yetkazilgan taqdirda). Bunday holatni tan olishda BMT xalqaro sudining 1949 yil 11 apreldagi BMT xizmatida ko‘rilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi masala bo‘yicha maslahat xulosasi muayyan rol o‘ynaydi. Isroil terrorchilari tomonidan Ierusalimda Isroil bilan arab davlatlari. o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv chog‘ida BMT vakili graf Bernadotning o‘ldirilishi munosabati bilan BMT xalqaro sudi Birlashgan millatlar Tashkiloti xalqaro huquq sub’ekti va xalqaro huquq va majburiyatlarning ijrochisi bo‘lganligi uchun xalqaro e’tirozlar bildirish yo‘li bilan o‘z huquqlarini amalga oshirish mumkin deb tan olindi.



Download 66,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish