Xalqaro huquqda javobgarlik


Huquqiy faoliyatning zararli oqibatlari uchun davlat javobgarligi



Download 66,72 Kb.
bet4/7
Sana31.05.2022
Hajmi66,72 Kb.
#621368
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
khalaro uuda zhavobgarlik

4. Huquqiy faoliyatning zararli oqibatlari uchun davlat javobgarligi

Xalqaro huquqiy jinoyatchilik davlat javobgarli­gi uchun umumiy asos ekanligini e’tirof etgan holda shuni aytish kerakki, fan-texnika taraqqiyoti ta’siri ostida davlatning to‘g‘ri faoliyati tufayli ham yetkazilgan zararni undirib olish muammosi yuzaga keldi. Bu holat yadro energiyasining ixtiro qilinishi va uni qo‘llash shakllari jadal rivojlaiganligi, raketa texnikasi takomillashtirilganligi va nihoyat kosmik fazoni tadqiq etish hamda o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir. Bu o‘rinda gap dangallik uchun javobgarlik deb ataluvchi holat xususida bormoqda. U huquqiy jinoyatchilikka qaraganda boshqacha asosga ega bo‘lib, aslida faqat yuqori xavflilik manbalaridan foydalanish natijasida keltirilgan zararning undirilishini bildiradi. Xalqaro huquq Komissiyasi, shuningdek BMT Bosh Assambleyasi XXVIII sessiyasi. oltinchi qo‘mitasi e’tirof etganidek huquqiy jinoyatchilik va dangallik uchun javobgarlik asoslarining xilma-xillik munosabati bilan bu ikki masalani birgalikda ko‘rib chiqish to‘g‘ri emas.


Xalqaro bitimlar, masalan, kosmik ob’ektlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun xalqaro javobgarlik to‘g‘risidagi Konvensiya (1972 yil), davlat tomonidan o‘zining xalqaro majburiyatlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, faqat huquqiy to‘g‘ri faoliyat bilan kelib chiqqan zarar faktini hisobga olib, moddiy za­rarni muayyan darajada qoplashni ko‘zda tutadi. Konvensiyaning 2-moddasida belgilab qo‘yilganidek, uchiruvchi davlat o‘zining kosmik ob’ekti tomonidan yer yuzasida yoki parvozdagi havo kemasiga keltirilgan zararga tovon to‘lash uchun absolyut javobgarlikka ega.

5. Xalqaro jinoyatchilikning klassifikatsiyasi


Xalqaro huquqning klassik ta’limoti qoida tariqasida xalqaro jinoyatchilikni guruhlar yoki turkumlarga, o‘z xarakteri ijtimoiy xavflilik darajasi yoki ob’ekt xususiyatiga bog‘liq holda bo‘linishiga xalaqit berib kelardi. Xalqaro huquqning hozirgi davr rivoji, unda yangi norma va tamoyillarning paydo bo‘lishi bu holga chek qo‘ydi. Xalqaro huquq normalarining buzilishi xalqaro munosabatlarni normal saqlab turish uchun ayniqsa, xatarli bo‘lgan yangi norma va tamoyillar xalqaro huquqiy jinoyatchilikdan eng xavflilarini, xalqaro jinoyatchilikni ajratib olish zaruratini tug‘dirdi. Davlatlar xalqaro jinoyatlar qilishi mumkinligi to‘g‘risidagi g‘oya ko‘pgina xalqaro huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topdi. Hozirgi davr xalqaro huquqshunoslari xalqaro huquqiy jinoyatlarni ikki turkumga xalqaro jinoyatlar va boshqa xalqaro huquqiy buzilishlarga bo‘lishni asoslab berdi.


Hozirgi vaqtda bunday bo‘linish tobora keng e’tirof etilmoqda. BMTning xalqaro huquq Komissiyasi javobgarlik to‘g‘risida qabul qilgan, modda (19-modda) loyihasida davlatlarning xalqaro jinoiy xatti-harakatlarini ikki turkumga — xalqaro jinoyatlar va xalqaro deliktlar (huquq buzilishlik) bo‘lishni ko‘zda tutadi.
Xalqaro jinoyatlarni barcha davlatlarning hayotiy muhim manfaatlariga daxldor o‘ta xavfli jinoiy xatti-harakatlar sifatida ta’riflash mumkin. Xalqaro deliktlar turkumiga boshqa hamma xalqaro jinoiy xatti-harakatlar kiradi. Agressiya urush eng og‘ir xalqaro jinoyatlarning biridir. BMT xalqaro huquq, Komissiyasi tomonidan tayyorlangan moddalar loyihasida (19-modda) xalqaro jinoyatchilikka misol sifatida agressiya, mustamlakachilik qulchilik genotsid, aparteid, havo va dengizlarni keng ko‘lamda ifloslantirish ko‘rsatib o‘tilgan.
Xalqaro jinoyatlarning oddiy huquqiy jinoyatlardan farqlovchi ob’ektiv xususiyati huquqiy buzilishga yo‘l qo‘ygan davlat bilan boshqa davlatlar o‘rtasida xalqaro majburiyatlarni buzish hollari ro‘y berganida kelib chiquvchi huquqiy munosabatlarni ko‘rsatish mumkin. Xalqaro jinoyatchilik sodir qilinganida faqat zarar ko‘rgan davlatning manfaatlariga daxldorlik yuz bermaydi, balki boshqa davlatlar manfaatla­riga ham daxldor bo‘ladi., Bu holatda javobgarlik mu­nosabati qonunni buzgan davlat bilan boshqa barcha dav­latlar o‘rtasida kelib chiqadi. Deliktlar ro‘y berganda bunday munosabatlar faqat bevosita zarar ko‘rgan dav­lat bilan qonunni buzgan davlat o‘rtasidagina kelib chiqadi.



Download 66,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish