Xalqaro huquqda javobgarlik


Davlatlar javobgarligining asoslanishi



Download 66,72 Kb.
bet2/7
Sana31.05.2022
Hajmi66,72 Kb.
#621368
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
khalaro uuda zhavobgarlik

2. Davlatlar javobgarligining asoslanishi

Davlatlar xalqaro huquqiy javobgarligining umumiy asosi xalqaro huquqiy jinoyatning sodir qilinishidir.


Xalqaro huquqiy jinoyat mavjudligini tasdiqlash uchun, birinchidan, xalqaro huquqqa binoan davlatga qo‘yiladigan huquqiy jinoyatning mavjudligi, harakatlilik yoki harakatsizlikda ifodalangan xatti-harakatlarni, ikkinchidan, bu harakatlar o‘zida mazkur dav­latning xalqaro majburiyatlariii buzishii mujassamlantirganligini aniqlab chiqish lozim.
Shunday qylib, xalqaro huquqiy jinoyat davlatniig harakati yoki harakatsizligidan iborat bo‘lib, xalqaro huquq normalarida belgilangan. xalqaro majburiyatlarga zid harakatlar oqibatidir.
Davlat o‘z spesifikasi kuchiga ko‘ra harakat yoki harakatsizlikni o‘z organlari yoki mansabdor shaxslari sifatida ish olib borayotgan mavjud shaxslar vositasida amalga oshirishi mumkin. Davlatga shu davlat bilan muayyan huquqiy aloqada bo‘lgan, ya’ni organ yoki mansabdor shaxs sifatida ega bo‘lgan shaxslar xatti-harakati uchungina ayb qo‘yilishi mumkin. «Ayb qo‘yish» atamasi xalqaro tajribada muayyan harakat yoki harakatsizlikka yo‘l qo‘ygan shaxs yoki shaxslar guruhi bilan ana shu harakatlar uchun javobgar davlat o‘rtasidagi muayyan aloqani ko‘satib berishda qo‘llaniladi va ular xalqaro nuqtai nazardan shu davlat xatti-harakati sifatida ko‘rib chiqilishini bildiradi.
Davlat organining davlat idorasi tizimidagi holati davlatning xalqaro huquqiy javobgarligi kelib chiqishi uchun jiddiy ahamiyatga ega emas.
Davlatning xalqaro javobgarligini keltirib chiqaruvchi qonunchilik organlarining harakatlari orasida birinchi navbatda, mazkur davlat xalqaro huquq majburiyatlariga zid bo‘lgan Qonun yoki boshqa normativ hujjatlar chiqarilishini ko‘rsatish lozim. Unda uning javobgarligi qonunning kuchga kirishi bilanoq yuzaga keladi.
Xalqaro majburiyatni bajarish uchun zarur bo‘lgan qonunni chiqarmaslik fakti agar qonun chiqarilishi bilan oldi olinishi mumkin bo‘lgan huquqqa zid hodisalar yuz bergan bo‘lsa, faqat ana shu sharoitdagina davlatning javobgarligini keltirib chiqarishi mumkin. Bu holatda zararli oqibatlar kelib chiqishidan xalqaro huquqiy javobgarliklarning yuzaga kelishi o‘rtasidagi bog‘liqlik davlat qonun chiqarishidan tashqari ana shu oqibatlarning oldini olish uchun boshqa choralarni ham qo‘llash bo‘yicha imkoniyatlarga ega va bu imkoniyat uning huquqi bilan asoslanadi.
Davlat o‘z ijrochi organlarining (hukumatdan boshlab ijrochi hokimiyatning quyi bo‘g‘ini vakillarigacha) harakatlari uchun xalqaro huquqiy javobgarlikka tortiladi. Reaksion davlatlarning diplomatlari joylashgan mamlakatga karshi turli dushmanlik xatti-harakatlar qilganliklari, to‘ntarish va til biriktiruvlarni tashkil etishda qatnashib, ayg‘oqchilik bilan shug‘ullangan holda qonunlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzganliklariga oid ko‘pdan-ko‘p dalillar mavjud. Amalda gohida pastki tabaqadagi mansabdor shaxslarda va himoyaning ichki vositalaridan foydalanish qoidasi munosabati bilan ularning xatti-harakatlari uchun davlatning xalqaro huquqiy javobgarligi muammosi tug‘iladi. Bu qoidaning amaliy ahamiyati shundan iboratki, u asoslanmagan va vaqtidan oldin qilinadigan e’tirozlarning oldini olishga qaratilgandir, chunki bu e’tirozlar hali yetarli huquqiy doiradagi davlat organlarining qarab chiqish. ob’ektiga aylanmagan bo‘ladi. Masalan, huquqi buzilgan chet el kishisi birin­chi navbatda o‘zining buzilgan huquqlarini ximoya qilish uchun barcha ichki imkoniyatlardan foydalanmog‘i lozim va faqat qanoatlantirmagan holatdagina u fuqarosi bo‘lgan davlat uning diplomatik hozirgi himoya huquqini harakatga keltiradi. Bu o‘rinda xalqaro hukuqiy buzilishning ob’ektiv tomoni boshqa davlat fuqarosiga zarar keltirishdan foydalanmaydi. Balki, davlat organining zarar ko‘rgan chet el kishisini qonuniy yo‘l bilan keltirilgan zararini undirib olish huquqidan mahrum qilish bilan ifodalangan qonunga zid xatti-harakatida ifodalanadi. Maxsus xalqaro ximoyadan foydalanuvchi shaxslar (diplomatlar, xalqaro tashkilotlar xuzuridagi vakil va boshqalar)ga kelganda ichki himoya vositalaridan foydalanish qoidasi ularga joriy etilmaydi va mansabdor shaxsning darajasi yoki uning xatti-harakati (harakat yoki harakatsizlik) shakllaridan qat’iy nazar davlatning javobgarligi avtomatik tarzda kelib chiqadi.
Davlatning xalqaro majburiyatlari davlat organlari bo‘lgan milliy sudlarning hozirgi harakati yoki harakatsizligi tufayli ham buzilishi mumkin. Sudlov hokimiyatining mustaqillik tamoyili davlat javobgarligini nazardan qochirmaydi, zero, bu o‘rinda sudlarning hukumatdan mustaqilligi ko‘zda tutilayotgan bo‘lib, u aslo sudlarning davlatdan mustaqilligini bildirmaydi, Davlat organlari yoki mansabdor. shaxslarning huquq doirasidan tashqarida sodir qilingan harakatlari uchun, ya’ni, agar ular o‘z vakolatlarini suiste’mol qilgai yoki ko‘rsatmalarni buzgan bo‘lsa ham davlatning javobgarligi kelib chiqadi. Chet el davlati yoki uniig fuqarolariga o‘z rasmiy diplomatik darajasi niqobi ostida yoki xizmat vositalaridan.foydalanib, muayyan. zarar yetkazgan mansabdor shaxslarning harakatlari davlat harakatlari hisoblanadi va uning javobgarligini keltirib chiqaradi.
Davlat hududida jismoniy shaxslar — o‘z fuqarolari yoki chet elliklar va ularnint tashkilotlari tomonidan sodir qilingan harakatlar ham davlat javobgarligi uchun asos bo‘ladi. Aniqroq qilib aytganda, davlat ajnabiy kshiilar harakati uchun emas, balki bunday harakatlarning oldini olmagan yoki bu harakatlarning aybdorlarini jazolamagan davlat organlari xatti-harakatlari uchun ana shu davlat javobgarlikka tortiladi. Xalqaro terrorizm va urushni tashviqot qilish irqiy kamsitish, genotsid singari harakatlarni amalga. oshirgan jismoniy shaxslarning qilmishlari uchun davlat javobgarligi, ayniqsa, jiddiy xarakterga ega bo‘ladi. Xalqaro munosabatlarda bu qoida keng tan olinganki, unga ko‘ra davlat o‘zining ichki qonuniga, ya’ni organlari ichki davlat huquqiy ko‘rsatmalari bilan muvofiq kelganligi holda aniq harakat qilganliklariga asoslanib, xalqaro huquqiy javobgarlikni rad etishga imkoniyatsizdir. Davlatning xalqaro huquqdagi javobgarligi faqat davlatlararo munosabatlar doirasidagina amalga oshiriladi va davlat biron bir qonun hujjatiga tayangan holda o‘zining xalqaro majburiyatlarini bajarilmaganligi uchun javob beradi.
Yuqorida aytilganidek davlat, xalqaro huquq sub’ekti sifatida faqat o‘zining harakatlari, ya’ni o‘z organlarining harakatlari uchun xalqaro huquqiy javobgarlikka tortiladi. Davlat hududida boshqa davlatlarning xalqaro huquqqa zid harakatlaridan yoki uning hududida turib,. uchinchi davlatga qarshi xatti-harakatlardan kelib chiqqan davlat javobgarligi holatida ham bu adolatlidir. Bunday harakatlarning ikki turkumiii farqlab olmoq lozim. Bular, xususan, tegishli davlat hududida uning roziligi bilan boshqa davlatlarga qarshi uchinchi davlat amalga oshirayotgan harakatlar uning roziligisiz amalga oshirilayotgan harakatlarga kiradi. Agar boshqa davlatning xalqaro huquqning buzilishi va uchinchi davlatga qarshi qaratilganligi bilan ko‘zga tashlanib turgan shu davlat rozi­ligi bilan amalga oshirilgan holatlar yuz bersa, mazkur davlat ham chet el davlatining huquqda zid harakatlari ishtirokchisiga aylanadi. Bu mas’uliyat faqat shu holat uchun rozilik yoki umumiy rozilik bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bunday javobgarlik to‘g‘risidagi masala shundan kelib chiqadiki, unda u yoki bu davlat hududida harbiy bazalar o‘rnashgan bo‘ladi. Hududda uchinchi davlatga nisbatan zid faoliyat uchun foydalanilayotgan chet el xarbiy bazalari bo‘lgan davlat bunday harakatlarning ishtirokchisi bo‘ladi va manashu harakatlar uchun javob beradi, Chunki, mazkur harakatlar davlatning hududida baza tashkil etish to‘g‘risidagi bitimda ifodalangan mazkur davlat roziligi bilan amalga oshiriladi.
Chet el davlatining uchinchi davlatga qaratilgan huquqqa zid harakatlari shu davlat hududidan yoki hududida turib uning ochiq ifodalanmagan yoki sukut saqlab ifodalagan roziligi bilan amalga oshirilgan taqdirda bu davlat, agar uning organlari zarur hushyorlik ko‘rsatmagan va chet el davlatining bunga o‘xshash xatti-harakatlariga xotima berish uchun chora ko‘rmagan bo‘lsagina bunday harakatlar uchun javobgar bo‘ladi. Masalan, agar A davlatining elchixonasi B davlatining hududida joylashgan bo‘lsa-yu, uning hududida turib, S davlatiga qarshi aktiv faoliyatni avj oldirib yuborgan bo‘lsa va bu harakatdan xalqaro huquqni buzishda foydalansa, S davlati faqat A davlati javobgarligi to‘g‘risidagi masalani emas balki B davlatining javobgarligi to‘g‘risidagi masalani ham ilgari surishi mumkin. Agar ishning holati B davlati ma’murlari A davlati elchixonasining qonunga zid faoliyati to‘g‘risida xabardor ekanliklari yoki xabardor bo‘lishi kerakligini isbotlash. uchun asos bersa, B davlatining javobgarligi aniq belgilangan deb hisoblash mumkin.
Davlat o‘z hududida chet el davlatining o‘z tabiatiga ko‘ra boshqa davlatga qarshi (masalan, harbiy bazalar barpo etish) qaratilgan faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat bersa, «zarur hushyorlik» muammosi vujudga kelmaydi va bunday davlat har qanday holatlarda ham uning hududidan yoki uning hududida uchinchi dav­latga qarshi amalga oshirilgan chet davlatning huquqqa zid harakatlari ishtirokchisiga aylanadi.
Javobgarlikning aniq munosabatlari tug‘ilishi uchun qoida tariqasida shu narsa zarurki, toki huquq buzilishini amalga oshirgan davlatning harakatlari boshqa davlatga aniq zarar yetkazsin. Bu zarar moddiy yoki nomoddiy tarzda ifodalangan bo‘lsin va qonuniy manfaatlarga zid kelsin. Biroq, alohida xavfli qonun buzilishlar yuz bergan taqdirda umuman xalqaro hamkorlikka zarar yetkazishga asoslangan javobgarlik munosabatlari ham kelib chiqadi.
Xalqaro huquq normalari, buzilganda yetkazilgan zararni ikki asosiy turkumga bo‘lish mumkin. Bular:
— moddiy zarar (har turli mulkiy zararlar);
— oddiy zarar (davlat suverenitetini cheklashning xilma-xil shakllaridan boshlab, davlat sharafi va nufuziga yetkaziladigan zarargacha).
Keltirilgan zarar bilan davlatning qonunga zid xatti-harakati o‘rtasida sababiy, aloqa mavjud bo‘lgan sharoitdagina javobgarlik kelib chikadi.



Download 66,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish