Xalqaro huquqda javobgarlik


Xalqaro huquqiy javobgarlikning turlari va shakllari



Download 66,72 Kb.
bet5/7
Sana31.05.2022
Hajmi66,72 Kb.
#621368
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
khalaro uuda zhavobgarlik

6. Xalqaro huquqiy javobgarlikning turlari va shakllari

Xalqaro munosabatlarda javobgarlikning ikki tu­ri farqlanadi. Ular: siyosiy (nomoddiy) va moddiy javobgarlikdir. Bu turlarni farqlash, albatta, yetkazilgan zarar xarakteriga taalluqli bo‘ladi. Kundalik turmushda davlatlarning javobgarlik turlari, o‘zaro shunchalik bog‘lanib ketganki, gohi ular o‘rtasida aniq chegara topish qiyin bo‘lib qoladi. Amalda shunday hollar ham yuz beradiki, unda moddiy zarar yetkazilishi siyosiy javobgarlikni ham keltirib chiqaradi yoki aksincha. Siyosiy ma’noda yetkazilgan zarar ortidan moddiy javobgarlik ham kelib chiqadi. Lekin javob­garlikni turlarga bo‘lish amalda o‘zini oqlaydi. Chunki,.bu bo‘linish javobgarlik xajmini ham, javobgar­lik shakllarini ham ancha aniq belgilash imkonini yaratadi.


Javobgarlik shakli shunday vositaki, uning vositachiligi. orqali. huquqiy jinoyat qiluvchi u tomondan xalqaro huquqiy jinoyatchilik sodir qilinganligi oqibatlarining ko‘ngilsiz jihatlarini chetlab o‘tilib, ja­vobgarlik darajasi belgilanadi. Har qanday holatda javobgarlik shakli aniq qonun buzilish jarayoni bilan belgilanadi. Xalqaro javobgarlikning har ikkala turida ham eng ko‘p uchraydigan shakllar ajratib olinadi. Siyosiy javobgarlik doirasida bu shakllar sanksiyalar, restoratsiyalar va satisfikatsiyalardan, moddiy javobgarlik doirasi reparatsiya va restitutsiyadan iborat. Sanksiyalar qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan davlatga qarshi xalqaro tashkilotlar tomonidan ham, shuningdek aniq davlatlar yoki ularning guruhlari tomoni­dan ham keng ma’noda qo‘llaniladigan majburiy tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Sanksiyalar avvalo davlatning agressiya uchun javobgarligi yuz berganida qo‘llaniladi. Germaniyaga nisbatan ikkinchi jahon urushidan keyin qo‘llanilgan harakatlar bunga misol bo‘la oladi. Chunonchi, 1945 yil 5 iyunda qabul qilingan Germaniyaning yengilishi to‘g‘risidagi Deklaratsiya va 1945 yilda Potsdam konferensiyasida qabul qilingan Germaniya to‘g‘risidagi Dekla­ratsiya Germaniyaning okkupatsiya qilinishini, ittifoqchilar tomonidan oliy hokimiyatni o‘z qo‘llariga olinishini, hududning bir qismini ajratib olishni va boshqa choralarni ko‘zda tutardi.
Xalqaro sanksiyalar BMT Nizomida ham ko‘zda tutilgan 39, 41, 42- moddalar asosida Xavfsizlik Kengashi tinchlikka xavf tug‘ilgan hollarda, tinchlik buzilganda va agressiya aktlari yuz berganida harbiy yoki noharbiy xarakterdagi majburiy choralar qo‘llanishi mumkin. 53-moddaga asosan bunday tadbirlar mintaqaviy bitimlar va tashkilotlar doirasida Xavfsizlik Kengashi vakolati bilan. uning rahbarligi ostida amalga oshirilishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan tadbir­lar ayni paytda jamoa xavfsizlik kafolati ham, ag­ressiya uchun javobgarlikdan kelib chiqadigan xalqaro sanksiya ham hisoblanadi. Xalqaro sanksiyalar boshqa xalqaro jinoyatlar (mustamlakachilik aparteid, genotsid siyosati va boshqalar) qilgan davlatga nisbatan kam qo‘llaniladi. Xususan, BMT Bosh Assambleyasi ko‘p marotaba mana shunday jinoyatlar uchun Janubiy Af­rika Rsspublikasiga sanksiyalar qo‘llashni tavsiya etgan edi. Shunga binoan Xavfsizlik Kengashi sanksiya­lar qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qildi, biroq ayrim davlatlarning siyosatlari tufayli bu sanksiyalarning samarasi kam bo‘ldi.
Davlatlar boshqa davlat tomonidan o‘zining qonuniy manfaatlari va huquqlariga dahldor huquqiy jinoyatlar, garchi ular qurolli kuchlarni qo‘llamasdan sodir qilgan taqdirda ham, javob tariqasida yakka tartibda o‘z-o‘ziga yordam doirasida majbur qilish xarakterida bo‘lgan tadbirlar ham sanksiyalar hisoblanadi (repressaliya deb ataluvchi sanksiyalar). Bunda shuni nazarda tutish kerakki, davlat qurolli kuchlar yordamida re­pressaliya amalga oshirishlari mumkin emas. Bu ish noharbiy xarakterdagi tadbirlar bilan cheklanmog‘i lozim (diplomatiya, savdo va boshqa munosabatlarni uzish, boj miqdorini oshirish va boshqalar). Bunda albatta, mutanosiblik tamoyiliga rioya qilinmog‘i darkor.

Download 66,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish