3. Konformistik (sust) huquqiy xatti-harakat. Fuqarolar o‘rnatilgan huquq normalariga ijtimoiy muhit ta’sirida, ya’ni o‘z safdoshlarining, rahbarlarining ko‘zicha rioya qiladi. Bu o‘zining mustaqil fikri bilan emas, balki hamma shu harakatni amalga oshirganligi uchun u ham shuni qilishga majbur bo‘ladi. Bu toifa shaxslar agar ko‘pchilik huquqqa zid harakat qilsa, u ham huquqqa zid harakat qilishi mumkin. Shuningdek, fuqaro o‘ziga tegishli huquq va erkinliklardan kerakli maqsadda foydalanmagan paytda sodir bo‘ladi. Masalan, fuqaro nikohdan o‘tishda, mulkka egalik qilishda, saylovlarda ishtirok etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yishi mumkin. Bunday paytda shaxs o‘z manfaatini qanoatlantirish imkoniyatidan foydalanmaganligi natijasida unga nisbatan salbiy oqibatlar kelib chiqadi. Bu jamiyatning zarar ko‘rishiga olib keladi. Fuqaroning sustligi sababli siyosiy va
huquqiy sohada, davlat ishlarida valyuntarizm kelib chiqadi, davlat tizimiga xalq ta’siri va jamoatchilik nazorati pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |