1. Faol huquqiy xatti-harakat. Bu fuqarolar, mansabdor shaxslarning qo‘shimcha vaqtlari, imkoniyatlari, shuningdek, moddiy vositalaridan kelib chiqib, o‘z tashabbuskorligiga tayangan huquqiy faoliyatidir. Shaxsning huquqiy faolligi – davr talabi. Huquqiy faollikning namoyon bo‘lish shakllari turlicha. Bu sidqidildan faol xizmat qilish, siyosiy partiya, jamoat uyushmalarining shakllanishi va ishida qatnashish, qonun loyihalari muhokamasida bevosita ishtirok qilish, davlatning turli tuzilmalarida hamkorlik qilish va shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |