1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari sentabrdan darslarda bevosita ishtirok etadilar



Download 164,65 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi164,65 Kb.
#398297
Bog'liq
Test Proba


Test Proba

1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari sentabrdan darslarda bevosita ishtirok etadilar.

Ushbu gapda nechta yasama so‘z qo‘llangan?

A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 2 ta

2. Birdan ortiq xabarni yaxlitlashtirib ifodalaydigan gap … hisoblanadi.

Nuqtalar o‘rniga mos atamani tanlang.

A) qo‘shma gap

B) uyushiq bo‘lakli gap

C) kiritma gapli sodda gap

D) ko‘chirma gap

3. “Ilm sarvatdan ustundir”. (Ali ibn Abu Tolib)

Jumladagi sarvat so‘zining ma’nodoshi qaysi javobda berilgan?

A) boylik B) vaqt C) bekorchilik D) ibodat

4. Bejizga bu yerga kelmagan.

Ushbu gapdagi uslubiy xatolik qaysi qatorda bartaraf etilgan?

A) Bejizga bu yerga kelinmagan.

B) Bejizga bu yerdan kelmagan.

C) Bejizga shu yerga kelmagan.

D) Bejiz bu yerga kelmagan.

5. Qaysi so‘zlarni gapdagi vazifasiga ko‘ra mustaqil

yoki nomustaqil so‘z sifatida baholash mumkin?

1) keyin; 2) qarab; 3) deylik; 4) bilan; 5) to‘g‘ri.

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 5

C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 5

6. Kitoblar egasiga yetkazilmagandir-da.

Gapda qaysi nisbat shaklidagi fe’l

qo‘llangan?

A) aniq nisbat

B) orttirma nisbat

C) majhul nisbat

D) orttirma va majhul nisbatlar

7. Yonib turgan xodimlarga shunday muomala qilish kerakki, ularning shijoatlari bir zum ham pirpiramasin.

Ushbu qo‘shma gapning ergash gap

qismidagi bo‘laklarning joylashuvini aks ettiruvchi

shartli belgilarni aniqlang.

A) ~~~ _ _ _ …… ===

B) …… _ _ _ ~~~ ===

C) ~~~ ____ …… ===

D) ~~~ _ _ _ …… ___ ===

8. Ega ishtirok etmagan gapni aniqlang.

A) Test sinovlari joriy yilda sentabrdan boshlanadi.

B) Abituriyentlar xonalarga karantin qoidalariga

rioya qilgan holda kiritiladi.

C) Test jarayonlarini internet orqali onlayn ravishda

kuzatib borish mumkin.

D) Testlarni ishlab chiqish uchun uch soat vaqt beriladi.

9. “Qiynalib ketmoq”, “to‘satdan qattiq qo‘rqmoq”

ma’nolarida qo‘llana oladigan frazeologik iborani belgilang.

A) ko‘zi kosasidan chiqib ketmoq

B) enka-tenkasi chiqmoq

C) yuragi tars yorila yozmoq

D) yuragi qoq yorila yozmoq

10. Qaysi qatorda faqat shakldoshlari bor otlar berilgan?

A) uch, yoz, bo‘sh B) o‘t, bog‘, hiyla

C) tor, uy, sana D) ot, zor, tort

11. Qaysi qatorda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda

tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan yasama so‘zlar

berilgan?

A) tiniq, qo‘rqoq, aniq B) bitik, ochiq, kemtik

C) ozroq, yo‘q, danak D) qisiq, tirik, egik

12. Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning ma’nolarini

farqlovchi undoshlar jarangli yoki jarangsizligiga

ko‘ra ham, til qismlarining harakatiga ko‘ra ham

o‘zaro farqlanadi?

A) kitob – xitob B) oltin – oldin

C) sayin – mayin D) daraxt – karaxt

13. Pishirib ye maslahatlaringni hammang, xo‘pmi,

uy meniki: xohlasam, sotaman, xohlasam, birovga

tekinga bervoraman, qisqasi, mulkni tasarruf

qilishimga hech kim aralashmasin.

Ushbu gapdagi mulkni rasarruf qilmoq

iborasi qanday maqsadda qo‘llangan?

A) qahramonning muayyan hududga mansubligini

ta’kidlash maqsadida

B) personajning madaniy-ma’rifiy saviyasini

kinoyaviy ta’kidlash maqsadida

C) qahramon ichki dunyosi, tarbiyalanganlik

darajasini bo‘rttirib ifodalash maqsadida

D) shaxsning nutqiy malakasi yetarli emasligini

ko‘rsatish maqsadida

14. Bir xil qo‘shimcha orqali sifat yasash mumkin

bo‘lgan fe’llar qatorini aniqlang.

A) to‘l, och, oz B) qo‘rq, chanqa, isi

C) kecha, bahor, boya D) yoq, sev, to‘y

15. Qaysi gap tarkibida bir to‘ldiruvchi boshqa

to‘ldiruvchiga tobe bog‘langan?

A) Qamchibekka kaktus haqida gapirib berdik.

B) Kitob o‘qish uchun kutubxonaga bordim.

C) Bu ovqat isiga oshqozonlar raqsga tushib ketdi.

D) Senga tushuntirishga vaqtim yo‘q.

16. Qaysi gapda // belgisi o‘rnida vergul bo‘lishi kerak?

A) Endi bildim // unga tushuntirishning foydasi yo‘q ekan.

B) G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta.

C) Qamchibek boshqacharoq edi // ichidan o‘tayotganini yuzaga bilintirmasdi.

D) Biz keldik // ular esa ketib qolishdi.

17. Qaysi gapda imloviy xatolik bilan yozilgan hol qo‘llangan?

A) Kulib turibman-u, ichimda aytgan gaplarini bir bir eslayapman.

B) Kechikgan kunlarimda ishim ham, kayfiyatim ham yaxshi bo‘lmagan.

C) Akamla chiqqum safarga.

D) Ertalabdan hammaning asabiga o‘ynama.

18. Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim,

Men sening ko‘changdan o‘tmasman zinhor.

Mening bu olamda o‘z aytar so‘zim

Va o‘zim sig‘inar mozorlarim bor.

(Abdulla Oripov)

Ushbu parchada olmoshning necha turiga

mansub so‘zlar qo‘llangan?

A) 2 B) 3 C) 4 D) 5

19. Men senga tushuntiraman, qayeriga tushunmay

qolsang, qo‘rqmay so‘rayver, xo‘pmi?

Gapda fe’lning qaysi ma’no turi ishtirok etmagan?

A) jismoniy faoliyat fe’li B) nutqiy faoliyat fe’li

C) aqliy faoliyat fe’li D) holat fe’li

20. Qaysi so‘zlarni ma’nosiga qarab ikki xil usulda

asos va qo‘shimchalarga ajratish mumkin?

1) mushtlar; 2) boshlar;

3) qo‘llar; 4) sochlar.

A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 2, 4

21.

A) “Maftuningman” filmi ssenariysini yozgan.

B) Lorka she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib nashr ettirgan.

C) “Charxpalak” teleserialining ssenariysi muallifi va rejissori hisoblanadi.

D) “Gaplashadigan vaqtlar”, “Ming bir yog‘du”

nomli kitoblari nashr etilgan.

22. Qaysi dostonda mayna vositasida xat jo‘natish epizodi uchraydi?

A) “Rustamxon” B) “Alpomish”

C) “Kuntug‘mish” D) “Ravshan”

23. “Jangda o‘lgan emas biror bahodir” (Shavkat

Rahmon) she’rida aytilishicha, barcha bahodirlar

nimadan o‘lgan?

A) nomusdan B) xiyonatdan

C) mayxo‘rlikdan D) jaholatdan

24. Boshdan oyoq yosh bola tilidan hikoya qilingan

asarlarni aniqlang.

1) “So‘nggi saboq” (Alfons Dode);

2) “Hayotga muhabbat” (Jek London);

3) “Muzqaymoq” (Odil Yoqubov);

4) “Hellados” (Nodar Dumbadze);

5) “Dunyoning ishlari” (O‘tkir Hoshimov).

A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4, 5

C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 4

25. “Iskandar Zulqarnayn” (Maqsud Shayxzoda) va

“Sohibqiron” (Abdulla Oripov) asarlari uchun umumiy epizodni aniqlang.

A) yovni hiyla yo‘li bilan yengish

B) qasos olish yo‘lida halok bo‘lish

C) nay vositasida xabar yetkazish

D) shoh va sartarosh suhbati

26. Xudoyberdi Doniyorovga bag‘ishlab yozilgan

she’rni aniqlang.

A) “Vaqt” (G‘afur G‘ulom)

B) “Tong ochar ko‘zlarin…” (Shavkat Rahmon)

C) “Eng so‘nggi xazina” (Omon Matjon)

D) “Sog‘inish” (G‘afur G‘ulom)

27. “Bundagi odamlarning hammasini o‘z ko‘zim

bilan ko‘rganman. Faqat ba’zilarining ismi o‘zgardi,

xolos”. Ushbu so‘zlarni kim qaysi asari haqida aytgan?

A) O‘tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari” haqida

B) G‘afur G‘ulom “Shum bola” haqida

C) Tohir Malik “Shaytanat” haqida

D) Odil Yoqubov “Muzqaymoq” haqida

28. “O‘tkan kunlar” romani yakunida majnuna holida

ko‘rsatilgan obraz kim?

A) O‘zbek oyim B) Kumush

C) Zaynab D) To‘ybeka

29. “Bu qalamga falakdan ofarinlar yog‘ilsin! Chunki bu yoqimli naqshni o‘sha qalam yaratdi va forsiy til egalari, forscha nazm durlarini tuzuvchilarga rahm qildi: u ham shu forsiy tilda yozganda boshqalarga so‘z aytishga majol qolmasdi”.

Alisher Navoiy alqangan ushbu so‘zlar kimga tegishli?

A) Jomiy B) Qazviniy

C) Xondamir D) Rashidiy

30. Begona bo‘lubtur oshnodin,

Begonag‘a oshno bo‘lubtur. (Navoiy)

Ushbu baytda qanday badiiy san’atlar qo‘llangan?

1) tazod; 2) ishtiqoq; 3) tasdir; 4) tardi aks.



A) 1, 2 B) 3, 4 C) 2, 3 D) 1, 4

Download 164,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish