Torixe guzida
Tolif: Hamdulloh Mustavfiy
….: Doktor Abulhusayn Navoiy
TARIXI GUZIDA
“Tarixi guzida” yani “ Saylangan tarix ” asari muallifi Hamdulloh Qaznaviy bo`lib, u XIII asr so`ngi choragi va XIV asrning birinchi yarmida yashab o`tgan. U o`z davrining mashhur geograf va tarixshunos olimidir. Uning to`liq ismi Hamdulloh ibn Abubakr ibn Ahmad ibn Nasr Mustavfiy Qazviniy bo`lib, kelib chiqishi bo`yicha arab bo`lgan. Olim 1238 – yilda o`sha paytdagi Eron Ozarbayjonining Qazvin Shahrida tavallud topgan.
Hamdulloh Qazviniy Rashiduddin davrida Qazvin, Abhar va Zinjon viloyatlarining moliya ishlari bilan shug`illangan. Rashididdun vafot etgandan so`ng uning o`g`li G`iyosiddun Muhammadning xizmatida bo`lgan. U 1327 – 1336 yillarda Elxoniy Abu Sa’idning vaziri bo`lgan edi. Tarixchi 1350- yilda vafot etgan.
Hamdulloh Qazviniy Firdavsiyning “Shohnoma” dostoni davomi sifatida mo`ljallangan “Zafarnoma” she’riy xronikasi(1331- 1332), “ Tarixi guzida” hamda “Nuzhat ul – qulub “ ya’ni “Qalblar rohati” (1340) kabi qimmatli asarlar muallifidir.
Olim asarlaridan eng qimmatlilaridan biri “ Tarixi guzida” umumiy tarix yo`nalishida yozilgan bo`lib, unda qadim zamonlardan to 1330- yilgacha bo`lgan davrdagi Eron va qisman, O`rta Osiyoda bo`lib o`tgan voqealar haqida bayon etiladi. Ayniqsa asarda mo`g`ul elxonlari va Erondagi mahalliy sulolalarning tarixi hamda mashhur kishilarning tarjimai hollari va Qazvin shahri va viloyatining batafsil bayoni ham berilgan. Bu asr Hamdulloh Qazviniy vafot etgandan so`ng uning o`g`li Zaynuddin tomonidan davom ettirilgan. Zaynuddin asarga 1392-yilgacha Eronda bo`lib o`tgan voqealarni qo`shadi. Asarning asosiy katta qismi G`iyosuddin Muhammadga bag`ishlangan.
Bu asarning ahamiyati shundaki unda mo`g`ul davri ancha batafsil berilgan va ushbu kitobda muallifning zamondoshlari va shoirlarning ismlari ham keltiriladi.
Asar muqaddima ya’ni fotiha, olti bob va xulosadan iborat. Fotihada dunyoning yaratilishi haqida muhokama qilinadi. Birinchi bob payg`ambarlar va avliyolarga bag`ishlangan. Bu bob ham 2 qismdan iborat. Birinchi qismda payg`ambarlar tarixi zikri, ikkinchisida esa payg`ambar bo`lmagan lekin fiqh va din rivoji yo`lida xizmat qilgan anbiyo va hukamolar zikri keltilgan. Ikkinchi bob Islomiyatdan avval o`tgan Eron podsholari haqida. Bu bob ham o’z navbatida 4 ta qismga ajratiladi. Asarning uchinchi bobi Muhammad sallallohu alayhi vasallam , xalifayi roshidin , ummaviylar va abbosiylar tarixi bayoniga bag`ishlangan. Uchinchi bob 6 faslga bo’linadi. To`rtinchi bob Abbosiylar davrida Eron, Afg`oniston va O`rta Osiyoda hukmronlik qilgan Safforiylar, Somoniylar, G`znaviylar, G`uriylar, Daylamiylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, mo`g`ullar va boshqa sulolalar tarixiga bag`ishlanadi. Bu bob 12 ta qismga ajratilgan va asarning katta qismini egallaydi. Beshinchi bob Islomiyat davrida o`tgan shayxlar, olimlar va shoirlar haqida. Asarning so’ngi oltinchi bobi tarixchining tug`ilgan shahri Qazvin shahri va viloyatining tarixini bayon etadi.
“Tarixi Guzida” Eron, O`rta Osiyo va shu jumladan O`zbekistonning XIII- XIV arsning birinchi yarmidagi tarixini o`rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
1910-yilda ingliz sharqshnosi E. Braun tomonidan asar matni va qisqartirilgan inglizcha tarjimasi nashir etildi. 1960- yilga kelib esa Abulhusayn Navoiy asar to`liq matnini nashr etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |