Inkasso qiluvchi bankka hujjatlar berilishi. Remitent banki, to’lovchi mamlakati bankiga zarur bo’lgan ko’rsatmalar bilan hujjatlarni topshiradi. Kup hollarda, import qiluvchi banki hujjatlarni bevosita to’lovchining o’ziga topshiradi. Ayrim sharoitlarda, u boshqa bankka hujjatlarni taqdim qiladi. Avval aytib o’tilganidek, to’lovchiga hujjatlarni taqdim qiluvchi, inkasso qiluvchi banki - taqdim qiluvchi bank ham deb ataladi.
To’lovchiga hujjatlar taqdim qilish va to’lov.Taqdim qiluvchi bank, to’lovchiga unga hujjatlar kelganligi to’g’risida xabar beradi. Xabarda avizo va hujjatlar fotonusxalarida to’lovchi unga yuborilgan mahsulot haqidagi ma'lumotdan xabardor bo’ladi. Bundan tashqari, u avizodan bankdagi mayjud bo’lgan hujjatlar asosida mahsulot olishni va boj to’lashi mumkinligi to’g’risida ma'lumotni ko`rishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |