KIRISH
Shahsiy kompyuter yordamida matnli hujjatlar hosil qilish uchun Word muharriridan foydalaniladi. Shartga muvofiq 2-turdagi hujjatlar hosil qilish mumkin:
oddiy hujjatlar - hujjatlar formatlangan matndan iborat;
kompleks hujjatlar - matndan tashqari chizmalar, rasmlar, formulalar, jadvallar va multimediya ob’ektlari ishtiroq etadi.
Microsoft Word – xat, fakslar, sharhlar, eslamalar, xizmat yuzasidan yozilgan ma’lumotlar, xabarnomalar, xotiranomalar va h.k. kabi matnli hujjatlarni yaratish uchun ishlatiladigan matn protsessoridir.
Word hujjatlarni osonlik bilan yaratish uchungina emas, shuningdek boshqa ko‘plab xolatlarda ham yordam beradi. U hujjatlarni terish va tahrir qilish, ularni bosmaga tayyorlash imkonini beradi. Uning yordamida hujjatning tashqi ko‘rinishini yaratish, shriftlarni o‘lchamini va chizilish shaklini, xat boshi (abzatslar)ning parametrlarini o‘zgartirish, bo‘sh joylar, jadvallar va hoshiyalar kiritishi mumkin.
Microsoft Word bilan ishlaganda to‘g‘ri yozish (orfografiya)dan g‘am yemaslik mumkin, chunki Wordda orfografiyani avtomatik ravishda tekshirish ko‘zda tutilgan. Siz ishni to‘laligicha qayta bajarmasdan, hujjatda osonlik bilan istalgan o‘zgarishlarni, shuningdek, o‘z hujjatlaringizga jadvallar va grafiklarni kiritishingiz, to‘liq hujjatni ko‘rib chiqishingiz, tuzatishlar kiritishingiz mumkin.
Elektron jadvallarga ishlov berish dasturi ofis (idora) paketining muhim qismi (komponenti)dir. Bunday Dastur-larning hamma sohalarda ishlatilishi asosan Ularning universalligi bilan izohlanadi, zero hayotimizning sohalarida Hisob-kitoblarsiz ish ko‘rishning iloji yo‘q (Biroq ishlab chiqaruvchilarning ma’lumotlariga ko‘ra foydalanuvchi EXCEL taklif qiladigan imkoniyatlarning faqat beshdan bir qisminigina amalda qo‘llaydilar xolos).
Turli bloklarni tayyorlash, diagrammalar tuzish va hokazolar kabi oddiy vazifalar bilan birgalikda EXCEL juda murakkab Bo‘lgan muammolarni ham hal qilishga imkon beradi. Masalan, korxonada ushbu dastur yordamida buyurtmalarga ishlov berish va ishlab chiqarishni rejalashtirsh, soliqlar va ish haqini hisob-kitob qilish, kadrlar va harajatlarni hisobi, sotishni boshqarish va hokazo yumushlarni yengillashtirish mumkin.
EXCEL ni qo‘llash sohasi ishlab chiqarish, tadbirkorlik sohalari bilangina chegaralanmaydi. Dasturning kuchli mate-matik va muxandislik funksiyalari tabiiy va ijtimoiy fanlar sohalarida ham ko‘plab vazifalarni hal qilish imkoniyatlarini beradilar. EXCELning imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilganlarning doirasidan ancha uzoqqa chiqadi va bunga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz.
Power Point dasturi monitor ekranida inson faoliyatining turli sohalarin grafik namoyishini maxsus bеzatmalarda (ishlangan, shakllantirilgan) namoyon etuvchi rasm-slaydlarning navbat bilan almashinib kеluvchini yaratish uchun mo’ljallangan.
Power Pointda taqdimotni bir nеcha usulda yaratish mumkin. Kеrakli taqdimotni o’zingizning javoblaringiz asosida tuzuvchi avtomazmun ustasidan foydalanishingiz mumkin. Shuningdеk mavjud taqdimotni ochish va uni o’zgartirish yoki Power Point ga Microsoft Office pakеtining ilovalaridan biri, masalan, matn muharririda yaratilgan hujjatni import qilish mumkin. Bundan tashqari taqdimotni uni shakllantirishni (ammo mazmunini emas) bеlgilab bеruvchi andozalar asosida ham yaratish mumkin.
Power Point dasturi foydalanuvchiga turli mavzulardagi taqdimotlarninng katta miqdoridagi andozalarini taqdim etadi. Bunday andozalar foydalanuvchi ma'lumotlarni kiritadigan shakllantirilgan slaydlarni o’z ichiga olgan. Slaydning har bir andozasi uning bajarishi mo’ljallangan vazifasiga mos kеluvchi o’z kompozitsiyasiga ega. Boshidanoq hamma slaydlar yo taqdimot tuzuliyotgan paytida almashtirilishi lozim bo’lgan standart matnga va kompyutеrga qo’shib qurilgan (o’rnatilgan) ob'еktlarga, yoxud ma'lum bir ob'еktlarni kiritish uchun mo’ljallangan to’ldirish joylariga ega bo’ladilar. Taqdimotning istalgan standart andozasini didga qarab o’zgartirish mumkin. Agar foydalanuvchining vaqti bo’lsa va o’zida dizayin (bеzakchi) qobiliyatlarini borligini sеzsa, taqdimot ustidagi ishni «nul»dan boshlashi mumkin – Power Pointda buning uchun hamma vositalar bor.
Taqdimotni tuzishga kirishayotganda slaydga qanday axborotni joylashtirish haqida o’ylab ko’rish kеrak. Bunda taqdimot 45-60 daqiqadan ortiq davom etmasligi va 15-20 slayddan iborat bo’lishi kеrakligini hisobga olish lozim.
1-MAvzu:
Axborot texnologiyalar asoslari. Axborot haqida tushuncha.
Rejasi:
1. Axborot va axborot texnologiyalari haqida tushuncha
2. Signallar va ma'lumotlar haqida tushuncha
3. Ma'lumot tashuvchilar
Bayoni:
Axborot lotincha informatsiya so‘zidan olingan bo‘lib nimanidir tushuntirish, bayon qilishni, nima haqidadir xabar ma'nosini bildiradi. Axborotga ishlov berish kabi tushuncha yaqinda paydo bo‘ldi, ammo odamlar axborotga ishlov berishni ancha oldinroq boshlaganlar.
Axborot ustida aniq texnik vositalar yig‘indisi yordamida zarur harakatlarni bajarish jarayoni axborot texnologiyasi deb ataladi. Hurmatli o‘quvchilar, hisoblash texnikasi bilan to‘g‘ri va samarali ishlash uchun quyidagi qoidalarni bajarish kerak.
O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari:
1. Hisoblash texnikasi xonasida narxi qimmat, murakkab va ehtiyotkorlik hamda avaylab muomala qilishni talab etuvchi uskunalar o‘rnatilgan. Shuning uchun:
Bu texnikani ehtiyotkorlik bilan ishlating;
Xonaga tinchgina, shoshmasdan, bir biringizni itarmasdan, stollarga tegmasdan kiring va o‘zingizga ajratilgan joyni egallang.
2. Sizning ish stolingizda kompyuter tizimining tarkibiy bloklari - tizimli blok, klaviatura va monitor (displey) joylashtirilgan.
Ish paytida monitor (displey)ning nur trubkasi yuqori kuchlanishda ishlaydi. Uskuna kabel, monitor bilan noto‘g‘ri muomala qilish, uni noto‘g‘ri ishlatish elektr tokidan qattiq zararlanishga, uskunalarning yonib ketishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun quyidagilar qat'iyan man qilinadi:
• ulash kabellarining ajratish joylariga tegish;
• tok o‘tgan simlar va yerga ulash moslamalariga qo‘l tekkizish;
• monitorning ichki tomoniga tegish;
• ho’l yoki nam kiyimda va ho‘l qo‘llar bilan ishlash.
3. Kuyundi hidi paydo bo‘lishi bilan darhol ishni to’xtating, uskunani o’chiring va bu haqda o’qituvchiga xabar qiling.
4. Ish boshlashdan avval:
• ish joyingizning yaqqol ko’zga ko’rinadigan buzilishlari, nosozligi yo’qligiga amin bo’ling;
• shunday o’tiringki, nigohingiz chizig’i ekranning o’rtasiga to’g’ri kelsin, klaviaturadan foydalanganingizda va monitor ekrani orqali o’tilayotgan axborotni qabul qilish uchun egilmaydigan bo’ling;
• stolda daftar, o’quv qo’llanmasi, shaxsiy kompyuterdan foydalanish jurnalini ular sizning ishingiz uchun xalaqit bermaydigan qilib joylashtiring.
5. Shaxsiy kompyuter ishlab turgan paytda videomonitorning nur trubkasi elektromagnit to’lqin chiqarish manbasi bo’ladi va u ekran yaqinidan ishlaganda ko’rish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko’rsatadi, charchoq va ish qobiliyati pasayishini keltirib chiqaradi. Shuning uchun undan 60-70 santimetr masofada, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilib, bukilmasdan, egilmasdan o’tirib ishlash lozim. Doimiy ta’qib yurish uchun ko’zoynakka ega bo’lgan o’quvchilar ko’zoynaklarini taqib ishlashlari kerak.
6. Shaxsiy kompyuterda ishlash katta e'tiborni, diqqatni jamlashni, harakatlarning aniq bo‘lishini, o’z-o’zini nazorat qilishni talab qiladi, shuning uchun:
• yetarlicha yoritilmagan xonada;
• odam o’zini yomon his qilganda shaxsiy kompyuterda ishlash mumkin emas.
7. Ishlash paytida:
• yuqorida bayon qilingan hamma qoidalarga va o’qituvchining joriy ko’rsatmalariga qat'iy amal qiling;
• uskunalarning soz bo’lishini kuzatib boring va odatdagidan boshqacha tovushlar paydo bo’lganda yoki uskuna o’z- o’zidan o’chib qolganda ishni darhol to’xtating. Bu haqda zudlik bilan o’qituvchiga xabar qiling;
• tugmachalarni asta bosing, keskin zarblarga yo’l qo’ymang;
• uskuna ishidagi nosozlikni o‘zingiz mustaqil bartaraf etishga hech qachon urinmang.
Siz ushbu qoidalarni bilishingiz va ularni bajarishingiz, o’qituvchingizning ko’rsatmalariga aniq amal qilishingiz lozim. Bu:
• baxtsiz hodisalarning oldini olish;
• bilimlar, mahorat, ko’nikmalarni muvaffaqiyatli egallash;
• davlat mulki bo’lmish hisoblash texnikasi va uskunalarini saqlab qolish uchun zarurdir.
Siz ish joyning ahvoli va unda o‘rnatilgan uskunalarning saqlanishi uchun javob berasiz.
Qoidalarni bajarmaslik - tartib va intizomning qo’pol tarzda buzilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |