Ma'lumotlar bilan o’tkaziladigan amallar
Axborot jarayoni davomida ma'lumotlar turli usullar yordamida bir turdan ikkinchisiga aylantiradilar. Ma'lumotlarni qayta ishlash o‘z ichiga turli xildagi ko‘plab amallarni kiritadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlana borgan va kishilik jamiyatida aloqalar murakkablashgan sari ma'lumotlarni qayta ishlashga ketadigan mehnat sarfi to’xtovsiz oshib boradi. Bu, eng avvalo, ishlab chiqarishni va jamiyatni boshqarish shart-sharoitlarining muttasil ravishda murakkablashib borayotganligi bilan bog’liqdir. Ma'lumotlarni qayta ishlash hajmining umumiy o‘sishini keltirib chiqaruvchi ikkinchi omil ham ilmiy-texnik taraqqiyot bilan, aynan ma'lumotlar tashuvchilarning hamda ularni saqlash va yetkazish vositalarining yangilarining paydo bo‘lishi, joriy qilinishi bilan bog’liqdir.
Ma'lumotlar bilan o’tkazilishi mumkin bo‘lgan amallar tuzilmasidan quyidagi asosiylarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
• ma'lumotlar to‘plash - qaror qabul qilish uchun zarur miqdordagi to‘liq axborot yig’ish;
• ma'lumotlarni shaklga solish (formalizatsiya qilish) - turli manbalardan tushayotgan ma'lumotlarni ularni bir-biri bilan taqqoslash mumkin bo‘lishini ta'minlash, ya'ni ulardan foydalana olish darajasini oshirish uchun bir xil shaklga keltirish;
• ma'lumotlarni fil'trlash (tozalash) - qaror qabul qilish uchun zarurati yo‘q bo‘lgan "ortiqcha" ma'lumotlarni chiqarib tashlash, bunda "shovqin"ning darajasini pasayishi, ma'lumotlarning haqqoniyligi va adekvatligi o’sishi lozim;
• ma'lumotlarni saralash - foydalanishga qulay bo’lishi uchun ma'lumotlarni berilgan belgilar bo‘yicha tartibga keltirish; bu axborotga murajaatni osonlashtiradi;
• ma'lumotlarni arxivlashtirish - ma'lumotlarning qulay va foydalanishga oson shaklda saqlanishini tashkil qilish; ma'lumotlarni saqlashga ketadigan xarajatlarni pasaytirishga xizmat qiladi va axborot jarayonining umumiy ishonchliligini oshiradi.
• ma'lumotlarni himoyalash - ma'lumotlarning yo‘qotib qo’yilishining oldini olishga, ularni qayta yaratishga va modifikatsiyalashga yo’naltirilgan choralar majmui;
• ma'lumotlarni transportirovka qilish - axborot jarayonining bir-biridan uzoqlashgan ishtirokchilari o‘rtasida ma'lumotlarni qabul qilish va uzatishdir. Bunda informatikada ma'lumotlarning bazasini server, iste'molchini mijoz deb atash qabul qilingan;
• ma'lumotlarni qayta tuzish - ma'lumotlarni bir shakldan boshqasiga o‘tkazishdir. Ma'lumotlarni qayta tuzish ko‘pincha axborot tashuvchining turi o‘zgarishi bilan bog’liq bo‘ladi. Masalan, kitoblarni odatdagi qog’oz shakllarda saqlash mumkin, ammo buning uchun elektron shakldan va mikro tasmadan ham foydalanish mumkin. Ma'lumotlarni ko‘p marotaba qayta tuzish (boshqa shaklga solish) zarurati, shuningdek, ularni transportirovka qilish paytida, ayniqsa, bu ish ushbu turdagi ma'lumotlarni transportirvka qilishga mo‘ljallangan vositalar bilan amalga oshirilayotgan paytda vujudga keladi. Misol tariqasida shuni eslatish mumkin-ki, ma'lumotlarning raqamli oqimlarini telefon tarmoqlari (ular avvalida faqat analog signallarni diapazonda uzatishga mo’ljal oldirilgan edi) kanallari orqali transportirovka qilish uchun raqamli ma'lumotlarni tovush signallariga o’xshash narsaga aylantirish zarur bo‘ladi. Bu ishni maxsus uskunalar - telefon modemlari bajaradilar.
Katta EHMlar
Bular eng kuchli, quvvati katta kompyuterlardir. Ularni juda katta tashkilotlar va hatto xalq xo‘jaligining butun tarmoqlarida xizmat ko‘rsatish uchun qo‘llaydilar. Xorijda bu toifa kompyuterlarini meynfreymlar (main frame) deb atashadi.
Rossiyada ularni ko‘proq katta EHMlar termini bilan atash odatga kirib qolgan. Katta EHMga xizmat ko‘rsatish shtati bir necha o’nlab kishini tashkil qiladi. Mana shunday superkompyuterlar bazasida o‘zicha bir necha bo‘limlarni yoki guruhlarni oluvchi hisoblash markazlari tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |