DORI VOSITALARI VA TIBBIYOTDA ISHLATILADIGAN
BUYUMLARNI SAQLANISHINI TASHKIL QILISH
Tovarlami saqlash tovar harakatining barcha bo‘g‘inlarida,
ya’ni tayyor mahsulotni ishlab chiqarishdan boshlab uni iste’mol
qilish mobaynida amalga oshiriladi.
Tovarlam i saqlash — bu tovam ing sifati va m iqdorini
o‘zgartirmaslik maqsadida ombor xonalariga joylashtirish va saqlash
jarayonidir. Saqlashdan asosiy maqsad — tovarlarning boshlangMch
xossalarining barqarorligini ta’minlash demakdir. Tegishli saqlash
xonalarining mavjudligi, zarur saqlash tartiblarini yaratilishi,
saqlash davomida tovarlami to ‘g‘ri joylashtirishni tashkil qilish
— tovarlami saqlash shart-sharoitlarining asosini tashkil qiladi.
O m borxonalar va m oddiy xo n alard a saqlash u ch u n
farmatsevtik mahsulotlaming xususiyatlariga bogMiq muayyan
sharoitlar asosida amalga oshiriladi. Saqlash sharoitlarining (havo
harorati va namligi) asosiy ko‘rsatkichlarining nazoratini olib borish
uchun har bir xonada termometr va gigrometr boMib, ular saqlash
uchun xonalar-ning ichki devorlarida isitkich asboblardan yerdan
1,5—1,7 m etr balandlikda, eshikdan esa 3 m etr m asofada
joylashgan boMadi. Havo harorati va namligi bir kunda kamida 1
marta tekshiriladi, asboblaming ko‘rsatkichlari har bir boMimda
boMishi kerak va maxsus hisob daftarida belgilanadi.
Saqlash xonalarida havo tozaligiga rioya qilish uchun tortib
ketadigan ventilyatsiya qurilm alari boMishi kerak. D orixona
assortimentidagi mahsulotlar sifatiga turli tashqi omillar ayniqsafizik-kimyoviy xususiyatlarga ta ’sir ko'rsatadi. Shu sababli ulami
saqlashda yuqoridagi omillar ta ’sirini hisobga olish lozim.
Yoruqlikdan saqlanish lozim bo‘lgan dori vositalari — qoron-
g‘i, salqin xonalarda yoki eshiklari zich yopiladigan, ichki tomoni
qora rangli bo‘yoq bilan bo'yalgan shkaflarda yoki qopqoqlari
zich yopiladigan qutilarda saqlanishi talab etiladi.
Atmosferadagi suv bug'lari yoki namlikka sezgir bo'lgan dori
vositalari salqin joylarda, germetik yopilgan, suv bugiari yoki
namlikni o ‘tkazmaydigan m atodan yasalgan, shisha, metall,
aluminiy, plastmassa idishlarda saqlanishi lozim:
— kuydirilgan gips yaxshi yopiladigan idishlarda saqlanadi
(masalan, mahkam yopiladigan ichiga yopiladigan polietilen plyonka
solingan yog‘och quti yoki yog'och bochkalarda);
— xantal ko‘kining ichi laklangan temir bankalarda saqlanadi;
— xantal mahkam berkitilgan idishlarga solingan polietilen
plyonka yoki pergament qog‘ozga o‘ralgan holda saqlanadi.
Uchuvchan dori vositalari salqin joylarda germetik berkitila-
digan uchuvchan moddalami o‘tkazmaydigan materiallardan tay-
yorlangan idishlarda saqlanadi.
Kristalgidratlar havoning nisbiy namligi 50—65% bo'lgan
salqin joylarda germetik yopiladigan shisha, metall yoki qalin
plastmassadan ishlangan idishlarda saqlanadi.
Havo haroratining yuqori yoki pastligi ta’sir etuvchi dori
vositalarni saqlashda, ulaming yorligM va ishlatish uchun qo‘llan-
masida ko'rsatilgan harorati rejimiga e’tibor beriladi.
Organopreparatlami quruq sharoitda, yorug‘likdan saqlangan
holda 1°— + 15°C gacha bo'lgan haroratda saqlanadi (boshqa
ko‘rsatma berilmagan bo'lsa).
Tibbiy yog'lar odatda + 4°— + 12°C gacha saqlanadi.
G azlar ta ’siridan saqlanishi shart bo'lgan dori vositalari
germetik yopiladigan gazlarni o‘tkazmaydigan materiallardan
ishlangan idishlarda iloji boricha to'latilgan holda saqlanadi.
Turli farm akoterapevtik guruhga m ansub b o ‘lgan dori
vositalarini saqlashda hidli va bo‘yovchi dori vositalari guruhi
ham ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |