ESLATMA!
Yo‘l bosish estafeta yoki vazifali tanlovga aylantirilsa,
bu 2-3 yoshli bolalar uchun qiziqarli va yengilroq tuyuladi.
1. Shatakka olib tortish
Bo‘yinga bog‘lanadigan ro‘mol, belbog‘, tayoqcha yoki arqoncha
yordamida shatakka olsa bo‘ladi. Ota-onalar bir uchini ushlasa,
bolakay ikkinchi uchini ushlashi kerak. So‘ngra, mittivoyga bu
buzilib qolgan mashina, havoda yoqilg‘i quymoqchi bo‘layotgan
samolyot yoki ot va izvosh deya tushuntiramiz va yo‘lga ravona
bo‘lamiz.
O‘YINLAR NAMUNALARI:
— “ADASHIB QOLMOQ”: ota-onalar o‘zlarini adashib qolgandek
tutishlari va tashabbusni bolaga berishlari kerak.
— “GAROVGA OLINGANLAR”: bunda ko‘z yumilgan holda
harakatlanish talab etiladi. Hamsafarlardan biri yo‘ldagi to‘siqlarni
ko‘rmay qolmaslik uchun ikkinchisi uni yetaklar ekan, ko‘zlarini
qisgan holda harakatlanadi.
2. Sakrab-sakrab yurmoq!
Agar yo‘lingiz asfalt bo‘ylab yoki piyodalar yo‘lagidan o‘tsa, ulardan
foydalanib o‘ynasa ham bo‘ladi. Asosiy shart — yo‘lda uchraydigan
ayrim elementlarni bosmaslik yoki sakrab o‘tish (yoriqlar, birikkan
joylar) kerak bo‘ladi. Siz qancha tez harakatlansangiz, o‘yin ham
shunchalik xushchaqchaq o‘tadi.
3. Modali yurish
O‘yinni quyidagi so‘zlar bilan boshlang:
Biz kuldik, biz o‘ynadik
Ammo, hech qachon, bizning Timur
Shunday yurishini sezmadik…
Shu bilan kichkintoyga ma’lum bir usul bilan o‘tish vazifasini topshir-
ing: quyonchadek hakkalab, tuyaqushdek bir oyoqda, tuyaniki singari
elkasini o‘rkachdek bukib va shu kabi quvnoq usullarda o‘tsin.
ESLATMA!
3 yoshdan katta bolalarga suhbatli o‘yinlar yoqadi.
4. Topishmoq
O‘yinchilardan biri buyumni tasvirlab beradi, boshqalar uni topadi.
Masalan: “Men ko‘chalarda, bog‘da, hovlida yashayman. Meni kech
tushishi bilan yoqishadi, men tunlari ko‘chalarni yoritaman…”. Gap
yo‘l chiroqlari haqida bormoqda. Topishmoqning javobini topgan
bola navbatdagi topishmoqni aytadi.
5. Yo‘l-yo‘lakay to‘qiymiz
Asos sifatida bir mashhur ertak olinadi va unga yo‘lda duch kelin-
gan holatlar kiritiladi. Yangi qo‘shilmalarga ertak qahramonlariga
to‘siqlarni yengib o‘tishda yordam beradigan “sehrli xususiyat-
lar” beriladi. Ota-onalar yovuz qahramonlar – Yalmog‘iz kampir,
O‘lmas Koshey bo‘lib “makr-hiyla qurishadi”, mittivoy esa, masalan
deylik, soyabon yoki muzqaymoq qutisi yordamida ulardan qanday
qutilishni o‘ylab topishi kerak.
ESLATMA!
5-6 yosh bolalarga so‘z va raqamlar bilan bog‘liq
o‘yinlar tavsiya etiladi. Bu bolaning maktabga tayyorlanishida yor-
dam beradi.
6. Sherlok Xolms va Vatson
Buning uchun raqam, harf, so‘z, rang yoki qandaydir buyumni
tanlash lozim. Harakatlanar ekansiz, tanlangan narsani e’lonlar,
avtomobil raqamlari, o‘tgan-ketganlarning kiyimlari, peshtaxtalar,
yo‘llar bo‘ylab va shu kabi usulda topishga harakat qilinadi. Kim
ko‘p topsa, g‘olib sanaladi.
7. Bo‘g‘inlar
O‘yinning topshirig‘i shundan iboratki, ma’lum bir bo‘g‘in ishtiroki-
da imkon qadar ko‘proq so‘z topishdir. Masalan, “-moq” bo‘g‘inini
olamiz. Endi navbati bilan so‘zlarni ayta boshlaymiz: yopinmoq —
yugurmoq — yopmoq — kuzatmoq va boshqalar. O‘yinni so‘zlardagi
bo‘g‘inlar sonini oshirish bilan murakkablashtirish mumkin. Bun-
da 3 bo‘g‘inli so‘zlar mos keladi.
8. Ko‘p-kam
Bir o‘yinchi raqamni o‘ylashi kerak, ikkinchisi esa, uning shipshiti-
shi bilan raqamni topishi kerak. Masalan, 7 raqami yashiringan.
— 3 mi?
— Kattaroq.
— 10!
— Kamroq.
— 7!
— Barakalla. Endi sen yashir!
K O ‘ N G I L O C H I S H
K O ‘ N G I L O C H I S H