yoqtiradi. Bu ularga o‘ziga ishonch va xavfsizlik hissini
taqdim etadi. Shuning uchun tadrijiylikka rioya qiling
nidan aynan shunday baholanadi. Kichkintoyni sinab
umlar, joylar taklif qiling. Bu uning ko‘nikmasini mus-
yetkazishni rad etishadi. Bu holda ishni
uning o‘rniga o‘zingiz tugating.
oldindan bilishni yoqtiradi. Bu
hissini taqdim etadi. Shuning uchun
18
19
IYUL 2020
"QOBILIYATLI, AMMO BIROZ DANGASA". BUNDAY SO‘ZLARNI OTA-ONALAR
KO‘P ESHITADI. BU VAZIYATDA KIMNI AYBLASHNI HAM BILMAYSAN:
YALQOVLIK QILAYOTGAN BOLAMI, DANGASALIK ALOMATLARINI VAQTIDA
ANIQLAMAGAN OTA-ONA YOKI ZIMMASIDAN BARCHA MAS’ULIYATNI SOQIT
QILISHNI ISTAYOTGANDEK, BOLANI TO‘G‘RI YO‘NALTIRIB, MAQBUL USULNI
TOPISH O‘RNIGA ENG YOQIMSIZ HOLNI UQDIRAYOTGAN TARBIYACHI/
O‘QITUVCHIMI AYBDOR?
Keling, yaxshisi muammoni hal etaylik.
Bola va dangasalik birlashgani ko‘rinib tu-
ribdi. Yoqimsiz, ammo hal qilsa bo‘ladigan
muammocha. Bolalar yalqovligining
sabablarini ko‘rib chiqamiz.
Ishtiyoq yo‘qligi
Bolakay bolalar bog‘chasidalik vaqtida,
tarbiyachi uni turli harakatlarga ruhlantirib
turadi. Bolalar o‘ynaydi, bahslashadi, bun-
ing uchun ularni rag‘batlantirishadi, xonada
ham bolalarga xos bo‘lgan bahslashish
ruhiyati kezadi. Uyda-chi? Ota-onalarning
bir ohangdagi buyruqlari boshlanadi: "o‘yin-
choqlarni yig‘ishtir, kiyimingni to‘g‘rila" ka-
bilar. Har qanday majburiyat farzandingiz
uchun qiziq bo‘lmagan vazifa hisoblanadi.
Tabiatan tortinchoqlik
Bolalar har xil bo‘ladi. Ehtimol, farzandin-
giz biroz tortinchoq va kamtardir. Uning
biror narsani boshlashiga ota-onasining
jahlini chiqarishdan qo‘rqishi yoki omadsi-
zlikka uchrashidan xavotiri sababdir. Axir,
ba’zida kattalar ham biror ishni boshlash-
dan qo‘rqishadi-ku.
Temperament
Har bir insonning o‘ziga xos bo‘lgan tem-
peramenti bor. Shuning uchun tabiatan
flegmatik yoki xolerik bo‘lgan bolalar bir
qarashda dangasa ko‘rinadi. Ular nimanidir
bajonidil bajarsa, nimadir ularga zerikarli
tuyuladi.
Haddan ortiq charchash
Ota-onalar yonlarida mitti dahoni ko‘rishni
xohlar ekan, farzandlarini rasm solish,
futbol, gimnastika kabi turli xil qo‘shimcha
mashg‘ulotlarga yozdiradi. Hammasi joyida
ko‘rinishi mumkin, ammo bola organizmi
bunday yuklamaga dosh bera olmasligi
ham bor. Bunda, bola uyga kelgach, hech
narsani bajarishni istamaydi.
Haddan ortiq g‘amxo‘rlik
Mittivoy poyabzal bog‘ichini uzoq bog‘lashi,
tishini tez yuva olmasligi, o‘yinchoqlarini
imillab yig‘ishtirishi asabingizga tegadi. Siz
asabiylashib, hammasini o‘zingiz bajara
boshlaysiz. Bola bunday tartibga o‘rganib,
o‘z majburiyatlarini mustaqil bajarishni
istamasa, hayron qolmasa ham bo‘ladi.
Tayyor xizmatchi
Bolakay bolalar bog‘chasiga borib, uyga
vazifa ola boshladi: onasining suratini
chizish, mayda-chuyda buyum yasash
kabilar. Siz esa, do‘mboqchangiz hamma
yoqni rasvosini chiqarmasligi uchun
barchasini o‘zingiz qilishga qaror qilasiz.
Oqibatda, bolaning nimadir mustaqil qilish
istagi yo‘qoladi. Nima uchun o‘zi yasasin?
Axir ota-onasi yordam beradi-ku.
Sabablar ma’lum bo‘lgach, ularni bartaraf
etish zarur. Psixologlarning qayd etish-
laricha, bola 3 yoshga to‘lganida barcha
narsani o‘zi mustaqil bajarishni xohlay-
digan davrni boshdan kechiradi. Aynan shu
vaqt yordam berish va yengil uy ishlarini
bajarishga o‘rgatish eng qulay onlardir.
Bolalar dangasaligini yengishning 7 ta
usulini tavsiya qilamiz.
1-MASLAHAT
Shaxsiy o‘rnak
Ona ishdan charchab qaytadi va kechki
ovqatdan keyin idish-tovoqni istar-
istamas yuvishni boshlaydi. Bunga guvoh
bo‘layotgan kichkintoy ham hech narsa
qilishni xohlamasligi aniq. Unga o‘zingiz
misolingizda mehnat qilish ajoyib ekanini
ko‘rsating. Bola ilhomlangan va xush-
chaqchaq ota-onalarni ko‘rsin.
2-MASLAHAT
Yoshga doir majburiyatlar
Yoshga mos kelmaydigan topshiriq va vazi-
falar bolada qo‘rquv uyg‘otishi mumkin.
Unga tanbeh bermang, aksincha kichikro-
g‘idan boshlang. Boshlanishiga faqat yum-
shoq o‘yinchoqlarni yig‘ishtirsin, vaqti
kelib xonani tozalashda yordam beradi.
Bekorga ozgina-yu, sozgina deyishmagan.
3-MASLAHAT
Musiqa qutqaradi
Musiqa — murakkab vaqtlarda kattalarni
ham qutqara oladigan, ularni vaqtincha
bo‘lsin muammolarni unutishlariga sabab
bo‘ladigan vositadir. Kichkintoylar ham
istisno emas. Sizning biror topshirig‘ingizni
bajarar ekan, o‘zining sevimli musiqasini
tinglasin. Barchasini xursandchilik bilan
juda tez bajarganiga guvoh bo‘lasiz.
4-MASLAHAT
Urinishlar va xatolardan saboq
usuli
Kichkintoy 4 qator she’rni yodlashi kerak,
ammo dangasalik qilmoqda? O‘z holiga
qo‘ying. Bolalar bog‘chasiga tayyorlanmay
borgach, tarbiyachisi va guruhining ishon-
chini oqlamaganini anglaydi. Uyga kelgach,
xotirjam holda vujudga kelgan vaziyatni
muhokama qiling. Dangasalik yomonligini,
buning oqibati albatta yaxshi bo‘lmasligini
tushuntiring.
5-MASLAHAT
Rag‘batlantirish va qo‘llab-
quvvatlash
Kichkintoylar dorda turgan toza kiyim-
larni onasiga uzatib turishni yoqtiradi.
Bu yordamni rad etmang, balki jilmayib,
olqishlang, tashakkur bildiring. U, shun-
ingdek, siz dasturxonni bezatar ekansiz,
qoshiq, sanchqini berib turishni xohlashi
mumkin. U biror narsani tushirib yuborsa,
koyimang. Siz-ku anjomni qayta olasiz,
bola esa, xafa bo‘lib, tashabbus ko‘rsatishni
istamasligi mumkin.
6-MASLAHAT
Turli usullarni taklif qiling
Agar farzandingiz mehnatsevarlik
ostonasida turgan bo‘lsa, uni turli
xil yoqimsiz ishlar bilan yuklab tashlash
yaramaydi. Unga nima qilishni tan-
lashiga imkon bering. O‘zingiznikini
ma’qul qilib turib olmang. Uning
tashabbusini so‘ndirmang.
7-MASLAHAT
O‘ynab yig‘ishtiring
Bolalarni nima qilishni ko‘proq yoqti-
radi? To‘g‘ri, o‘ynashni! Har kungi bir xil
mashg‘ulotlarni qiziq o‘yinga aylantirish,
shu bilan nafaqat xonada tartib o‘rnatish,
balki ota-ona hamda bolaning kayfiyati
chog‘ bo‘lishini ta’minlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: