Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni



Download 8,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana19.09.2021
Hajmi8,11 Mb.
#178374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
psh 15 uzb web

1-O‘YIN. Xonani yig‘ishtirish kerak. Mitti-

voy qo‘liga sevimli o‘yinchog‘ini olib, uning 

yordamida qolgan o‘yinchoqlarni jamlasin.  

Go‘yoki, u emas, balki o‘yinchoq yig‘ishti-

rayotgandek. Quvnoq, oddiy va samarali. 

2-O‘YIN. Ota o‘g‘li bilan, ona qizi bilan 

bir jamoa bo‘lishadi. Jamoalarning qaybiri 

o‘yinchoqlarni birinchi bo‘lib qutiga joylab 

bo‘lar ekan-a? Qaybiri barcha xonani tez-

roq yig‘ishtirishar ekan?

3-O‘YIN. O‘zingizni haqiqiy bosh-

lovchidek his qiling. Bayramona kayfi-

yatda vazifani e’lon qiling. Do‘mboqchadan 

qizil rangdagi barcha o‘yinchoqlarni 

yig‘ishtirishni so‘rang, keyin yumshoq 

o‘yinchoqlarni va hakozo, xona tartibga 

kelmaguncha shu yo‘sinda davom eting. 

4-O‘YIN. Ayiqchaga buyumlarni qanday 

qilib to‘g‘ri taxlashni ko‘rsatamiz. Bolakay 

o‘yinchoqqa o‘z misolida xonani qanday 

yig‘ishtirish kerakligini ko‘rsatadi. 

O‘ynang, urinib ko‘ring, ammo yodda tut-

ing: dangasalikka qarshi uzoq vaqt, tartib 

bilan jiddiy kurashishga to‘g‘ri keladi. U bir 

qarashda yengildek ko‘rinsa-da, oson emas. 

Bolani mehnatkash va muvaffaqiyatli qilib 

tarbiyalash aynan sizning qo‘lingizda.



D

      ANGASALIKKA 

  

    QARSHI  



 7 MASLAHAT

Bolalar yalqovligi bilan 

kurashishda asqatadigan 

7 maslahat

P S I X O L O G I YA

P S I X O L O G I YA



20

21

IYUL 2020



— o‘tkir hidli sovun yoki atirdan foydalanmang.

Mabodo sizni yoki farzandingizni hasharot 

chaqsa, shifokorga murojaat qilish kerak. 

3. Quyoshdan himoyalanmoq

O‘zbekiston iqlimi shundayki, mamlakatning 

har bir fuqarosiga quyoshdan himoyalovchi 

kremlardan foydalanish zaruratini yuklaydi. 

Bolalar tanasi atrof-muhit ta’siriga ancha sez-

girligi bois, uning terisini maktabgacha yosh-

dayoq himoya qilish zarur. 

Bosh kiyim yoki soyabonni unutmang. Bolangizga, agar 

u  ko‘chada o‘zini yomon his qilsa, bu haqda zudlik bilan 

tarbiyachi, ota-ona yoki kattalardan birortasiga aytish ker-

akligini uqtiring. 

4. Katta kishi nazoratida cho‘milmoq

Bolakay o‘ziga ishongan tarzda cho‘milsa yoki qo‘liga 

havo to‘ldiriladigan yengcha kiygan taqdirda ham yoxud 

qutqaruv nimchasi yo aylanasidan foydalansa-da, u katta 

kishining nazoratisiz suvda qolmasligi kerak. Mittivoy 

oyog‘i bilan suv tubiga tega olmaydigan chuqur joylarda 

cho‘milishiga yo‘l qo‘ymang. Shuningdek, salomatlik uchun 

zararli bo‘lgan bakteriyalar ehtimoli bo‘lgan tog‘ daryolari, 

ko‘llarida ham cho‘milmagan ma’qul. Suv havzasi qancha-

lik toza bo‘lsa, shuncha yaxshi. 



5. Himoyalovchi anjomni kiymoq 

Agar kichkintoy rolikli konki yoki velosipedda uchsa, uni 

yengchalar, shlem va tizzani himoyalovchi anjom bilan 

ta’minlang. Shunda maktabgacha yoshdagi bola turli jaro-

hatlar va shilinishlardan himoyalanadi. Zarurat bo‘lsa, ku-

tilmaganda yiqilganida yonida bo‘lish uchun mittivoyning 

qo‘lidan yoki ruldan ushlab, uni himoyalang. 

6. Xavfsiz o‘yin maydonlarini tanlamoq

Parklardagi attraksionlarni maktabgacha yoshdagi bolan-

ing yoshiga munosib ravishda tanlamoq kerak. Karuselda 

uchishdan avval u xavfsizlik kamarini taqishi, harakatla-

nayotgan chog‘ida, to‘liq to‘xtamaguncha o‘rnidan turma-

sligi kerak. Quyoshda metal buyumlar juda qattiq qiziydi 

va bolani kuydirishi mumkin. Yozda quvnoq 

tepaliklarga chiqishdan avval, ular juda issiq 

emasligiga ishonch hosil qilish darkor. 

7. Ovqatdan avval qo‘lni yuvmoq

Infeksiyalarni yuqtirib olmaslik, asosiysi, sariq kasalligi — 

gepatitga chalinmaslik uchun qo‘lni sovun bilan yaxshilab 

yuvish zarur. Mevalar, sabzavotlar va ko‘katlarni ham 

oqar suvda yaxshilab yuvish yoki ustiga qaynoq suv quy-

ish kerak. Yoz mavsumida nam sochiqlar olib yurish talab 

etiladi, chunki ko‘chada har doim ham qo‘lni yuvish imkoni 

bo‘lmasligi mumkin. 



8. Ob-havoga mos kiyinmoq

Yozda tabiiy matolardan tikilgan, havo o‘tkazuvchi va erkin 

turuvchi kiyimlarni kiyish tavsiya etiladi. Agar siz sayohat-

ga, toqqa yoki o‘rmonga bormoqchi bo‘lsangiz, hasharotlar 

chaqishining oldini olish maqsadida yengi uzun ko‘ylak, 

shim va yopiq poyabzal kiygan ma’qul. 

Bolalar o‘yin maydoniga bog‘ichli poyabzal yoki kapyush-

onli kofta kiyish kerak emas — kichkintoy bunday kiyimlar 

bilan arg‘imchoqlarga ilinib qolishi mumkin. 

9. Ovqatdan zaharlanishga yo‘l qo‘ymaslik

Yozgi taomlarga mas’uliyat bilan yondashish zarur. Tez 

buziladigan mahsulotlar, ayniqsa go‘sht va sut iste’mol 

qilish yaramaydi. Yaxshisi, mavsumiy sabzavotlar, meva-

chevalarni iste’mol qilgan ma’qul. Dori qutisida har doim 

ovqatdan zaharlanishga qarshi davolovchi dorilar bo‘lsin, 

imkon bo‘lsa, ayrim dorilarni sayr qilish chog‘ida o‘zingiz 

bilan ham oling. Kichkintoy o‘zini yomon his qilsa, zudlik 

bilan shifokorga murojaat qiling. 

10. Ko‘p suv ichmoq

Bolaning yonida har doim suvli idish bo‘lsin. Faol o‘yinlar 

chog‘ida har 15-20 daqiqada bir qultum bo‘lsin suv ichish 

kerak. Mittivoy kun davomida kamida 1 litr suv ichishi 

tavsiya etiladi. Agar, maktabgacha yoshdagi 

bola doimiy ravishda chanqoqlikni sezsa, bu 

tanadagi buzilishlarga dalolat qilishi mumkin. 

Bu holda mutaxassis bilan maslahatlashish tal-

ab etiladi.

1. Taomni diqqat bilan tanlash

Jazirama mavsum boshlanishidan avval bolakay 

bilan o‘simliklar, meva-cheva hamda sabzavotlarn-

ing nomlarini o‘rganib olish asqatadi. Bunda sizga 

ensiklopediyalar, kitoblar va internetdagi maqola-

lar yordam beradi. Agar o‘zingizning bog‘ingiz yoki 

tomorqangiz bo‘lsa, unda biror zaharli o‘simlik 

o‘smasligini nazorat qiling. Uyingiz yaqinidagi 

o‘simliklarning xavfsizligini kafolatlay olmasangiz, 

mittivoyga nimani tanovul qilish mumkinligini, nima 

mumkin emasligini tushuntiring. Yaxshisi, notanish 

narsani og‘izga solmaslik qoidasini joriy qiling. 



2. Hasharotlar bilan ham ehtiyot 

bo‘ling

Yilning issiq davrida mayda hasharotlar, qurt-qu-

mursqalar bizga halovat bermaydi, ularni har yerda 

uchratasiz, ayrimlari esa, chaqqanida kuchli og‘riq 

berishi mumkin. Hasharotlar hujumining oldini olish 

uchun ehtiyotkorlik qoidasini yodda tutish darkor: 



— o‘zingizga diqqatni tortmaslik uchun qo‘lni silkit-

maslik kerak;

Bolakay o‘ziga ishongan tarzda 

cho‘milsa yoki qo‘liga havo 

to‘ldiriladigan yengcha kiygan 

taqdirda ham yoxud qutqaruv 

nimchasi yo aylanasidan 

foydalansa-da, u katta  

kishining nazoratisiz  

suvda qolmasligi kerak.

Yozgi taomlarga mas’uliyat bilan 

yondashish zarur. Tez buziladigan 

mahsulotlar, ayniqsa go‘sht va sut 

iste’mol qilish yaramaydi. 

Y

 OZ 


BO‘YLAB

Yoz mavsumida 

xavfsizlikning 10 qoidasi

YOZDA BOLALAR KO‘P VAQTINI TASHQARIDA 

O‘TKAZADI. DAM OLISH TAASSUROTLARINI 

HECH NARSA BUZMASLIGI UCHUN 

XAVFSIZLIK QOIDALARIGA RIOYA ETISH LOZIM. 

E’TIBORINGIZGA EHTIYOTKORLIKNING 10 TA 

ENG MUHIMLARINI HAVOLA QILAMIZ

S A L O M AT L I K

S A L O M AT L I K



22

23

IYUL 2020



— Siz ijodiy oilada dunyoga keldingiz: otangiz — te-

atr rejissyori Bahodir Yo‘ldoshev, onangiz — aktrisa 

Rimma Ahmedova. Faoliyatingizni tanlashda bu 

qanday ta’sir ko‘rsatdi?

— Bu mening kelajagimga bevosita ta’sir qildi. 

Ehtimol, agar men etikdo‘z oilasida tug‘ilganimda, 

etikdo‘z bo‘lardim. Oilam bilan men bolaligimdan te-

atrda, “O‘zbekfilm”da yashadim, desam ham bo‘ladi. 

Kunbo‘yi shu muhitda bo‘ldim. Aytish mumkinki, 

boshqacha yo‘li yo‘q edi. 

—  Bolaligingiz qanday o‘tgani haqida hikoya qilib 

bering. Sizni qanday tarbiya qilishgan? 

— Oilamizda men yagona o‘g‘ilman. Shuning 

uchun meni bolaligimda juda erkalatishgan. Jiddiy 

qattiqqo‘llik bo‘lmagan. Ota-onam har doim, shun-

day yashash kerakki, keyinchalik uyalmagin, deya 

uqtirishgan. “Aktyorlik” tarbiyasi bo‘lmagan. 



— Sizning ijodiy faoliyatingiz qachon va qanday 

boshlandi?

— 8 yoshimda “Tushlar sotuvchisi” filmining bosh 

qahramoni uchun kastingdan o‘tdim. Suratga olish 

jarayonlarida qo‘rquvni his qilmadim, chunki shu 

muhitda katta bo‘lgandim. Albatta, tasvirga olish 

maydonida suvdagi baliqdek bemalol his qilmadim 

— 8 yoshli bola nima ham qila olardi? Barchasini 

o‘rgandim, hammasiga asta-sekin erishdim. Biroq, 

jiddiy murakkabliklar bo‘lmagan. Yonimda menga 

yordam bergan kattalar, tajribali aktyorlar bor edi. 

Ularning maslahatlaridan hozirda misol keltirish qi-

yin — axir, shundan buyon ham 30 yil o‘tdi — ammo, 

ularning barchasi xotiramga muhrlangan. 

— Siz uchun qaysi aktyorlar namuna bo‘la oladi?

— Eng asosiy namuna — otam. Shubhasiz, ko‘plab 

iqtidorli artistlar bor: vatandoshlar orasida — Erkin 

Komilov, Muhammad Iso Abdulxayirov, Faxriddin 

Shamsmatov, Yodgor, xorijliklardan — Gari Oldman, 

Tim Rot, Al Pachino. Umuman, bu ro‘yxatni uzoq 

davom ettirish mumkin: har kimning taqlid qilish 

mumkin bo‘lgan kimidir bor. 

  

— Faoliyatingiz boshida siz qanday qiyinchiliklarga 

duch keldingiz?

— Eng qiyini bu — o‘qish. Men 14 yoshimda 

O‘zbekiston Yoshlar teatridagi Nabi Abdurahmon-

ovning birinchi kursiga keldim. Hamma qiyinchi-

liklar o‘sha erda boshlandi. Mashg‘ulotlar 5 yil 

mobaynida deyarli tun-u kun davom etardi. Ko‘ngil 

tusagan sayrga vaqt yo‘q edi. Shundan so‘ng men 

B

     OBUR 

 

  YO‘LDOSHEV: 



 “Bolalarni emas, o‘zini 

tarbiya qilish darkor”

Bobur Bahodirovich 

Yo‘ldoshev — teatr va kino 

aktyori. Teatr rejissyori 

Bahodir Yo‘ldoshev va aktrisa 

Rimma Ahmedova oilasida 

dunyoga kelgan. “Tirilgan 

ertak” Moskva televizion-teatr 

festivalida “Eng yaxshi erkak 

roli uchun” nominatsiyasi 

g‘olibi (Rossiya, 2004 god), 

“Asr yoshligi” Moskva xalqaro 

televizion-teatr festivalida 

“Eng yaxshi erkak roli” 

nominatsiyasi g‘olibi (Rossiya, 

2002 yil), “Yilning eng yaxshi 

aktyori” nominatsiyasida 

M&TVA (O‘zbekiston, 

2009 yil), “Oltin Bahodir” 

sovrinlari sohibi (Rossiya, 

2012 yil). O‘zbek va Rossiya 

kinoishlarida 100 dan ortiq rol 

ijro etgan. 


Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish