TELEGRAM: t.me/aqlvoyuz
FACEBOOK: facebook.com/aqlvoy
INSTAGRAM: instagram.com/aqlvoy
YOUTUBE: clck.ru/N4nKW
“Ilk qadam”:
TELEGRAM: t.me/onlaynbogcha
YOUTUBE: clck.ru/PNW6Q
Barcha videomashg‘ulotlar o‘zbek
va rus tillarida taqdim etildi hamda
maktabgacha yoshdagi bolalar
imkoniyatlarini inobatga olgan holda
ikkita loyihaga bo‘lindi.
MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI TOMONIDAN, 16 MARTDAN KARANTIN TARTIBI JORIY
QILINISHI MUNOSABATI BILAN MAMLAKATDAGI BARCHA TURDAGI MTTLARI FAOLIYATI
TO‘XTATILGANIDAN SO‘NG, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI RIVOJLANTIRISH
VA O‘QITISHNI TASHKIL ETISHDA OTA-ONALARGA YORDAM BERISH MAQSADIDA
MILLIY TELERADIOKOMPANIYA KO‘MAGIDA QISQA MUDDATDA “ONLAYN BOLALAR
BOG‘CHASI” TELEDASTURI ISHLAB CHIQILDI. U 1-APRELDAN E’TIBORAN “BOLAJON”
TELEKANALIDA EFIRGA UZATILA BOSHLANDI
M A K TA B G A C H A TA’ L I M
M A K TA B G A C H A TA’ L I M
12
13
IYUL 2020
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA QANDAY SO‘ZLARNI BILISHI KERAK?
1. “Rahmat, xohlamayman”
Ko‘pchilik orasida injiqlik qilish, baqirish va yig‘lash
— mulozamatsizlik hisoblanadi. Ayniqsa, bu MTTda
mittivoyga tengdoshlari va o‘qituvchilarning diqqati
qaragan vaqtda chiroyli ko‘rinmaydi. Bolakay hurmat-
sizliklar qilmasligi uchun, uni o‘zi xohlamagan vaqt-
da yumshoqlik bilan taom va o‘yinni rad eta olishga
o‘rgating.
2. “Menga yoqmayapti”
Bola bu iborani baland ovozda, aniq va ishonch bilan
aytishga o‘rganishi kerak. Shunda kichkintoy ziddiyat-
ga borib qolganda o‘zini xafa qildirib qo‘ymaydi. Har
qanday tortishuvli masalani hal etishda so‘z musht-
lashuvdan har doim yaxshidir.
3. “Isming nima? Kel, do‘stlashamiz”
Ko‘plab bolalar MTT yoki bolalar maydonchasida
o‘zlari o‘ynashadi, chunki tengdoshlari yoniga bo-
rishga va do‘stlashishga uyaladi. Bolakay o‘zini yolg‘iz
his qilmasligi uchun unga yuqoridagi oddiygina ibo-
ralarni o‘rgating. U boshqa bolalar bilan tanishganida
ularni qo‘llaydi.
4. “Sizlar bilan o‘ynasam maylimi?”
Maktabgacha yoshdagi bolalar tengdoshlari orasida
bo‘lishi muhim. Kichkintoyning batamom rivojlanishi
uchun bolalar bilan faol muloqotda bo‘lishi, o‘ynashi
kerak. Unga o‘yinga qanday qilib qo‘shilishni so‘rashni
ko‘rsatib bering. Bunda, uni ehtimoliy rad qilinishga
ham tayyorlash zarur.
5. “Mening achchig‘im chiqyapti
(xafaman, kayfiyatim buzildi)”
Bolalar yoshligida o‘z hissiyotlari va yomon kayfiyat
sabablarini ko‘p ham anglamasliklari mumkin. Teng-
doshlari bilan ziddiyatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni
o‘z holatini atrofdagilarga anglatishini o‘rgating. Bu
janjallarning oldini olishga yordam beradi.
6. “O‘ylab ko‘raman”
Bu ibora kichiklar singari kattalarga ham foydali. Bir
eslang, siz necha marta javob berib, nimagadir rozi
bo‘lib, keyin afsuslangansiz? Axir, biroz o‘ylab olishga
vaqt so‘rash juda oson. Ayniqsa, xatoga yo‘l qo‘ymasligi
uchun bolakay o‘z javobini berish uchun vaqt so‘ray
bilishi kerak.
7. “Rahmat”
Mittivoyga umri davomida turli insonlar yordam
ko‘rsatadi. Ularga tashakkur izhor qilishi va jilla qursa,
beizzat ko‘rinmaslik uchun har doim yordam so‘rab
qilingan murojaatga labbay deb javob berganlarga
rahmat aytishni o‘rganishi kerak.
8. “Marhamat”
Insonlarning tashakkuriga javob qaytarish ham
juda muhimdir. “Marhamat” yoki “hechqisi yo‘q” —
atrofdagilarning rahmatiga javobdir.
9. “Kechirasiz, mumkinmi...”
Bu ibora bilan bolakay begonalar yordamini so‘rashi
qulayroq bo‘ladi. Ham tarbiyachilar, ham sotuvchi-
lar va o‘tkinchi insonlar ham bunday mulozimatli
murojaatga tezda e’tibor berishadi hamda yordam
ko‘rsatishadi.
10. “Harakat qilib ko‘raman”
Bu ibora — “istamayman, bajarmayman” so‘zining aks
muqobilidir. Agar bolakay unga berilgan vazifaning
uddasidan chiqa olish ehtimoli bo‘lsa, “Harakat qilib
ko‘raman”, — deb aytish va vazifani bajarishga urinish
eng maqbul javobdir.
BOLA O‘Z FIKRINI ATROFIDAGILARGA TO‘G‘RI YETKAZA OLISHI UCHUN
MAKTABGACHA YOSHDANOQ ASOSIY SO‘Z-IBORALARNI UNGA
TA’LIM BERISH KERAK. MITTIVOY ULARNI QO‘LLAR EKAN, JAMIYATDA
TUSHUNMOVCHILIKKA DUCH KELMAYDI VA TENGDOSHLARI HAMDA
KATTA KISHILAR BILAN TEZDA MUNOSABATGA KIRISHIB KETADI.
K
Bola bu iborani baland ovozda, aniq va ishonch bilan aytishga
o‘rganishi kerak. Shunda kichkintoy ziddiyatga borib qolganda
o‘zini xafa qildirib qo‘ymaydi.
Insonlarning tashakkuriga javob qaytarish ham juda muhimdir.
“Marhamat” yoki “hechqisi yo‘q” — atrofdagilarning rahmatiga javobdir.
Maktabgacha yoshdagi bola qo‘llashi
kerak bo‘lgan foydali iboralar
ICHKINTOY
TILIDAN
R I V O J L A N I S H
R I V O J L A N I S H
14
15
IYUL 2020
Q
1. Vaqtni unuting
Odatda, ota-onalar farzandiga savol berar ekan, bir-
ikki daqiqa kutadi, xolos. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki,
ushbu “ongsiz” ravishda kutish barchada deyarli bir xil.
“Biroq, alohida parvarishga muhtoj
bolalar bo‘layotgan jarayonni tahlil
qilish va natijani ma’lum qilishlari uchun
ko‘proq vaqt talab qilinadi. Ehtimol, so‘zni
bir necha marta takrorlashga to‘g‘ri keladi.
Hatto, hozir siz javobini olmagan bo‘lsangiz
ham, bu kichkintoyning sizni eshitmaganini
anglatmaydi! Bir necha marta takrorlang”.
2. Sabotli bo‘ling
Ammo, xotirjam ham! Mittivoyning javobini olish
uchun, ehtimol, savol yoki iltimosni bir necha marta
takrorlash kerak bo‘ladi. Ovozingizni balandlatmang,
asabiylashmang, balki ishonch bilan sokin ovozda
so‘rang.
“Murojaatning hissiy bo‘yoqdor
bo‘lishi juda muhimdir. O‘z navbatida,
bolalar suhbatdoshining hayajonlariga
e’tibor qaratadi, murojaatning mazmuniga
emas. Shuning uchun do‘stona ohang — bun-
day bolalar bilan muloqotning asosiy shart-
laridan biridir”.
3. Bolaning diqqatini faollashtiring
Bunday bolalar amalda hayajonlarini namoyon et-
ishmaydi. Ularning biror narsaga munosabatini ol-
ish juda qiyin. Lekin, mumkin! Masalan, bolakay bilan
o‘ynar yoki sayrga chiqar ekansiz, uning diqqatini
noodatiy usulda qaratishga urinib ko‘ring: yuzingizni
“masxaraboz”dek burishtiring, antiqa tovush chiqaring.
Amaliyotda bunday bolalar quyidagi narsalarga e’tibor
qaratishi aniqlangan:
— keng va tez-tez kulgilar;
— yuzni aji-buji qilish;
— qiziq tovushlar;
— niqoblar, ko‘zoynaklar, yirik bezaklar.
Diqqatni qaratish uchun holatingizni tez-tez
o‘zgartiring. Bunda, bolani o‘zingizga qarashga yoki
sizni tinglashga majburlamang.
4. Barcha sezish organlaridan
foydalaning
Alohida parvarishga muhtoj bola bilan o‘ynar yoki
shug‘ullanar ekansiz, “Eshitdi, ko‘rdi, bajardi!” qoidasiga
rioya qiling. Qandaydir hikoyani so‘zlab berarkansiz,
hikoyani qandaydir vizual va taktil aloqalar bilan mu-
jassamlashtiring. Masalan, gap mevalar ha-
qida borayotgan bo‘lsa, ularni ushlab,
hidlab, tatib ko‘rishi
uchun bolaga
bering. Haqiqiy
narsa osonroq
va tezroq qabul
qilinadi.
OIDA
ASOSIDA
IQTIDORLI BOLAKAY BILAN QANDAY O‘YNASH
VA SHUG‘ULLANISH MUMKIN? BUNING
UCHUN QANCHA VAQT VA QANDAY
MALAKA TALAB ETILADI?
Ammo, xotirjam ham! Mittivoyning
javobini olish uchun, ehtimol, savol
yoki iltimosni bir necha marta
takrorlash kerak bo‘ladi.
Rivojlanishning alohida
ko‘rinishlariga ega bolalar
tashxisidan qat’iy nazar yaxshi
moslashmaydi va noma’lum
narsaga tezda rozi bo‘lavermaydi.
Ularga buning uchun turtki berish
va dunyoni o‘rganish uchun
ilhomlantirish zarur.
Iqtidorli bolalar bilan o‘ynash va
shug‘ullanishga doir 8 qoida
Defektolog-shifokor, boshlang‘ich ta’lim
uslubiyoti bo‘yicha mutaxassis, psixolog
Nargiza Iskandarovna Medvedeva shu
haqda so‘z yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |