Ular faol ravishda tatib ko‘rishadi, teginadi, qaltis ishlar qiladi. Bir
rozi bo‘lavermaydi. Ularga buning uchun turtki berish va dunyoni
o‘rganish uchun ilhomlantirish zarur.
16
17
IYUL 2020
7. Bir narsaga ko‘p e’tibor qaratmang
Ota-onalarning eng ko‘p takrorlaydigan xatosi — bir
ko‘nikmani rivojlantirishga e’tibor qaratishdir. Ular
shunchalik tirishqoqlik bilan harakat qilishadiki,
go‘yoki bolaning hayotini aynan shunga bog‘liqdek.
Bunga atrofdagilarning doimiy savollari sabab bo‘ladi:
“Kichkintoyingiz o‘tira oladimi?”, “Yurib ketdimi?”,
“O‘zi ovqatlanadimi?”.
Ularning savollariga javob bermang, diqqatni bu ish-
larga qaratishni bas qiling va yodda tuting — shaxs va
uning qobiliyati, uzoq va murakkab bo‘lsa-da bir-biri
bilan o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanishi kerak.
Masalan, oddiy vazifa — o‘yinchoqni idishiga joylash
— jismoniy va aqliy salohiyatga ega bo‘lishni nazarda
tutadi. Jismoniy — o‘yinchoqni olib, so‘ngra joylash,
aqliy — o‘yinchoq va quti o‘lchamini taqqoslash. De-
makki, bir ishni bajara olish boshqasining muvaffaqi-
yatiga omil bo‘ladi.
8. Ishni oxiriga yetkazing
Har qanday mashg‘ulot va hatto o‘yinni oxirigacha
yetkazish zarur. Masalan, bolajonlar nimanidir oxiriga
yetkazishni rad etishadi. Bu holda ishni uning o‘rniga
o‘zingiz tugating. Bolakay uning mashg‘uloti zarur
ekanini hamda zudlik bilan oxiriga yetkazish kerak-
ligini hamda maqtov eshitishini his qilishi va anglashi
lozim.
“Psixologlar va pedagoglar o‘z tajrib-
alarida rag‘batlantirishning ijodiy
usullaridan foydalanishadi. Masalan, bola-
kayga mashg‘ulot oxirida uning sevimli
qo‘shig‘ini kuylashga izn berish, yopishqoq
rasm sovg‘a qilish va uni birgalikda maxsus
daftarchaga yopishtirish mumkin. Shu bilan,
oldindan tayyorlab qo‘yilgan rasmni —
qo‘g‘irchoq yoki mashinachani bezatsa ham
bo‘ladi”.
“Va asosiysi, har bir bola alohida bir
shaxs ekanini yodda tutishdir. Alo-
hida parvarishga muhtoj bola bizlar kabi
o‘sha hayajonlarni his qilishadi — xursand
bo‘ladi, xafa bo‘ladi, qayg‘uli vaziyatga
tushadi — ammo bu hislarini odatiy yo‘l
bilan izhor qila olmaydi. Shuning uchun
bolani faqat o‘yinga o‘rgatish emas, uni
tinglash ham kerak. Mimika, xatti-harakat-
lar, tovushlar, tana va bo‘g‘inlar holati
bolakay kayfiyatidan darak bera oladi”.
Bunda sizga quyidagilar yordam beradi:
— yorqin o‘yinchoqlar — mash’alalar, yoritgichlar,
sovun pufaklari;
— hidlar — qahvali qutilar, ziravorlar, tsedra va shu k.;
— tovushlar — “gapiruvchi” o‘yinchoqlar, musiqa as-
boblari va kitoblar;
— harakatlar — quchoqlash, qitiqlash, harakatli o‘yin-
lar ham yangi nimadir o‘rganishiga yordam beradi.
“Bolalar hamma narsani qo‘li bilan
ushlab ko‘rishni yoqtiradi. Plastilin,
slaymlar, turli yuzali o‘yinchoqlar nafaqat
kichkintoyni qiziqtiradi, balki uning taktil
hissi va qo‘llarining kichik motorikasini ham
rivojlantirishga yordam beradi”.
Do'stlaringiz bilan baham: