Xa. Qurbonoy, M. J. Bauetdinov



Download 0,78 Mb.
bet26/69
Sana21.04.2022
Hajmi0,78 Mb.
#569735
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69
Bog'liq
moliya0

5.1.- jadval

Ko‘rsatkichlar

Doimiy xarajatlar

Mahsnbt bir%iga ope rats km daromad

Mi stanok

15 000

20

М2 stanok

21 000

24




Qarorlar daraxti yordamida quyidagi hisob kitoblar amalga oshiriladi. Moliyaviy menejer stanoklar vositasida ishlab chiqariladigan yillik tovarlarga bo'lgan talabni o'rganadi va yillik mahsulot ishlab chiqarish ehtimolligi quyidagicha aniqlanadi: X, = 1200birlikmiqdorda 0,4 ehtimollik bilan;


X2 = 2000 birlik miqdorda 0,6 ehtimollik bilan;

  1. -chizma

2
0,4 1200 0,6 2000

0,4 1200 0,6 2000
0x1200-15000 = 90000 rring s. 20x2000-15000 = 25000 rning s.
24x1200-21000 = 7800 ruing s. 24x2000-21000 = 2700 ming s.
Yuqorida keltirilgan chizma ma’lumotlari asosida har bir loyiha bo‘yicha kutiladigan matematik daromadni hisoblashimiz mumkin:
E(R.) =9000* 0,4 + 25000*0,6 = 18600 ming so‘m;
E(Rj) = 7800*0,4 + 27000*0,6 =19320 ming so‘m.
Demak М2 stanokni sotib olish bo'yicha ko’zlangan variant iqtisodiy jihatidan samaraliroq hisoblanadi.
Mazkur usul menejerlaming turli sohalarida foydali hisoblanadi. Masalan, boshqarish hisobida kapital qo’yilmalar byudjetini tuzishda va xususan, qimmatli qog/ozlar bozorini tahlil qilishda samara beradi.
Tijorat korxonalarida faoliyatning asosiy maqsadlaridan bin foyda hisoblanishi bilan rejalashtirish jarayonida kam rejali foydani aniqlash muhim hisoblanadi. Hozirgi sharoitda O’zbekiston Respublikasi mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishda assortiment hisob kitob usulidan keng foydalaniladi. Realizatsiyadan tushum va foydani rejalashtirishni assortiment hisob kitob usulida aniqlanishining quyidagi ma’lumot asosida ko‘rib chiqamiz.

  1. -jadval

Assortment hisob kitob usulida tovar realizatsiyasidan tushgan tushum va foydani aniqlanishi.

Mahsulotning
noire

Rcalizatsiya
hajr*.
Donalarda

donas tnin gulgurji nard so'm

Ulguiji nardardagi гeaYaalsiya hajmi trmg so‘m

Bitta
mahsulot- ning rejah tannand, so‘m

Rcalizatsiya qilingan mahsuiot tan пале, iTingso'm

Rcjalashtiril-gan геа1йа{$|уач1ап foyda, nang so‘m

1-mahsuiot turi

150000

130

19500

95

18050

1450

2-mahsuiot turi

40000

300

12000

220

8800

3200

3> mahsuiot turi

200000

215

43000

160

32000

11000

Jana

-




74500

-

58850

15650




S mahsuiot ishlab chiqarish va uni bozorlarda sotish miqdori va narxlari realizatsiyadan tushum, mahsuiot ishlab chiqarish xarajatlari va foydani rejalashtirish uchun asos hisoblanadi.


Yuqoridagi realizatsiyadan tushum, xarajatlar va foydani rejalashtirish usuli aksariyat hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri hisoblash deb ham ataladi. Tahlil qilinayotgan korxonada rejalashtirilayotgan 3 turdagi mahsuiot bo‘yicha tushum bozor bashoratlari asosida 74500 ming so'mni tashkil qiladi. Mahsuiot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar esa 58850 ming so‘m miqdorda rejalashtirilgan. Umuman kuzatishlar natijasida 3 turdagi mahsulotlar asosida tashkil qilinadigan ishlab chiqarish bashorat ko‘rsatkichlari 2 va 3 turdagi mahsuiot ko‘proq foyda olish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatmoqda. 2 turdagi mahsuiot ishlab chiqarish birligining kamligiga asosiy sabab, bozordagi talabning qondirish imkoniyatlari hisobga олинган.
Qisqacba xulosalar
Boshqarish— aniq natijalarga erishish uchun obyektga maqsadli yo‘naltirilgan holda ta’sir qilishning shakllari va usullari yig‘indisidir. Boshqarish inson faoliyatining barcha sohalariga xosdir.
Moliyaviy boshqaruv quyidagi funksional elementlardan tashkil topadi:
-rejalashtirish;
-operativ boshqarish;
-nazorat.
Rejalashtirish deganda- miqdoriy va sifat tavsifidagi ma’lum bir maqsadlami o‘rnatish va unga erishishning samarali yo‘lini aniqlash jarayonidir. Moliyaviy reja moliyaviy rejalashtirishning natijasidir.
Moliyaviy reja- davlat, xo'jalik subyektlari daromad va xarajatlarini bog'lovchi, oldindan qo'yilgan moliyaviy maqsadlarga erishish usullarini tavsiflovchi hujjatdir.
Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. “Boshqaruv’ degani nima?

  2. Moliyaviy apparat nima?

  3. Moliyaviy boshqaruv qanday funksional elementlardan tashkil topad? va ulami tushuntirib bering?

  4. Strategik va operativ boshqarish bir biridan qanday farq qiladi va tushintirib beriig.?

  5. Moliyaviy menejment nima?

  6. Moliyaviy menejment tarkibi nimalardan iborat?

  7. Moliyaviy boshqaruv tizimini umumiy tarzda tizimlashtiradigan bo'lsak qanday shakllarga ega bo‘ladi?

  8. Moliyaviy rejalashtirish nima?

  9. Moliyaviy rejalashtirishnining qanday usullari mavjud?

  10. Situatsion tahlil va bashorat qilishni tushutirib bering.?

Asosiy adabiyotlar ro‘yxati

  1. Qo‘chqarov J. va boshqalar. Davlat moliyasi tizimi. Normativ — huquqiy hujatlar to'plami. 1,2,3-jildlar. -T.;

  2. Kovalyeva V. Finansi: Uchebnik. - M Prospekt, 2004.

  3. Polyak G. B. Finansi: Denejnoye obrashenie. Kredit: Uchebnik. Vtoroe izd - M. ;YUITI-DANA, 2003.

Xaydarov H.. Moliya: O'quv qo'llanma. - T. >\kademiya Д001.
Web saytlar

  1. .www.mfuz- 0‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi sayiti;

  2. www.googli.ru- Rossiya Fedaratsiyasi qidirib sayiti;

  3. www.fmon.sy.rii - Finansiy jumalining sayti;




  1. BOB

MOLIYAVIY NAZORAT

  1. Moliyaviy nazoratning mohiyati va uning sohalari

Moliyaning boshqa iqtisodiy kategoriyalardan o‘ziga xosligi uning iqtisodiy kategoriya sifatida nazorat funksiyasini bajarishi hisoblanadi. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning instrumenti hisoblanuvchi moliya taqsimlash jarayonini obyektiv aks ettirib beradi. Moliyaning nazorat funksiyasi markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini tashkil qilinishi va ulardan maqsadli foydalanish bo'yicha YalMni taqsimlanish jarayonida paydo bo'ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy nazorat ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz rivojlanishi, ilmiy texnik taraqqiyotni tezlashuvi, iqtisodiyotning barcha sohalarida sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilanishini ta’minlashga yo'naltirilgandir. Moliyaviy nazorat ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini qamrab oladi. Chunki moliyaning taqsimlash obyekti YalM hisoblanib YalM umumiy tarzda 2 qismdan tashkil topadi: Moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari. Moliyaviy nazorat jamiyat iqtisodiyotidagi iqtisodiy samaradorlikni rag‘batlantirish, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini imkoniyat darajasida iqtisod qilishga yo‘naltirilgan.
Moliyaviy nazoratning muhirn vazifalaridan biri moliyaviy masalalar bo‘yicha qonunchilikka rioya qilish, xo‘jalik subyektlarining byudjet tizimi, kredit tizimi, soliq tizimi hamda korxona va tashkilotlar bilan o'zaro hisob kitoblar va toiovlar bo'yicha o‘zaro moliyaviy majburiyatlaiga aniq rioya qilishni tekshirish hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat odatda 2 asosiy jihatlarda ko‘rib o'tiladi:

  1. Bare ha iqtisodiy subyektlaming moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishini nazorat qilish uchun tashkil qilingan maxsus nazorat organlarining faoliyati.

  2. Moliyaviy operatsiyalarni maqsadga muvofiqligi va samaradorligini ta’minlash maqsadidagi makro va mikrodarajalarda moliyaviy boshqaruv va pul oqimlarini boshqarislining ajralmas elementi sifatida.

Ikkala jihati ham o'zaro bog'liq bo'lib, ular o'zlarining amalga oshirish maqsadlari, usullari va nazorat subyektlari bilangina farqlanadilar. Agar birinchi jihatda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari qamrab olinsa ikkinchi holatda asosiy e’tibor moliyaviy nazoratning analitik tomonlariga qaratiladi.
Demak, Moliyaviy nazorat- motiyani boshqarish tizimining elementi sifatida та 'turn sohalar bo yicha nazorat qilish vazifasi yuklatilgan, davlat va boshqa mustaqil jamoat tashkilotlari tomonidan barcha iqtisodiy subyektlaming moliyaviy faoliyati ustidan moliyaviy- xojalik qonunchiligiga rioya qilishlari, amalga oshirdgan xarajatlaming maqsadga muvofiqligi, moliyaviy- xo'jalik faoliyatining iqtisodiy samaradorligini tekshirish va kuzatish bo ‘ychaqiymat nazoratining alohida turidir.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazorat 2 o'zaro amal qiluvchi sohalarga bo'linadi: Davlat moliyaviy nazorati va nodavlat moliyaviy nazorati.
Davlat moliyaviy nazorati — Davlatning asosiy qonuniga asoslanuvchi davlat hokmiyativa boshqamv organtari huquqiy-iqtisodiy faoliyajining kompleks va maqsadli yo'naltirilgan tizimidir.Moliyaviy nazoratni tashkifqilishdagi aniqlovchi rolni mamlakatnng konstitutsiyasi o‘ynaydi. Moliyaviy\nazoratning huquqiy reglamenti davlatlaming turlariga, uning ijtimoiy-siyosiy usqurtmasiga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga, mulk munosabatlariga bog'liqdir.
Davlat moliyaviy nazorati mamlakat miqyosida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni qiymat nisbatlarida taqsimlashni qamrab oladi. Davlat moliyaviy nazorati davlat pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan bog‘liq davlat pul resutslari oqimlarini muvofiqlashtiradi. Davlat nazoratchilariga davlat sektorida amalga oshiriladigan taftish va tekshirish bilan birga agar xususiy va korporativ sektorda nazorat o‘tkaziladigan obyekt umummilliy iqtisodiy manfaatlariga ega bo‘isa taftish va tekshirish huquqi beriladi.
Nodavlat moliyaviy nazorati ichki(ichki firma, korporativ) va tashqi(auditorlik) nazoratlariga boiinadi.
Nazoratning davlat va nodavlat turlari o'tkazish usullariga ko‘ra o‘xshash bo'lishi bilan biigalikda oxirgi maqsadlari bo‘yicha bir biridan keskin farq qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi- davlat g‘aznasi uchun pul resurslarini maksimal darajada tushishini nazorat qilish va davlat xarajatlarini minimal ravishda amalga oshirishni nazorat qilish ya’ni tejamkoriikka rioya qilish hisoblanadi. Nodavlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi esa- xo‘jalik subyektlari tomonidan davlat hisobiga soliqlar va boshqa iqtisodiy agentlarga qilinadigan xarajatlarni minimallashtirish hisobiga qo'yilgan kapitallar hisobiga foyda normasini oshirish hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimlari quyidagi elementlami o‘z ichiga oladi:
Mamlakat prezidenti yoki qonun chiqaruvchi organiga bevosita bo'ysinuvchi bosh revizor- auditor mahkamasi. Mazkur mahkamaning bosh maqsadi — davlat mablag‘lari jamlanishi va sarflanishi ustidan umumiy nazorat o‘tkazish hisoblanadi.
Davlatning soliqli daromadlarini shakllanishini nazorat qiluvchi prezidentga va hukumatga bo'ysinuvchi vakolatli organ.
Hisobot hujjatlarini to‘g‘riligi va moliyaviy operatsiyalami qonuniyligini tekshiruvchi tijorat asosida faoliyat yurituvchi nodavlat moliyaviy nazorati xizmati.
Asosiy vazifasi xarajatlarni kamaytirish, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani ko'paytirish hisoblanuvchi ichki nazorat xizmati.
Ma’muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida moliyaviy nazoratni tashkil qilish shakllari va maqsadli boshqaruvchi ma’muriyat manfaatlariga bo‘ysunar edi. Davlat nazorati global harakter kasb etib fiskal maqsadlarda amalga oshirilar edi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv tizimida boigani kabi nazorat tizimlarini huquqiy asoslari o'zgarmoqda. Bunday sharoitda nazorat vertikal tizimdan gorizontal ustqurtma asosida shakllantirilmoqda. Ammo har qanday ijitimoiy iqtisodiy tuzum sharoitida kam davlat nazorati saqlanib qolishi va umumiy nazorat tizimlari tarkibida o‘ziga xos salmoqqa ega bo'lishi muqanar hoi hisoblanadi.
Modomiki mulkchilikning aksionerlik va xususiy shakUari rivojlanar ekan, davlat nazoratchilarini faoliyati iqtisodiy tizimda o‘ziga xos tomonlari bo‘yicha o ringa ega bo‘ladi. Chunonchi, bozor iqtisodiyoti qiyinchiliklari nazorat usullarining samarasizligida каш o‘z aksini topadi. Davlat byudjetining taqchilligini qoplashga etishmasligi bilan bog‘liq moliyaviy muammolar faqatgina iqtisodiy usullar bilan emas ma’lum ma’muriy usullar bilan kam ma’lum darajada hal qilinadi. Bunda moliyaviy intizomga rioya qilmaslik, soliq to‘lovlari bo‘yicha qonunchilikni buzilish va bosh iqtisodiy korrupsiya uchun qattiq moliyaviy sanksiyalar joriy etish vositasida kam ma’lum darajada moliyaviy intizomni ta’minlash mumkin. Atnmo bu usul xususiy kapitalning ishbilarmon faolligini pasaytiradi.

  1. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish prinsiplari

Mamlakatlarning demokratik prinsiplarda rivojlanishi ijro etuvchi hokimiyatrganlarining muhammal nazorat o‘tkazishga va shunga muvofiq ravishda professonal nazorat xizmati sifatini o’stirishga ehtiyoj sezdiradi. Boshqa tomondan, bozor raqobatini kuchayishi korxonalar uchun maxsus investitsion banklar, konsultatsion firmalar yollash hisobiga ichki moliyaviy nazorat usullarini kuchaytirishga majbur qiiadi.
Jahon hamjamiyati ko‘p yillik tajribalari asosida davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishning asosiy prinsiplarini ishlab chiqdi.
Mazkur prinsiplar INTOSAJning LIMA deklaratsiyasida o‘z aksini topadi. Bungamustaqillik, obyektivlik, asoslilikvaoshkoralikkabi universal prinsiplar kiritiladi.
Nazoratning mustaqillik prinsipi nazorat qiluvchi organlarning moliyaviy, huquqiy mustaqilligini ta’minlanishini ko’zda tutadi. Obyektivlik va asoslilik prinsiplarida amaldagi qonunchilikka nazoratchilarning so’zsiz rioya qilishi, nazoratchilarning taftish ishlarini amalga oshirish andozalari bo'yicha ish faoliyatining yuqori professional darajalarda amalga oshirishi ko‘zda tutiladi.
Oshkoralik prinsipida davlat nazoratchilarini ijtimoiy vaommaviy axborot vositalari bilan doimiy aloqalarini ko‘zda tutiladi.
Mazkur asos prinsiplardan ko'proq amaliy harakter kasb etuvchi quyidagi prinsiplar ajralib chiqadi:
-natijaviylik;
-nazorat subyektlarini sotilmaslik prinsipi;
-axborotlaming asoslanganligi va isbotliligi;
-moliyaviy jinoyati bo’yicha gumon qilinayotgan shaxsning sudgacha aybsiz deb faraz qilinishi;
-turli nazorat organlarining o‘zaro kelishuvchanligi.
Davlatlar moliyaviy nazorat tizimlariga daxldor qonunlar qabul qilishda yuqoridagi prinsiplami hisobgaolishlari lozim.Har bir mamlakatdabo’lgani kabi O’zbekiston Respublikasida kam nazorat faoliyati bo’yicha qonunlar mavjuddir.
Davlat moliyaviy nazoratining asosiy usullari- kompleks taftish va mavzuii tekshirish hisoblanadi. Taftish va tekshirishni o'tkazish uslublari nazoratchilar oldidagi aniq vazifalarga bog’liqdir. Agar taftish moliyaviy operasiyalarni qonuniyligi, to‘g‘riligi va tegishli moliyaviy axborotlar ishonchliligini nazorat qilishni ko'zda tutsa, tekshirishning maqsadi moliyaviy resurslami rejalashtirish va foydalanish jarayonlarining barcha bosqichlarida ulami boshqarish sifatini nazorat qilish, amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalami samaradorligi va maqsadga muvofiqligini baholash hisoblanadi.
Moliyaviy nazoratning natijaviyligini 2 asosiy shart sharoiti mavjuddir:

  1. Nazoratning natijaviyligi nafaqat davlat nazoratchilarining professionally darajasiga va mustaqil auditorlarga bog‘Iiq balki, amalga oshiriladigan taftish va tekshirish ishlarining tartibiga bevosita bogiiqdir. Kompleks taftish o‘tkazishni uinumiy qabul qilingan tartibi nazorat organlarining quyidagi bosqichma bosqich faaliyatini o‘z ichiga oladi:

  • tovar material qiymatliklaming mavjudligi va saqlanganligini, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarimfabrikatlar, ofis va boshqa jihozlar, pul mablag‘lari va hisob kitoblami inventarizatsiya qilish;

  • hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini og'zaki tekshirish(hujjat rekvizitlarini to‘g‘ri va to'liq to‘Idirilganligi, hujjatlarni tekshirishda o'matilgan me’yorlar muvofiqligi, sifatsiz shakllantirilgan hujjatlarni aniqlash).

  • moliya-xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlarda to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish. Birlamchi yozuv bo'yicha taksirovka(yig‘ma miqdor ko'rsatkichlarni tekshirish) va kontirovka(buxgalteriya hisobi korrespondensiyalarini to‘g‘riligini tekshirish) amalga oshiriladi. Hisob registrlarida, qayta ishlov jadvallarda, jumal orierlarda, bosh daftarda va boshqalarda buxgalteriya yozuvlarini to‘g‘ri va to‘liq ak? ettirilganligi tekshiriladi;

  • hisob kitob ko'rsatkichlarini to‘g‘ri hisoblanishini tekshiriladi(ish haqi, so iqlar, amortizatsiya summalari, zaxiralar, kreditlar uchun foizlar va boshqalar);

  • mamlakat qonunchiligida ko‘rsatib o‘tilgan buxgalteriya, moliyaviy, soliq, statistik, sug'urta, kredit va boshqa hisobotlami shakllantirishning to‘g‘riligi tekshiriladi.

Nazoratning boshqa shaldlari masalan, hujjatli mavzuli tekshirish muvofiq ke'uvchi mahkama, firma ma’muriyati tomonidan aniqlanadigan tartibda amalga osairiladi(ichki nazorat amalga oshirilganda).

  1. Moliyaviy nazoratning natijaviyligi moliyaviy qoidabuzarlik uchun joriy qilingan jarimalarga bevosita bog'liqdir.

Jahon amaliyotida moliyaviy nazoratni 2 asosiy modeli mavjuddir.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish