Moliya mexanizmi- davlat tomonidan o'matilgan moliyaviy munosabatlarni tashkil qilishning usullari, shakllari va turlarining majmuasidir.
Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish darajasiga qarab direktiv va tartibga soluvchi moliya mexanizmi turlari amal qiladi.
Milliy mustaqillik yillarida moliya tizimini isloh qilish 3 bosqichda amalga oshirilgan bo'lib, mazkur bosqichlar pirovard natijalari asosida milliy moliya tizimi shakllantirildi.
Na/.orat va muhokama uchun savollar Siyosat nima?
Moliyaviy siyosat deganda nimani tushunasiz?
Moliyaviy siyosat qanday bo‘g‘inlami o‘z ichiga oladi?
Moliyaviy siyosat davlat iqtisodiy siyosati bilan qanday bog'langan?
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning qanday usullari mavjud?
Moliyaviy siyosat o'zining davriyligi va hal qiluvchi vazifalariga bog'liq nimalarga boiinadi?
Moliyaviy strategiya nima?
Moliyaviy taktika nima?
Soliq siyosatining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Moliya mexanizmi nima va uni moliyaviy siyosatni amalga oshirishdagi roli qanday?
Moliya mexanizmining tarkibiy qismlari nimalardan iborat va elementlarini tushintirib bering.
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi moliyaviy siyosatining asosiy yo'nalishlari nimalardan iborat?
Milliy mustaqillik yillarida davlat moliya tizimini rivojlanish bosqichlarini tushuntiring.
Asosiy adabiyotlar ro’ybati И.А. Каримов «Бизнинг бош мақсадимиз - жамиятни ;дсмократлаи1Тирнш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва иелоҳ этишдир». Ўзбекисгон республикаси Президентининг Олий мажлис Қоиунчилик палатаси ва Сснатинннг қушма мажлнсидаги маърузаси. Халқ сўзи. Тошкент 2005 йил, 29 январ. 20 сон.
1\учқаров Ж. ва бошқалар. Давлат молнясн тизими. Норматив- ҳуқуқнй ҳужжатлар туилами. 1,2,3-жилдлар. - Т.: «Узбекистон» 2002.
А.Бекмуродов ва бошқалар. Ўзбекистои иқтисодиётии лпбераллаштиршн йилларида. 1,2,3,4,5-қисмлар. Академик С. С. Ғуломов тачрири остнда. - Т.: ТДИУ, 2005.
В.Ковалева Финансы^ Учебник. - М.: Проспект, 2004.
VBOB
MOUYANI BOSHQARISH
Boshqarish to‘g‘risida uraumiy tushuucha
Boshqarish~ aniq natijalarga erishish uchun obyektga maqsadli yo‘naltirilgan holda ta’sir qilishning shakllari va usullari yig'indisidir. Boshqarish inson faoliyatining barcha sohalariga xosdir. Shuningdek, boshqarishning muhim sohalaridan bin moliyaviy faoiiyatni boshqarish hisoblanadi.
Keng ma’noda har qanday biznesni tashkil qilish, boshqarishning har qanday shaklini o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy iqtisodiy tizimning izohi o‘zida boshqarishladigan tizim elementlariga boshqaruvchi tizim elementlarini maqsadli yo‘naltirilgan, tizimii va uzluksiz ta’sir etish jarayonidir.
Moliyaviy boshqarishda har qanday boshqarish tizim kabi boshqarishning obyekti va subyektlari ajratiladi. Boshqarish obyekti sifatida turli markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish va foydalanish jarayonidagi moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi. Moliyaviy munosabatlami tasniflanishi bo'yicha boshqarish obyektlari 2 asosiy turga ajratiladi: davlat moliyasini boshqarish va xo'jalik subyektlari moliyasini boshqarish. Shunga muvofiq ravishda boshqarish subyektlari sifatida: korxonalaming moliyaviy xizmat tizimi va moliyaviy oiganlar, soliq organlari kiritiladi.
Moliyaviy boshqaruvni amalga oshintvchi barcha tashkiliy strukturalar majmuasi moliyaviy apparat deb ataladi. Moliyaviy boshqaruv quyidagi funksional elementlardan tashkil topadi: -Rejalashtirish- har qanday subyekt rejalashtirish jarayonida o'zining moliyavaiy holatini baholaydi va moliyaviy resurslami ko'paytirish imkoniyatlarini shakllatirish imkoniyatlarini aniqlaydi. Rejalashtirish jarayonidagi boshqaruv qarorlari moliyaviy axborotlar tahlili asosida qabul qilinadi.
-Operativ boshqarish- moliyaviy resurslami qayta taqsimlash yordamida xarajatlami minimumida maksimal samatlantiruvchi ko‘pni ko’zlovchi hamda operativ tahlil asosida ishlab chiqiladigan tadbirlar kompleksini o'zida aks ettiradi.
-Nazorat- boshqarish elementi sifatida rejalashtirish va operativ boshqarish jarayonida amalga oshiriladi. Uning yordamida rejalashtirilgan moliyaviy resurslardan foydalanishni haqiqiy natijalarini solishtirish va qo’shimcha moliyaviy imkoniyatlami aniqlanadi.
Moliyaviy boshqarishda strategik va operativ boshqarish bir biridan farq qiladi. Strategik boshqarish maqsadli dasturlami realizatsiya qilishda moliyaviy resurslar hajmini aniqlash, istiqboldagi moliyaviy bashorat qilish orqali moliyaviy resurslami aniqlashni o'zida aks ettiradi.
Strategik boshqarish 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Operativ boshqarish moliya tizimi apparatining bosh vazifasi hisoblanib: Moliya vazirligi va uning quyi organlari, Davlat soliq qo'mitasi va uning quyi organlari, Davlat bojxona qo'mitasi va uning quyi organlari, Markaziy bank va tijorat banklari, korxonalaming moliyaviy xizmat tizimlari kiritiladi.