oliyaviy menejment korxonalar moliyaviy faoliyatida moliyaviy resurslardan foydalanish va ulardan foydalanishning samarali yo'nalishlarini tanlab olishni o‘z ichiga olib, bu jarayon tahlil, rejalashtirish, boshqaruv, moliyaviy qaror qabul qilish jarayoni bilan bog'liqdir. Buni quyidagi chizma orqali ko‘rib o‘tishiiniz mumkin.
Yuqoridagi moliyaviy menejmentning kompleks vazifalari iqtisodiy faoliyatning moliyaviy natijalarini mohiyati nuqtai nazardan baholash elementlarini o‘z ichiga oladi. Chunonchi mahsulot realizatsiyasi natijasida olingan tushum tarkibida foydaning salmog‘i, korxonaning mavjud aktivlari tarkibida ishchan aktivlaming salmog‘i ya’ni aylanma va asosiy kapitallarning salmog'i va boshqa tizimli baholash asosida moliyaviy boshqaruv mexanizmini tashkil qilish moliyaviy menejmentning kompleks vazifalari qatoriga kiradi.
Boshqaruvning moliyaviy mexanizmini amal qilishi moliyaviy ko‘rsatkichlar va jarayonlar haqidagi analitik, rejali axborotlami shakllantirish, o‘rganish va tartibga solish bilan uzviy ravishda bog'liq boiadi. Aksariyat hollarda moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy tahlil korxonada amalga oshirilayotgan moliyaviy ishlaming mustaqil sohalari ham hisoblanadi. Joriy va operativ moliyaviy ishlar esa o‘z navbatida rejalashtirish va tahlilga asoslanadi.
Shuni aholida ta’kidlaymizki tahlil bloki uzluksiz ravishda axborotlami yig‘ish, hLsobini yuritish va umumlashtirishni o‘z ichiga oladi. Rejalashtirish blokida esa har qanday biznes rejaning oxixgi xulosasi tayyorlanadi.
Moliyaviy menejmentning vazifalari, tamoyillarini aniqlab beruvchi moliyaviy boshqamvning o‘ziga xos 3 jihatlarini mavjud:
Moliyaviy menejment uchun moliyaviy- huquqiy shart sharoitlar yaratib beruvchi tashkiliy jihatlar;
Boshqaruv qanorlarining mezonlari sifatida oxirgi foyda va rentabellik moliyaviy ko‘rsatkichlarini tanlab olish;
Daromadlari va xarajatlar balansi orqali har qanday iqtisodiy faoliyat samaradorligini doimiy nazorati.
Yuqoridagi moliyaviy menejmentning 3 asosiy jihatlariga asoslangan holda shuni ta’kidlash lozimki, moliyaviy menejmentning samarali faoliyati awalo boshqaruv qarorlari uchun zaruriy axborotlar bilan ta’minlanishiga asoslanadi.
Iqtisodiy subyektlar kapitallari tarkibini shakllantirish, mavjud moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish va daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonining kompleks boshqaruv tizimini o‘z ichiga oluvchi moliyaviy menejment tizimi hozirgi kunda muhim iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Boshqarish tizimida boshqaradigan tizimlar va boshqariladigan tizimlar o‘ziga xos rol o'ynaydi. Boshqariladigan tizimlar o‘ziga xos obyektlarga ega bo‘lib bunday obyektlar sifatila korxonalarning aktivlari va passivlarini ко‘rib o‘tiladi.
Moliyaviy boshqaruv tizimining umumiy tarzda tizimlashtiradigan bo'lsak quyidagi shaklga ega bo'ladi:
umumiy moliyaviy tahlil va rejalashtirish;
korxonalami moliyaviy resurslar bilan ta’minlash(korxonaning moliyaviy manbalarini boshqarish);
moliyaviy resurslami taqsimlash(investitsion siyosat va aktivlami boshqarish).
Moliyaviy boshqarish faoliyatining bunday sohasiga ajratilishining mantiqi korxonaning muhliy va moliyaviy holatini aks ettiruvchi hisobot shakllarining asosi sifatida buxgalteriya balansi hisoblanadi.
Ishbilarmon faollik asosi- korxonaning iqtisodiy potensialini o‘sib borishi hisoblanadi. Qandaydir investitsion loyihalarga kapital jamg'arish vositasida tadbirkor aniq davr mobaynida avanslangan kapitalni qaytarib olishni balki ko'zlarigan foydani olishni ko‘zda tutishi lozim. Bunday foydani baholash ya’ni mazkur loyiha foydalimi yoki yo‘qmi?- degan dilemmani yechish investitsiyalardan kelgusi tushumlami bashorat qilishga asoslanadi.
Moliyaviy rejalashtirish — boshqarish tizimining muhim dementi sifatida
'Moliyani boshqarishning funksional elementlari ichida asosiy o'rinni rejalashtirish tashkil qiladi.
Moliyaviy rejalashtirishning obyekti bo‘lib xo‘jalik subyektlari va davlatning moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Har bir xo'jalik subyekti moliyaviy rejasini tuzadi, ya’ni bu alohida muassasaning smeta xarajatlaridan tortib to davlatning yig’ma moliyaviy balansigacha qamrab oladigan muhim jarayondir. t Rejalashtirish, bir qator o'zining xususiyatli jihatlariga ega bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi: a) ma’lum tartibga solingan jarayonligi, b) axborotlami qayta ishlash bilan bog‘liqligi, v) aniq belgilangan maqsadga yo’naltirilganligi, g) vaqtinchalik harakteiga egaligi.
I Rejalashtirish deganda- miqdoriy va sifat tavsifidagi maium bir maqsadlami o‘matish va unga erishishning samarali yo'lini aniqlash jarayonidir. Moliyaviy reja moliyaviy rejalashtirishning natijasidirj
Moliyaviy rejalashtirish- moliyaviy resurslar va pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni rejalashtirishdir.
Moliyaviy reja- davlat, xo’jalik subyektlari daromad va xarajatlarini bog'Iovchi, oldindan qo'yilgan moliyaviy maqsadlarga erishish usullarini tavsiflovchi hujjatdir. Moliyaviy rejalashtirish jarayonida korxonaning moliyaviy maqsadlari aniqlanadi, korxonaning joriy moliyaviy holatiga o‘matilgan maqsadlaming muvofiq kelish darajasi o‘iganiladi, o‘matilgan maqsadlarga erishishga yo‘nakirilgan faoliyat ketma ketligi shaidlantiriladi.
I Umuman olganda moliya tizimining barcha soha va bo‘g‘inlarida, faoliyatidan kelib chiqib, moliyaviy rejalar tuziladi. Masalan: tijorat asosida faoliyat ko'rsatadigan xo'jalik subyektlari daromadlar va xarajatlar balansi, byudjetdan moliyalashtiiiladigan notijorat tashkilotlarida xarajatlar smetasi tuziladi./
Moliyaviy rejalashtirishning aniq vazifalarini moliya siyosati aniqlab beradi. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi: rejali topshiriqlami bajarish uchun zarur boigan moliyaviy resurslar miqdori va ulaming manbalari; xarajatlami iqtisod qilish va daromad zahiralarini oshirishni aniqlash; markazlashgan va markazlashmagan fondlar o'rtasidagi taqsimlashning optimal yo'llarini qidirib topish va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti moliyaviy rejalashtirishni rad etmaydi. Ammo, bozor munosabatlari rejali iqtisodiyotga qaraganda rejalashtirishni egiluvchan, ya’ni davr talabiga moslab o'zgartirib boradi.
Boshqarishning mohiyatini shakllantiruvchi qator yondashuvlarbizga ma’lum bo‘lib boshqarish tizimi elementlari sifatida rejalashtirish, operativ boshqarish va nazorat tizimlarini yuqorida ko'rib o'tdik. Masalan, P. Durker boshqarishning umumiy funksiyalari ketma ketligini: rejalashtirish, nazorat, tashkil qilish, kommunikatsiya, motivatsiya kabi elementlarini keltiradi.
Moliyaviy rejalashtirish bir nechta uslublarga tayangan holda amalga oshiriladi. Shulardan asosiylari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Ekstrapolyatsiya usuli;