Xa. Qurbonoy, M. J. Bauetdinov


'4.5. MiUiy mustaqillik yillarida davlat moliya tizimini rivojlanlsh bosqichlari



Download 0,78 Mb.
bet21/69
Sana21.04.2022
Hajmi0,78 Mb.
#569735
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69
Bog'liq
moliya0

,^'4.5. MiUiy mustaqillik yillarida davlat moliya tizimini rivojlanlsh bosqichlari
Ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlaming pirovard maqsadini belgilab olish hozirgi iqtisodiyotni isloh qilish strategiyasining boshlang'ich nuqtasi boiib xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning o‘zbek modelining jahon iqtisodiy va moliyaviy hamjamiyati tomonidan so'zsiz tan olinishining asosiy sabablari mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan yutuqlaming zamirida yotadi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar va moliya tizimini isloh qilish 3 asosiy bosqichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqich mustaqillikka erishganimizdan boshlab 1994 yilgacha bo‘lgan davmi o‘z ichiga qamrab olib, milliy davlat moliyasi tizimining shakllanish davri bo‘lib hisoblanadi. Bu bosqich milliy daromadning katta qismini davlat byujetida mujassamlashtirilib, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashdagi у
etakchi o‘mi bilan tavsiflanadi.
Bu davrda soliq va byudjet siyosati milliy iqtisodiyot poydevorini shakllantirishga, ishlab chiqarishning yangi tarmoqlarini rivojlantirishga va samarali ijtimoiy himoya tizimini yaratishga qaratilgan edi. Ayniqsa, o‘sha paytda Rossiyada o‘tkazilayotgan “sholc terapiyasi' siyosati sababli ijtimoiy zarur tovarlarning narxi keskin oshib ketganligi oqibatlarining oldini olish tadbirlari byudjet siyosatining eng dolzarb masalalaridan bin bo‘lgan edi. Jumladan un, shakar, go'sht, sut, choy, guruch va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik bo'lgan tovarlar uchun Davlat byudjetidan katta miqdordagi dotatsiyalaming ajratilishi bilan iste’mol narxlarining keskin oshishining oldi olindi, aholining yordamga muhtoj qatlamlarining ehtiyojlari qondirildi va jamiyatda ijtimoiy barqarorlik va ahillik saqlab qolindi.
Ikkinchi bosqich 1994-1999 yillami o‘z ichiga olib, soliq va byudjet tizimining barqarorlashuvi va tarkibiy jihatdan rivojlanishi, hamda byudjet ijrosining xalqaro andozalarga o‘tilganligi bilan tavsiflanadi. Bunda byudjet ijrosining milliy valyuta- so‘mda amalga oshirilishi va Soliq kodeksining (1998) qabul qilinishi natijasida davlat moliyasi tizimi mohiyati jihatdan yangi mazmun va shaklga ega bo'ldi.
Soliq siyosatining fundamental masalalari bo'lgan sohq turlari va stavkalari, umumdavlat va mahalliy soliqlar klassiflkatsiyasi, soliqqa tortish uslubiyatining asoslari va boshqa umumiqtisodiy masalalar Soliq kodeksida aniq va ravshan belgilab berildi. Natijada 0‘zbekiston Respublikasi xalqaro ekspertlar chig‘irig‘idan o‘tgan zamonaviy soliq siyosatining barqaror huquqiy poydevoriga ega bo'ldi.
0‘z navbatida Soliq kodeksida milliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar uchun bir qator imtiyozlar belgilab berildi. Bu imtiyozlar quyidagi maqsadlarga qaratildi:

  • ichki bozorda iste’mol mollari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;

  • eksportbop mahsulot ishlab chiqarovchilarni qo‘Ilab-quwatlash;

  • qo'shilgan qiymat solig'idan ozod etish va yagona yer soliqini joriy qilish orqali qishloq xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi alohida o'mini ta’minlash;

  • soliq tizimi orqali kichik va o‘rta tadbirkorlikni rag‘batlantirish;

  • xorijiy sarmoyalami jalb qilish uchun qulay moliyaviy shart-sharoit yaratish va boshqalar.

Davlat byudjetining xarajatlari nuqtai nazaridan qarasak davlat byudjetining tarkibi takomillashtirildi, xarajatlaming ijtimoiy yo'nalganligi kuchaydi, ko‘plab turdagi xarajatlarni dasturlar asosida moliyalashtirishga o'tildi, mahalliy byudjetlarning roli yildan yilga ortib bormoqda va byudjet taqchilligini moliyalashtirishning noinflyatsion uslublari amalga tadbiq etilib yillar mobaynida ularhing salmog‘i ortib bordi.
Vchinchi bosqich. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlisning birinchi chaqiriq XIV sessiyasidagi va ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasidagi ma’ruzalarida belgilab berilgan jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarini erkinlashtirishga qaratilgan bosh strategiyasi davlat moliyasi rivojining uchinchi bosqichini boshlab berdi.
Shunga binoan, soliq va byudjet siyosatining istiqbol yo‘nalishlari deb quyidagilar belgilab olindi:

  • iqtisodiyotda davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik funksiyalarini qisqartirish;

  • inflyatsiyani bosqichma-bosqich kamaytirish va uni yiliga 5-8% gacha tushirish;

  • aholi daromadlarining uziuksiz oshishini ta’minlash;

  • aholini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash tadbirlarini izchan amalga oshirish;

  • sog‘lom va ilg‘or yosh avlodni tarbiyalash uchun tegishli shait-sharoitlar yaratish va boshqalar.

Shularga binoan, 2000 yilning o'zidayoq, soliq siyosatiga bit qator o'zgarishlar kiritildi. Xususan, yuridik shaxslar uchun foyda (daromad) soliqi stavkasi 33% dan 31% ga, aholi daromadlariga soliqning eng yuqori stavkasi 45 foizdan 40 foizgacha pasaytirildi.
Eksportga mahsulot chiqarishni rag'batlantirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalarining bevosita o‘z mahsulotini ekspoit qilishdan oladigan daromadlari foyda solig‘idan(kichik korxonalar yagona soliq bo‘yicha) ozod qilindi va boshqalar.
Bundan tashqari chet el sarmoyalarini jalb qilish, mahalliy xom-ashyodan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalarga solinadigan foyda (daromad) solig'iga nisbatan kamaytirish koeffitsienti joriy qilindi.
2000 yilda Davlat byudjeti xarajatlarining barqaror tarkibi asosan saqlab qolindi, ijtimoiy xarajatlaming ulushi yanada oshirildi, moliyalashtirish tartibi soddalashtirildi, hamda byudjet daromadlari va xarajatlari o'rtasidagi mutanosiblik mavofiqlashtirildi.
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli qarori bilan 2000 vildan boshlab byudjet tashkilotlarini mablag* bilan ta’minlash tartibining butunlay yangi tartibi joriy qilindi. Unga binoan byudjet tashkilotlarining mustaqilligi kengaytirildi, rahbarlaming mas’uliyati oshirildi, byudjetdan moliyalashtirish mexanizmi soddalashtirildi, byudjet tashkilotlari xodimlarini rag’batlantirish bo'yicha zaruriy erkinliklar belgilandi. Undan tashqari byudjet xarajatlarini moliyalashtirishda soddalashtirilgan xarajatlar tasnifi amalga tadbiq etildi, byudjet tashkiiotlariga byudjetdan tashqari mablag’lami jalb qilishda imtiyozlar berildi, byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg'armasini tuzishga ruxsat etildi, ulaming byudjetdan tashqari topgan daromadlari ikki yilgacha barcha turdagi soliqlardan ozod qilindi.
Moliyalashtirishning yangi tartibiga o’tishning birlamchi yakunlari bo’yicha shuni aytish mumkinki, berilgan imtiyoz va huquqlar byudjet tashkilotlarining qo'shintcha daromad manbalarini topish va byudjet mablag’laridan oqilona va tejamli foydalanish yuzasidan manfaatdorligini keskin oshirdi, hamda kreditor qarzlarning sezilarli kamayishiga olib keldi.
0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil avgust oyidagi sessiyasida “Byudjet tizimi to‘g‘risidagi qonun loyihasi birinchi o'qishda qabul qilindi va matbuotda umumxalq muhokamasi uchun chop etildi. Qonun loyihasi bir necha yillar davomida nufuzli xorijiy va mahaliy ekspertlar ishtirokida yaratildi va xalqaro andozalarga mos kelishi bilan ajralib turadi. Mazkur qonun 2000 yil 14 dekabrda Oliy majlisning navbatdagi sessiyasida tasdiqlandi va byudjet tizimining yangi modeliga o‘tildi.
0‘z navbatida qonunning kuchga kiritilishi milliy byudjet tizimi rivojining burilish nuqtasi bo'lib, byudjet jarayonining barcha bosqichlarining qonuniy- me’yoriy jihatdan keskin rivojlanishiga asos bo'ldi.
Qisqacha xulosalar
Siyosat—boshqarish san’ati sifatida, turli ijtimoiy guruhiaming davlat hokimiyatiga munosabatlarining ifodasidir.
Moliyaviy siyosat- davlatning o'ziga tegishli funksiyalarini bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bo‘yicha davlat tadbirlarining majmuasidir.
Moliya mexanizmi- davlat tomonidan o'matilgan moliyaviy munosabatlarni tashkil qilishning usullari, shakllari va turlarming majmuasidir.
Moliyaviy siyosatning 3 asosiy ko'rinishlari mayjuddir:
-KJassik;
-tartibga soluvchi;
-rejali direktiv.
Moliya siyosatini amalga oshirish va uni hayotga unumli tadbiq etish uchun moliya mexanizmi ishlatiladi. U o‘z navbatida jamiyat tomonidan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash uchun ishlatilayotgan moliyaviy munosabatlarni yig‘indisidan tashkil topadi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish