Xa. Qurbonoy, M. J. Bauetdinov


Moliyaviy raenejment- bozor sharoitida samarali boshqaruv tizimining oraili sifatida



Download 0,78 Mb.
bet23/69
Sana21.04.2022
Hajmi0,78 Mb.
#569735
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Bog'liq
moliya0

Moliyaviy raenejment- bozor sharoitida samarali boshqaruv tizimining oraili sifatida

Boshqaruvning bozor shart- sharoitlari, 0‘zbekiston iqtisodiy istiqbollari va mentaliteti uchun xususiyatli hisoblanuvchi boshqaruv tizimini shakllantirishni, mamlaktimizda shakllantirilayotgan bozor iqtisodiyoti aholi uchun real iqtisodiy erkinlik mavjud bo‘lishini nazarda tutadi. Menejment korxonalar boshqaruvining samarali tizimi sifatida bunday imkoniyatlarga egaligini tasdiqlaydi.
XX asrning 2 yarimi jahon xo'jaligida rcvolyutsion ham evolyutsion burilish davri bo‘ldi. Natijada ilmiy texnik taraqqiyotning keskin avj olishi va jahon xo‘jaligi tovar ishlab chiqarish suratining keskin o‘sishi barcha sohalarda boMganidek boshqaruvning ilmiy konsepsiyalarmi ham taraqqiy etishiga olib keldi. Natijada zamonaviy moliyaviy menejment konsepsiyasi mustaqil shakllana boshladiki, uning asosiy muammosi sifatida xo'jalik subyektlari moliyaviy munosabatlari, pul mablag‘larini aylanishining ichki va tashqi omillarini ta’siriga asoslangan holda samarali tashkil etish masalalarini o‘z ichiga ola boshladi.
0‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari, korxonalari tashqi muhitini o‘rganish (tadibrkorlik faoliyatining tashkiliy- huquqiy asoslari, tovarlar, xizmatlar, moliyaviy bozorlar, baholami shakllantirish tizimlari, buxgalteriya hisobi tizimlari) va ularning asosiy faoliyat sohalarini o'rganish tahlili(marketing tadqiqotlari, moliyaviy menejment, ishlab chiqarish, sotish jarayonlari, buxgalteriya hisobi va personallami boshqarish) shuni ko'rsatadiki, ba’zi korxonalar imkoniyat darajasida bunday tashqi muhit o‘zgarishlari natijasidagi noan’anaviy yangi muammolami an’anaviy usullar vositasida o‘ziga xos faoliyat sohalarini moslashtirishga harakat qiladilar.
Shuning uchun zamonaviy shart sharoitlarda ayrim korxonalar oldida asosiy vazifa sifatida tashqi muhit o'zgarishlariga o‘z faoliyat sohalarini tezlik bilan moslashtira olish va vujudga kelgan muammolami osonlik bilan o‘z foydasi hisobiga hal etish masalasi yuzaga keladi. Xuddi shuningdek har qanday kotxonaning asosiy faoliyat sohalaridan bill moliyaviy menejment hisoblanadi. Moliyaviy menejment - korxonalarda moliyaviy resurslar va kapitallami boshqarish hisoblanadi.
Moliyaviy menejmentning faoliyat turi sifatida 2 ta yirik sohani ko‘rish mumkin:

  • korxona rahbariyati tomonidan qarorlar asosida moliyaviy resurslar va kapitallami boshqarishni o‘z ichiga oluvchi ichki xo‘jalik faoliyati;

  • korxona va boshqa xo‘jalik subyektlari o'rtasidagi moliyaviy munosabatlami o‘matish jarayonidagi amalga oshiriladigan moliyaviy resurslar va kapitallami boshqarishning tashqi jarayoni.

Boshqaruv tizimi boshqarilayotgan obyektlarga zaruriy ta’sirini ta’minlaydi. Boshqaruv faoliyati odatda tashkilotning ma’sul shaxslari o'rtasida va maxsus bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanadi. Boshqaruv tizimi bo‘g‘inlari chiziqli, funksinal, chiziqli - funksional, funksional- chiziqli va boshqa turli kombinatsiyalarda bo'lishi mumkin.
Moliyaviy menejment — korxonalar boshqaruvining umutniy maqsadlariga erishishga yo‘naltirish uchun amal qiladigan tizimdir. Rossiyalik iqtisodchi L.Pavlovaning takidlashicha, “moliyaviy menejment bir tomondan aniq qonuniyatlar va ahamiyatga ega bulgan boshqariluvchi tizim, ikkinchi tomondan esa - korxona umumiy boshqaruv tizimining bir qismi bo‘lgan boshqaruvchi tizimdir’ deb takidlaydi. Bunda boshqariladigan tizim hisoblanuvchi moliyaviy menejment sezilarli ravishda davlatning soliqlar, baho, ish haqi va boshqa dastaklari vositasidagi ta’sir etish sohasi nazarda tutiladi. Boshqariluvchi tizim sifatida esa moliyaviy menejment boshqaruv qarorlari oqimlarga ta’sir etuvchi boshqaruv obyekti hisoblanishini nazarda tutiladi.
Albatta moliyaviy menejment davlatning eski moliya-kredit mexanizmi vositasidagi ma’muriy boshqaruv mexanizmini aks ettirmaydi, chunki moliyaviy menejment iqtisodiy erkinlikka asoslangan iqtisodiy tizim sharoitida faoliyat yurituvchi xo’jalik subyektlari o‘zaro ichki manfaatlariga asoslangan holdagi boshqaruv tizimi eski boshqaruv tizimi kamchiliklarini bartaraf etish imkoniyatiga egadir. Masalan, Iqtisodchi Birman A.M.ning fikricha “Keyingi 10 yillikning asosiy kamchiligi, rejalashtirish, rag’batlantirish va boshqarish tizimidagi kamchiliklar hisoblanib, boshqaruvning amaldagi holati korxonalar o‘zlarining zaxiralarini yashirishga, rejani bajarish imkoniyatiga ega bo’lish va tegishli moddiy mukofotlami olish uchun tashabbusni ushlab turishga harakat qilganlar’. Muallifning bu fikrida iqtisodiyotni samarali boshqarishning asosiy dastagi sifatida moliya muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi. Moliyaviy boshqaruvning zamonaviy tizimi hisoblangan moliyaviy menejmentning asosiy maqsadi iqtisodiy subyektlar o’rtasida o‘zaro ijtimoiy adolatlilik tamoyillari asosida iqtisodiy manfaatlar taqsimotiga erishish hisoblanadi.
Moliyaviy menejmentning muhim ushibiy asosi sifatida uni tashkil qilishning umumiy tamoyillarini aniqlab olish hisoblanadi. Bu o‘z navbatida moliyaviy menejment harakat faoliyatmi aniqlab olish uchun, uni amal qilishini umumiy mezonlarini aniqlab olish uchun zarur hisoblanadi. Shuni hisobga olish kerakki moliyaviy menejment korxonalar ichki doirasida emas, balki doimiy ravishda byudjet, byudjetdan tashqari fondlar, banklar va boshqa kreditorlar, moliya kredit muassalalari, institutsional investorlaming o’zaro munosabatlarida ham aks etadi.
Ayrim hollarda, moliyaviy menejment, rejalashtirish, rag’batlantirish, alohida elementlarning o’zaro muvofiqligi, variativligi, maqsadli yo’naltirilganligi kabilami o’z ichiga oluvchi boshqaruvni tashkil qilishning umumiy tamoyillari bilan ham bir ta’sir doirasida bo’ladi. Albatta biz ta’kidlaganimizdek, moliyaviy menejment tizimining shakllanishi xo’jalik subyektlarining iqtisodiy mustaqilligi ya’ni tadbirkorlik faoliyatining keng imkoniyatlarini shakllanishi bilan belgilanadi. Bunda, byudjet bilan o’zaro soliqli munosabatlar tizimini shakllanishi, korxonalar asosiy va aylanma mablag’lami shakllantirishda kredit va investitsion usullaming shakllanishi, bozor mexanizmlari asosida korxonalar iqtisodiy faoliyatidagi turli xatarlar bo’yicha mas’uliyat, foydani taqsimlash imkoniyatini korxonalar ixtiyoriga o’tishi va boshqa omillar hisoblanadi. Shuning uchun ham moliyaviy menejment kontsepsiyasini o’rganishning asosi- tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi deb ta’kidlashimiz mumkin.
Tadbirkorlik- mulkdan foydalanish, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish natijasida tizimli foyda olishga yo’naltirilgan mustaqil, xatar bilan bog’liq faoliyatdir. Moliyaviy menejment bilan xo’jalik yuritishga samarali ta’sir etuvchi moliyaviy jarayonlar o’zaro bog’Iiq.
M
5.1- chizma



Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish