Foyda korxonalar tadbirkorlik faoliyatining pirovard moliyaviy natijasi hisoblanadi.
Foyda- kapital va ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib aql-idrok bilan ish yuritib, xatarli ishga tavakkal qo‘l Urganligi uchun tegadigan moliyaviy mablag* liisoblanadi.
Foydaga 3 fimksiya xosdir
foyda iqtisodiy ko'rsatkich bo‘lib, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalarini ko‘r:.atib turadi;
foydaning manfaatdorlik funksiyasi taqsimoti va unda foydalaniladi va namoyon bo'ladi;
foyda korxonalaming moliyaviy resurslarini manbaini, mahalliy va davlat byudjetlarining daromad qismlarini manbalarini shakllantirishning asosidir.
Korxonalar foydaning hajmiga obyektiv harakterdagi ishlab chiqarish jarayoniga bog'liq omillar va xo'jalik faoliyatiga bog'liq bo'lmagan obyektiv omillar ta’sir qilishi mumkin. Obyektiv omillarga: iste’mol qilinayotgan material va quwat beruvchi resurslaming baho darajasi, amortizatsiya ajratmasining me’yoriy bozor konyukturasi kiradi.
lntensiv omillar moliyaviy sogiomlashtirish, samarli soliq tizimini tashkil qilish hisobiga korxonalar o‘z foydalarini ko‘paytirib beradi.
1'oyda turli iste’molning iqtisodiy mazmuniga qarab mohyalashtirishning asosiy manb.ii hisoblanadi. Foydaning taqsimoti jarayonida davlat organlari orqali jamiyatning manfaati, xo‘jalik subyektining manfaati, ayrim ishchi xizmatlarining manfaati alohida- alohida hisobga olinadi. Taqsimotning obyekti yalpi foyda hisoblanadi. Qonunchilik asosida yalpi foydaning bir qismi soliqli va soliqsiz majburiy to'lovlar sifatida davlat byudjetiga, mahalliy byudjetga kelib tushishi ta’minlanadi.
Hissadorlik jamiyatlarida foydani soliqqa tortishda zahira jamg'armalalarini shakllantirish tartibi e’tiboiga olinadi.
Foydaning taqsimoti quyidagi tamoyillardan kelib chiqadi:
-birinchi navbatda byudjet oldidagi moliyaviy majburiyatlar bajariladi;
-turli mulkchilik shakllaridagi foydaning qolgan qismi iqtisodiy asoslangan nisbatlarda jamg‘armalaiga va iste’molga bo'linadi.
Jamg'arish bilan iste’mol o’rtasidagi nisbatni aniqlashda ishlab chiqarish fondlarining va yetishtirilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshlik holati hisobiga olinadi.
Foyda tadbirkorlik faoliyati oxirgi moliyaviy natijalari sifatida daromadlaming umumiy summasidan xarajatlaming umumiy summasini chegirib tashlangandan so‘ng kolgan moliyaviy natijani uzida aks ettiradi. Shuningdek foyda bir qancha komponentlar o‘zaro harakati natijalari asosida shakllantiriladi.
O Mahsulot realizatsiyasidan sof tushum
Asosiy iaoliyatitmg foydasi
Moliyaviy faoiiyatdan olingan
daromadiar
'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi №54 — sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to‘g‘risida NlZOM»da xo'jalik subyektlarida mahsulot realizatsiyasidan tushum va uni xarajat elementlari bo'yicha taqsimlanish mexanizmi keltirib o‘tilgan.
Quyidagi chizma asosida tadbirkorlik faoliyati natijasida olingan foydani shakllanish mexanizmini ko'rib o'tamiz.