Xa. Qurbonoy, M. J. Bauetdinov


Jamg'armaiar + Soliqtar - Investitsiyalar +Davlat xarajatlari



Download 0,78 Mb.
bet34/69
Sana21.04.2022
Hajmi0,78 Mb.
#569735
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69
Bog'liq
moliya0

Jamg'armaiar + Soliqtar - Investitsiyalar +Davlat xarajatlari;
Shuningdek, J. Keyns monopoliyalashgan iqtisodiyot sharoitida iqtisodiyotni tartibga solishga yo'naltirilgan davlat moliyasining prinsipial yangi bo'lgan nazariyasini ishlab chiqdi.
Keynsning izdoshlari 60-yiJlarda uning nazariyasiga qo'shimcha dinamik element hisoblanuvchi, «iqtisodiy o'sish nazariyasi»ga asos soldilar. Neokeynschilik nazariyasi deb nomlanuvchi mazkur yo'nalishda ko'pgina mamlakatlarning iqtisodchilari (AQShda A. Xansen, S.Xarris, Buyuk Britaniyada R.Xarrod, A. Ilersik, Fransiyada F.Perru) tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy konsepsiya muhim o‘rin egallaydi. Ular fiskal antitsiklik nazariya g‘oyasini shaxllantirishni oxiriga yetkazdilar. Uning mohiyati davlat daromadlari va xarajatlarini balanslashtirilgan iqtisodiy o'sishni ta’minlash maqsadida o'zgartirishni ko‘zda tutadi. Ular «samarali talab»ga erishish usuli sifatida «kamomadli moliyalashtirish* g‘oyasida qattiq turib oldilar. Mazkur nazariyaning shakllanishi aksariyat davlatlar tomonidan vujudga keluvchi byudjet kamomadini obyektiv hoi sifatida tan olinishini anglatdi. Har qanday sog‘lom iqtisodiyotga ega bo'lgan mamlakatda ham ma’lum chegaralarda byudjet kamomadi mavjud bo'lishi iqtisodiyotni kasallagini anglatmasiigini isbotladilar. Ular davlat qarziarini o'sishini hisobga olmagan holda yirik davlat xarajatlarining zaruratlarini isbotladilar. Biroq, surunkali harakterdagi yirik byudjet kamomadi, Stokgolm maktabi deb nomlanuvchi (E. Lindal, G.Myural va boshqalar) iqtisodchi olimlaming byudjet muammosini yechishga qaratilgan yangi g‘oya uchun tnajbur qildi. Bu maktab «Siklik balanslashtirilgan byudjet» ya’ni daromad va xarajatlami iqtisodiy sikllaiga moslashtirish nazariyasini ilgari surdilar.
Neokeynschilaming asosiy talablari mamlakat iqtisodiyotini tartibga solish va rag'batlantirish uchun davlat byudjetidan faol foydalanish lozim deb hisoblaydilar.
Ammo shuni ta’kidlash joizki, 70-80 yillardagi iqtisodiy inqiroz sabablarini Keyns va uning izdoshlarini nazariyalari hal qilish imkoniyatlariga ega emas edi.
50 yillardan so'ng Neokeynschilik nazariyasi bilan biigalikda neoklassik nazariya jonlandiki ulaming g'oyalarida erkin tadbirkoriik va davlatning iqtisodni tartibga solishini cheklash g'oyalari yotar edi. Neoklassik maktab nazariyachilari (R.Slou, J.Kenrik, A.Robbins, J.Mid) davlatning iqtisodga aralashuv prinsipidaqolishi bilan birga ta’lim va fanga xarajatlar strukturasini saqlash yo‘li bilan bir vaqtning o'zida davlat xarajatlarini umumiy hajmini kamaytirish g'oyasini ilgari surdilar. Bunda ular «Inson kapitaliga investitsiyalar»ga alohida ahamiyat beiganlar. Bir vaqtning o‘zida soliq darajalarini qisqaitirishni kamomadsiz byudjetni ta’minlash talabi bilan taklif qildilar.
Amerikalik iqtisodchi ALafTeming soliq konsepsiyasi neoklassiklar orasida keng tanildi. Bunda yuqori soliq stavkalari iqtisodiy o'sish sur’atlarini cheklashini graftk model asosida isbotladi. Mazkur iqtisodchi tomonidan soliqqa toitish bo'yicha tavsiyalar hozirgi sharoitdagi aksariyat mamlakatlar soliq tizimida keng qo'llaniladi.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining zamonaviy neoklassik g'oyalari pul siyosatining ustivorligidan kelib chiqadi. Zamonaviy monetarizmning eng yirik namoyondalaridan bin Nobel mukofoti laureati M.Fridmen hisoblanadi. Uning nazaiiyasiga muvofiq davlatning aralashuvi pul sohasida cheklangan bolishi lozim deb ta’kilaydi. Monetar siyosat esa iqtisodiy faollik uchun qulay shart sharoit yaratadi deb ta’kidlaydi. Fridmenning fikricha, amerikadagi inflyatsiyaning asosiy sababi keynschilaming ekspansionistik moliyaviy va pul siyosati deb hisoblaydi. U hisoblaydiki AQShda muomaladagi pul massasining o‘sishi 3 sabab bilan belgilangan: hukumat xaiajatlarining tez o‘sishi, to’liq bandlik siyosatini amalga oshirish, Federal zaxira tizimini xato pul kredit siyosati. Uning fikricha pul siyosati unga nishatan talab va taklif muvofiqligini ta’minlashga yo'naltirilgan bolishi lozim. Umuman Fridmennig nazariyasi iqtisodiyotni davlat tomonidan taitibga solish mexanizmlarini susaytirish g'oyasini ilgari suradi.
Neoklassik maktabning rivojlanishiga qaramasdan keynschilik ta’limoti yangi iqtisodiy sharoitlaiga mos holda rivojlanib bormoqda. 1970 yillaidan postkeynschilik yo‘nalishi shakllandiki ulaming namoyondalari N.Kaldor, G.Shekl, X.Minskiy va boshqalardir. Postkeynschilik nazariyasining asosida moliyaviy mexanizm vositasida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kengaytirish g'oyasi yotadi. Moliyaviy siyosat bosh ahamiyatga ega bo'lishi lozimligini ta’kidlaydilar va rnonopoliya faoliyatini cheklashga, mudofaa xarajatlarini qisqartirishga yo'naltirilgan bo'lishi lozimligini ta’kidlaydilar. «Daromadlar siyosati*ga nisbatan ular ijtimoiy masalalami hal qilishga qaratilishi lozimligini e’tirof etadilar. N.Kaldorning soliqqa tortish tizimini soddalashtirish g’oyasi qator mamlakatlar soliq tizimida qo'Uanilmoqda.
XX asming oxirlaridagi iqtisodiy fan bozor iqtisodiyoti tizimi afzalligini sifatida tan olmoqda. Bu vaqtda moddiy ehtiyojlar cheklanmagan, resurslar esa cheklangan. Insoniyat o‘tgan asming oxirlarida resurs tanqisligini holatlariga duch kelishi, jamiyatdagi mavjud resurslardan oqilona foydalanish zaruratini tushunib etish lozimligiga duch kelmoqda.
Hozirgi sharoitdagi zamonaviy bozor iqtisodiyoti nazariyalari amerikalik iqtisodchi olimlar K.R. Makkonel va S.L. Bryularning ilmiy ishlarida o’zlarining mazmunini topgan. Ular taklifga qaratilgan fiskal siyosat yuigizish g'oyasini ilgari suradilar.
Qisqacha xulosalar
Davlat moliyasi - kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlanishi jarayonida davlat ixtiyoridagi markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog'liq pul munosabatlari tizimini o‘z ichiga oladi.
Unitar mamlakatlaida yaxlit davlat boshqaruvi tizimi shakllantirilgan bo'lib, davlat moliyasi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlami davlat boshqaruv darajasi nuqtai nazaridan 2 tuiga ya’ni markaziy moliya va Mahalliy moliyaga bo'linadi. 0‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasi yuqorida aytib o’tilgan sifat belgilariga ko‘ra ham 2 turga ya’ni markaziy moliya va mahalliy moliyaga bo‘linadi.
Davlat moliyasida markaziy o'rinni davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar tashkil qiladi. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar milliy daromadni taqsimlanish jarayonida shakllantiriladi.
Davlat moliyasi va davlat ning iqtisodiyotga aralashuvi masalalari keng iqtisodchi olimlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ular soliqlar va davlat xarajatlarining iqtisodiyotga ta’siri masalalarini turlicha baholaydilar.
Nazorat va muhokaraa uchan savollar

  1. Davlat moliyasi nima?

  2. Davlat moliyasi korxonalar moliyasidan qanday farq qiladi?

  3. Davlat moliyasining tashkil qilinishi nimalarga bog'liq?

  4. Davlat moliyasining asosiiy qanday bug‘inlari mavjud?

  5. Byudjet nima?

  6. Davlat byudjeti orqali davlat qanday vazifalarin bajaradi?

  7. Byudjetdan tashqari fondlaming tashkil qilinishi qanday omillaiga bog'liq?

  8. Davlat moliyasini nazariy asoslari va konsepsiyalari to‘g‘risida iqtisodchi olimlami fikrlari qanday?

  9. J. Keynsning davlat moliyasi haqidagi fikrlarini tushuntiring.

  10. M. Fridmenning davlat moliyasi haqidagi fikrlarini tushuntiring.

Asosiy adabiyotlar ro’yxati

  1. Каримов И.A. «Бизнинг бош мақсадимиз- жамиятин демократлаштнриш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир». Ўзбекнстон Республнкаси Президентининг Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва Сенатннннг қушма мажлисидаги маърузаси. Халқ сўзи. Тошкент 2005 йил, 29 январ. 20 сон.

  2. Қучқаров Ж. ва бошцалар. Давлат молнясн тизими. 11орматип-ҳукуцнй ҳужжатлар туплами. 1,2,3-жилдлар. - Т.: «Ўзбекистон» 2002.

  3. Ўзбекнстон ицтисодиётни либераллаштириш йилларида. 1,2,3,4,5- қисмлар. Академик С.С.Ғуломов таҳрири остида. - Т.: ТДИУ 2005.

  4. Ковалева В.. Финансы: Учебник. - М.: Проспект, 2004.

  5. Дробозина Л. Финансы. М: ЮНИТИ, 2003.

  6. Миляков Н.В. Финансы: Учебник. 2-е изд. - М.: ИНФРА-М, 2004.

  7. Хайдаров Н.. Молня: Ўқув қўлланма. - Т.:Академия. 2001.

Web saytlar

  1. www.mf.uz - O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi sayti;

  2. www.budgetrf.ru — Rossiya Federatsiyasi byudjet tizimi;

  3. www.google.ru - Rossiya Federatsiyasi qidiruv sayti;

  4. www.finansy.ru — «Финансы» jumalining sayti;

  5. www.glossary.ru — Iqtisodiy terminlar;

  1. BOB

DAVLAT BYUDJETI

  1. Davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni

Iqtisodiy kategoriya sifatida byudjet turli byudjet fondlarini shakllantirish, taqsimlash, foydalanish paytida yuzaga keluvchi va ro’yobga chiquvchi iqtisodiy inunosabatlardir.
Moddiy ma’noda davlat byudjeti-tegishli darajadagi davlat va mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldiga qo’yilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni bajarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan pul mablag’lari fondidan iboratdir. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlami byudjet hisobidan moliyaviy ta’minlash deganda byudjetning aynan ana shu moddiy ma’nosi ko’zda tutiladi.
Huquqiy kategoriya sifatida byudjet tegishli hudud doirasida markazlashtirilgan oul rnablag’Iarini shakllantirish, taqsimlash, foydalanishga qaratilgan va tegishli davlat yoki mahalliy hokimiyat idorasi tomonidan tasdiqlangan asosiy moliyaviy rcja, yuridik me’yorlardan iboratdir.
Byudjet asosiy moliyaviy reja sifatida quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:
-byudjet universal moliyaviy reja sifatida tegishli hududning iqtisodiy va ijtimoiy iaraqqiyotining barcha sohalari va yo‘nalishlarini to‘la qamrab oladi;
byudjet boshqa turdagi moliyaviy rejalarga nisbatan muvofiqlashtiruvchi vazifani bajaradi.
Hozirgi kunda davlat byudjetiga iqtisodchilar turli hildagi ta’riflarni bermoqdalar.
Masalan, Prof. V. Romanovskiy: byudjet- moliya tizimining markaziy bo‘g‘ini htsoblanadi. Shuning uchun moliya ning o’ziga xos sifat belgilarini o’zida aks ettiradi- deb ta’kidlaydi. Shuningdek, muallif «Moliya* va «Byudjet* kategoriyalariga quyidagicha ta’rif beradi “Moliya - markazlashtirilgan davlat pul fondlarini shakllantirish va foydalanish jarayonlaridagi imperativ pul munosabatlari tizimidir; Byudjet - byudjet fondini shakllantirish va undan foydalanish bilan bog’liq imperativ pul munosabatlari tizimidir’.
Snuningdek, muallifning fikriga ko'ra moliyadan o‘ziga xos xususiyati sifatida byudjet-jamiyat ehtiyojlarini keng doirada moliyalashtirish uchun moijallangan markazlashtirilgan pul fondidir- deb ta’kidlaydi.
Iqtisodchilar N.X.Jumaev va U.A.Burxanovlar: «Davlat byudjeti- umumjamiyat xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida tuziladigan, hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi tomonidan tasdiqlanadigan davlatning markazlashtirilgan pul fondidir*14-deb ta’rif berishadi.
Umuman mazkur ta’rif byudjetning mohiyatini o’zida to’liqroq namoyon qhgan.
Bizning fikrimizcha, har qanday moliyaviy munosabatlar ham imperativ harakterga ega bo’lavermaydi. Masalan, xo’jalik subyektlari takror ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qiymatni taqsimlanish jarayonidagi byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga soliqlar va boshqa majburiy to‘Iovlar vositasidagi ajratmalari imperativ harakterdagi moliyaviy munosabatlar hisoblanadi. Xo'jalik faoliyatining sof moliyaviy natijasi hisoblanuvchi sof foyda hisobiga shakllantiriladigan markazlashtirilmagan pul fondlari imperativ harakterga ega bo'lmaydi.
Davlat byudjetining iqtisodiy mohiyatini ochib berishda, uning iqtisodiyotimizda tutgan o'rnini Prezidentimiz, hurmatli I.A.Karimov «Iqtisodiyotni barqarorlashtirish — bozorni shakllantirish yo'lidagi qonuniy va muqarrar bosqichdir. Mana shu bosqichda quyidagilar eng muhim va birinchi navbatdagi choralar sifatida olga suriladi: Respublika byudjetidagi taqchillikni cheklashga va uni izchillik bilan kamaytirishga qaratilgan qattiq moliyaviy siyosatni o'tkazish, boshqaruv apparatini saqlash uchun davlat mablag'lari sarflashni, zarar ko'mvchi korxonalarga va boshqa nozarur maqsadlaiga dotatsiya ajratishni kamaytirishga qaratilgan yo‘l izchillik bilan o'tkaziladi, byudjet mablag'lari sira kechiktirib bo‘lmaydigan davlat ehtiyojlari va ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladi»’-1 - degan fikr bilan aniqlab bergan edi.
“Davlat byudjeti — davlat pul mablag* larining (shu jumladan davlat maqsadli jarngarrnalari mablag'larining) markazlashtirilgan jamg'armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar sarfi yo'nalishlari va miqdori nazarda tutiladi’.
Davlat byudjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar: maorif, sog‘liqni saqlash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni moddiy jihatdan qo'llab- quwatlash, tinchlik, chegaralar dahlsizligini saqlash va favqulodda holatlar uchun saqlanadigan davlat zahiralarining mavjud bo'lish zarurati tufayli kelib chiqadi Shuningdek, davlat byudjeti orqali jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo'ladi.
Demak, byudjet iqtisodiy icategoriya sifatida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimida markaziy bo‘g‘inda ishtirok etishi bilan aholining ma’lum qatlamini manfaatlarini o‘zida aks ettiradi. Bu tushunchada byudjet munosabatlari o'zida iqtisodiy rivojlanishning aniq falsafasi va maikurasini aks ettiradi.

  1. Byudjet tiziminuig mohiyati, moliya tizimi va davlat moliyasidagi oVni hainda vazifalari

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar moliyaviy-iqtisodiy nazariya, byudjet jarayoni va davlat byudjetining huquq va majburiyatlarini bajarilishini ijtimoiy-iqtisodiy yaratuvchanlik ruhida qayta ko'rib chiqishni talab etmoqda. Zero, Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek, «Iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlangan hamda moliyaviy barqarorlikka erishilgan islohotlarning hozirgi davrida davlat moliyasi va ayniqsa byudjet tizimi barqarorligini mustahkamlash muhim strategik vazifa hisoblanadi».
3I.Каримов И.A «Ўзбекжтон келажаги бунж давлат»Т: Ўзбскнстои 1998 й. 112 бст.
0‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi va 0‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq 0‘zbekiston respublikasining byudjet tizimi 2 darajadan iborat bo'lib:
-Respublika byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar;
~Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar.
0‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining tashkiliy strukturasini qo‘yidagi chizmada yaqqolroq namoyon bodadi:

  1. chizma

0‘zbekiston respublikasi byudjet tizimining tashkiliy chizmasi



О zbekiston Respublikasi byudjet tizimining o'ziga xos xususiyati shundaki, moliyaviy muassasalar byudjetni boshqarish tizimining yagona moliya organi sharoitida amal qiladi.


Har qaysi byudjetning bo'ginlari o‘ziga xos daromad vakolati va xarajat majburiyatlariga ega bo'lib ular bir butun byudjet vazifalarini bajarishga asoslanadi.
Keyingi yillarda davlat byudjeti tarkibida mahalliy byudjetlaming islohotlami amalga oshirishdagi ahamiyatini oshib borish tendentsiyasini ko‘zatishimiz mumkin.
Mahalliy byudjetlar davlat byudjeti tizimida asosiy o‘rinni egallaydi. Mahalliy byudjetlar 0‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining asosiy qismi sifatida o'zida 14 ta mustaqil byudjetni mujassamlashtiradi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy islohotlami amalga oshirish va uni chuqurlashtirishning strategik yo‘nalishi hisoblanuvchi iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida byudjet munosabatlarini keyingi rivojlantirish bo‘yicha tadbirlaming amaliyotda joriy qilish va amaldagi byudjet mexanizmidagi mavjud muammolar byudjet tizimini nazariy asoslarini chuqur o‘rganishni talab qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlisning birinchi chaqiriq XIV sessiyasidagi va ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasidagi ma’ruzalarida belgilab berilgan jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarini erkinlashtirishga qaratilgan bosh strategiyasi davlat moliyasi sifat jihatidan rivojining yangi davrini belgilab berdi.
Shunga binoan, byudjet-soliq siyosatining istiqbol yo‘nalishlari deb quyidagilar belgilab olindi:
-iqtisodiyotdagi davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik funksiyalarini qisqartirish;

  • inflyatsiyani bosqichma-bosqich kamaytirish va soliq og‘irligini iqtisodiyot sharoitidagi xalqaro darajasiga tushirish;

  • aholi daromadlarining uzluksiz oshishini ta’minlash;

  • aholini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash tadbirlarini izchil amalga oshirish;

  • sog‘lom va yosh avlodni taibiyalash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.

0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil avgust oyidagi sessiyasida “Byudjet tizimi to‘g‘risida’gi Qonun loyihasi birinchi o'qishda qabul qilindi va matbuotda umumxalq muhokamasi uchun chop etildi. Qonun loyihasi bir necha yillar davomida nufuzli xorijiy va mahaliy ekspertlar ishtirokida yaratildi va xalqaro andozalaxga mos kelishi bilan ajralib turadi.
0‘z navbatida konunning kuchga kiritilishi milliy byudjet tizimi rivojining burilish nuqtasi boiib, byudjet jarayonining barcha bosqichlarining qonuniy- me’yoriy jihatdan keskin rivojlanishiga asos boiib, 2001 yildan byudjet tizimining yangi modeliga o'tildi va byudjet amaliyotining sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tdi.

  1. 0‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari va uni ijrosining pirovard natijalari

Yuqoridagi islohotlaming asosiy yo'nalishlari bo'yicha davlat byudjeti daromadlari tarkibida o‘ziga xos ijobiy o'zgarishlar ro‘y berib, mazkur o‘zgarishlar amalga oshirilgan islohotlaming pirovard natijalari hisoblanadi.
Tahlil qilinayotgan 2000-2004 yillar mobaynida iqtisodiyotdagi soliq yukining pasayishi ko‘zatildi.
2004 yilga kelib, iqtisodiyotimizda soliq yukini kamaytirish, barqaror iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya darajasini yillik 3,7% gacha pasayishi, tadbirkorlikning rivojlanishi va so‘mning erkin ayirboshlanishi davlat byudjetining daromadlarini hajmi va tarkibiga o'zining ijobiy ta’sirini ko'rsatdi.
Davlat byudjeti mamlakatda yaratilgan milliy daromadni qayta taqsimlash vazifasini bajarar ekan, demak davlat byudjeti daromadlarining yalpi ichki mahsulotga nisbati iqtisodiyotga soliq yuki darajasini belgilab beradi. Bundan, xulosa qilish mumkinki, byudjet daromadlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatining past bo‘lishi iqtisodiyotga soliq yukining pastligim, yoki aksincha holatda yuqoriligi soliq yukining ham mos ravishda balandligini bildiradi.
Daromadlar ijrosini tahlil qilib shuni aytish mumkinki, davlat byudjetining jami daromadlari YalMga nisbatan 2000 yil 28,5%ni tashkil qilgan boiib, 2004 yilga kelib bu ko'rsatkich 22,5%gacha pasayishi ko‘zatildi. Bu holat respublika hukumati tomonidan olib borilayotgan iqtisodiyotga soliq yukini pasaytirish siyosatining natijasi deb aytsak, mubolag'a boimaydi.
Ushbu jadval maiumotlari asosida tuzilgan quyidagi diagrammani ko'zdan kechiradigan boisak, 2000-2004 yillarda 0‘zbekiston Respublilrasida iqtisodiyotga soliq yuki qanday dinamika asosida pasayib borayotganligini ko'rish mumkin.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish