Xa. Qurbonoy, M. J. Bauetdinov



Download 0,78 Mb.
bet27/69
Sana21.04.2022
Hajmi0,78 Mb.
#569735
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69
Bog'liq
moliya0

Anglo-sakson modeli asosidagi moliyaviy nazorat o'tkazuvchi mamlakatlarda nazorat organlarining faoliyati o‘tkazilgan tekshiruv(taftish) natijalari haqidagi hisobotlami tayyorlash bilan chegaralanadi. Moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha jartmalar haqidagi masalalar ma’muriy va sud organlarida ko‘rib o‘tiladi.
Fransuz modeli asosida ish yurituvchi mamlakatlarda esa moliyaviy nazoratni o'tkazishda nazorat oiganlari bir qancha sud funksiyalarini kam ijro etadilar ya’ni moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha shaxsning aybdorlik darajasini aniqlash huquqiga, moliyaviy zarariarni qoplashni talab qilish huquqlariga ega bo‘ladilar.

  1. Moliyaviy nazoratni amalga oshirishning shakllari va usullari

Moliyaviy nazoratning shakllari quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflanadi:

  • Amalga oshirish tartibi bo‘yicha- majburiy(tashqi), tashabbusli(ichki) nazorat;

  • o'tkazish muddati bo‘yicha- dastlabki, joriy(operativ), so‘ngi nazorat;

  • nazorat subyektlari bo‘yicha- Prezident, hukumatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv organlarining nazorati, moliya kredit organlarining nazorati, ichki firma va auditorlik nazorati;

- nazorat obyektlari bo‘yicha- byudjet nazorati, byudjetdan tashqari fondlar nazorati, soliq nazorati, valyuta nazorati, kredit nazorati, sug‘urta nazorati, investitsion nazorat, pul massasi ustidan nazorat.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan nazoratning shakllari bo‘yicha moliyaviy nazorat bir qator usullarda amalga oshiriladi. Nazorat o‘tkazish usullari quyidagilardan iboratdir:
-Tekshirish;
-tadqiq qilish;
-nazorat;
-moliyaviy holatni tahlil qilish;
-kuzatish(monitoring);
-taftish.
Jismoniy va yuridik shaxslar moliyaviy faoliyati bo‘yicha majburiy nazorat mamlakatlarning qonunchiligi asosida amalga oshiriladi. Bunday nazorat turlariga masalan quyidagilar kiritiladi, soliq tekshiruvchilari, byudjet mablag'laridan maqsadli foydalanish nazorati, korxonalar va tashkilotlar moliyaviy- buxgalterlik hisobotlari ma’lumotlarini majburiy auditorlik tasdiqlari bo‘yicha moliyaviy nazorat va boshqalar.
Tashabbusli(ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy qonunchilikdan kelib chiqadi ammo taktik va strategik maqsadlarga erishish uchun moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi.
Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilgunga qadar o'tkaziladi va moliyaviy qoidabuzarliklar bo'ykha ogohlantirishlarda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. U asosan mablag'lami iqtisod qilmasdan va samarasiz sarflanishini oldini olish uchun qilinadigan xarajatlami asoslanganligini moliyaviy baholashni ko‘zda tutadi. Bunday nazoratga misol sifatida makrodarajada mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishini makroiqtisodiy ko'rsatkichlari bashorati asosida turli darajadagi byudjetlami tuzish va tasdiqlash, byudjetdan tashqari fondlarni moliyaviy rejasini shakllantirish jarayonlarini ko‘rib o'tishimiz mumkin. Mikrodarajada- moliyaviy reja va xarajatlar smetasi, kredit va kassa buyurtmalari, biznes rejaning moliyaviy bo'limlari, bashorat balanslarni tuzish va boshqalarni ishlab chiqish jarayonlaridir.
Joriy(operativ) moliyaviy nazorat pulli shartnomalar, moliyaviy operatsiyalar, ssudalar berish va subsidiyalar berish vaqtlarining o'zida amalga oshiriladi. Joriy moliyaviy nazorat mablagiami olish va xarajat qilishda boiishi mumkin bo'lgan suiste’molchiliklardan ogohlantiradi, moliyaviy intizom va pul hisob kitoblami o‘z vaqtida amalga oshirishga rioya qilishni muvofiqlashtiradi. Bunda asosiy rolni buxgalterlik xizmati o‘ynaydi.
So'nggi moliyaviy nazorat moliyaviy hisobotlar va buxgalterlik hujjatlarini tahlil va taftish qilish yoii bilan amalga oshiriladi. So‘nggi moliyaviy nazorat iqtisodiy subyektlarning moliyaviy faoliyati natijalarini, taklif qilingan moliyaviy strategiya samaradorligini baholash, moliyaviy xarajatlami bashorat qilingan ko‘rsatkichlar bo‘yicha solishtirishni ko'zda tutadi.
Hisobot hujjatlari asosidagi tekshirishni o'tkazish jarayonida moliyaviy faoliyatning alohida masalalari ko‘rib o‘tiladi va aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish tadbirlari mo'ijallanadi.
Tadqiq qilish tekshirishdan farqli ravishda iqtisodiy subyektning moliyaviy holati va rivojlanish istiqbollari imkoniyatlarini aniqlash uchun uning moliyaviy- iqt sodiy ko’rsatkichlarini keng spektrini qamrab oladi.
Doimiy nazorat u yoki bu moliyaviy faoliyat turlari uchun litsenziya olgan iqtisodiy subyektlarni nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilib, o‘matilgan qoida va me’yorlarga rioya qilinishini nazorat qilishni ko’zda tutadi. Masalan, Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyati ustidan nazorat o'tkaziladi. Me’yorlarga rioya qilmaslik tanazzullik holatlariga olib keladi va mijozlar manfaatlari cheklab qo’yishi mumkin va natijada litsenziya olib qo’yilishi mumkin. Doimiy nazoratning umumiy nazoratdan farqli jihatlari u har doim amalda bo’ladi.
Moliyaviy holatni tahlil qilish moliyaviy nazoratning elementi sifatida iqtisodiy subyektlarning davriy va yillik moliyaviy buxgalteriya hisobotlarini uning moliyaviy faoiiyatlar likvidliligi, xususiy kapitallar bilan ta’minlanganligi va undan foydalanish samaradorligini umumiy baholash maqsadlarida batafsil o’rganishni ko’zda tutadi.
Kuzatish(monitoring) kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlardan foydalanishi va mijozning moliyaviy holatini tekshirish maqsadida doimiy ravishda amalga oshiriladigan nazoratdir. 1999 yilda byudjet resurslaridan maqsadli foydalanishni doimiy nazorat qilish maqsadida O’zbekitson Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan byudjet monitoringini o’tkazish bo’yicha qaror qabul qilindi. Bu albatta byudjet resurslarining maqsadga muvofiq foydalanishni doimiy nazorat qilish imkoniyatlarini yaratadi.
Taftish-moliyaviy nazoratning eng chuqur va har tomonlama qamrab oluvchi usuli hisoblanadi. Bu usul iqtisodiy subyektning moliyaviy — xo’jalik faoliyatini qonuniyligi, to’g’riligi, maqsadga muvofiqligi, samaradorligini to’liq tadqiq qilish hisoblanadi.
Taftish quyidagicha bo’lishi mumkin:
-to’liq va qisman taftish;
-kompleks va mavzuli;
-rejali va rejadan tashqari.
Taftish boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan bo’ysinuvchi korxonalarda o’tkaziladi hamda turli davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Taftish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur bayonnoma asosida qoidabuzarlik holatlari, moddiy zararlar bo’yicha ko’riladigan choralarga asos boiib xizmat qiladi.
Qisqacha xulosalar
Moliyaviy nazorat- moliyani boshqarish tizimining elementi sifatida ma’lum sohalar bo’yicha nazorat qilish vazifasi yuklatilgan, davlat va boshqa mustaqil jamoat tashkilotlari tomonidan barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy faoliyati ustidan moliyaviy- xo’jalik qonunchiligiga rioya qilishlari, amalga oshirilgan xarajatlaming maqsadga muvofiqligi, moliyaviy- xo’jalik faoliyatining iqtisodiy samaradorligini tekshirish va kuzatish buyicha qiymat nazoratining alohida turidir.
Jahon hamjamiyati ko’p yillik tajribalari asosida davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishning asosiy prinsiplarini ishlab chiqdi.
Mazkur prinsiplar INTOSAIning LIMA deklaratsiyasidao’z aksini topadi. Bunga mustaqillik, obyektivlik, asoslilik va oshkoralik kabi universal prinsi plar kiritiladi.Barcha mamlakatda nazoratni tashkil qilishda mazkur prinsiplarga asoslanadi va nazoratning umumiy natijaviyligiga ega bo‘linadi.
Moliyaviy nazoratning shakllari amalga oshirish tartibi, o'tkazish muddati, nazorat subyektlari, obyektlari kabi mezonlar bo’yicha tasniflanadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Moliyaviy nazorat nima va qanday amalga oshiriladi?

  2. Moliyaviy nazoratni asosiy jihatlarini ko‘rsatib o'ting.

  3. Nazorat obyekti va nazorat subyekti nima?

  4. Moliyaviy nazorat qanday sohalarga bo'linadi?

  5. Moliyaviy nazorat tizimi qanday asosiy elementlardan tashkil topgan?

  6. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish prinsiplarini ko'rsatib bering va tushintirib o’ting.

  7. Moliyaviy nazoratni amalga oshirishni qanday shakllri va usullari mavjud?

  8. Moliyaviy nazorat usullarini tushuntirib bering.

  9. Jahon amaliyotida moliyaviy nazoratning qanday modellari mayjud?

  10. Taftish nima va uning turlarini tushuntirib bering.

Asosiy adabiyotlar ro‘yxati

  1. Qo‘chqarov J. va boshqalar. Davlat moliyasi tizimi. Normativ-huquqiy hujjatlar to'plami. 1,2,3-jildlar. - T: “0‘zbekiston’2002.

  2. Kovaleva V..Finansiy: Uchbnik. - M,: Prospekt, 2004.

  3. Drobozina L. A..Finansiy:Uchebnik.-M.:YUNITI,2003.

  4. Poliyak G.B..Finansiy.Denejnoe obrasheniye.Kridit: Uchebnik.Vtoroye izd.-

M.: YUNITI - DADA,2003.

  1. Jamalov X. Moliya. Ma“mzalar matni. - T.: TMI,2000.

Web saytlar

  1. www.mf.uz — O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi sayti;

  2. www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi hukumat sayti;

  3. www.edu.uz - O’zbekiston Respublikasi таълим порхали;

  4. www.googIe.ru - Rossiya Federatsiyasi qidiruv sayti;

  5. www.fmansy.ru — «Финансы» jurrialining sayti;

  6. www.refefat.ru — Referatlar to’plami.

  1. BOB

XOMALIK YURJTUVCHI SUBYEKTLAR MOLIYASI

  1. Korxonalar moliyasining iqtisodiy mohiyati va uni asosiy funksiyalari

Xo'jalik subyektlari moliyasi moliyaviy resurslarni shakllanitirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq pulli munosabatlar yig‘indisidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliyasini oldingi direktiv harakterdagi boshqarish usullari: limitlar, markazilashgan ta’minot va boshqalardan farqli ravishda korxonalarda samarali boshqarishning o‘ziga xos usullari shakllandiki, bular vositasida korxonaning resurs potentsiali optimallashtiriladi. Bu vaziyatda moliyaviy resurslarni samarali boshqarish ahamiyati tezlik bilan o‘sadi. Bunday sharoitlarda moliyaviy resurslar birinchi darajadagi ahamiyat kasb etib korxonalarni ma’lum vaqt oralig‘ida tezlik bilan boshqa resurslarga transformatsiyalanish imkoniyatiga egadir.
Korxonalar moliyasi 3 asosiy funksiyani bajaradi:
Korxonaning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonidagi olingan moliyaviy natijalarini taqsimlash va qayta taqsimlash;
Moliyaviy natijalarini taqsimlanishi natijasidagi pul fondlarini shakllanishi va tegishli moliyaviy resurslardan samarali foydalanishini nazorat qilish;
Korxonalar moliyaviy xo'jalik faoliyatini rag'batlantiruvchi kabi funksiyalarni bajaiadi.
Korxona va tashkilotlar moliyasi- xo'jalik yurituvchi subyekt va davlat pul resurslari fondini tashkil qilish va ulardan takror ishlab chiqarish, rag‘batlantirish va jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida foydalanishdagi pul munosabatlari yig'indisidir.

  1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini doiraviy aylanishida moliyaning roli

Har qanday korxonalarda takror ishlab chiqarish jarayonining moddiy texnik asosi asosiy ishlab chiqarish fondlari hisoblanadi. Yangi tashkil qilingan korxonalarda asosiy fondlarning shakllantirilishi nizom kapitalining bir qisrni hisoblanhvchi asosiy vositalar hisobiga amalga oshiriladi. Asosiy fondlami jalb qilish va korxonalar balansiga qabul qilish vaqtida asosiy vositalaming miqdori miqdor jihatidan asosiy fondlarning qiymatiga to'g'ri keladi. Keyinchalik asosiy fondlami takror ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi natijasida(A.F.larni ekspluatatsiya qilish) ularning qiymati 2 ga ajratiladi: bir qisrni eskirishga teng boladi, ikkinchi qisrni amaldagi asosiy fondlarning qoldiq qiymatiga teng boladi.
Mahsulot ishlab chiqarish natijasida asosiy fondlarning eskirgan qiymati mahsulot realizatsiyasi natijasida tushadigan pul tushumlari taqsimlanishi jarayonidagi mahsus amortizatsiya fondlarida pul shaklida jamg‘arilib boradi. Mazkur fond har yillik amortizatsiya ajratmalari shaklida jamg‘arilib boradi va oddiy va qisman kengaytirilgan asosiy fondlami takror ishlab chiqarishda foydalaniladi. Amortizatsiya ajratmalarini asosiy fondlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga yo'naltirilishi uni hisoblash va sarflanish xususiyatlariga bogMiqdir. Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarning me’yordagi xizmat muddatlari
mobaynida ajratiladi va uning sarflanish zarurati asosiy fondlami faktik chiqarib tashlangandan so‘ng amalga oshiriladi. Shuning uchun chiqarib tashlanishi lozim bo‘lgan asosiy fondlami almashtirgunga qadar hisoblangan amortizatsiya vaqtincha bo‘sh mablag‘ hisoblanadi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda foydalanib turish mumkin bo‘ladi.
Amortizatsiya meyori quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:
H,A = {,--ThL * 100 %

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish