Anglo-sakson modeli asosidagi moliyaviy nazorat o'tkazuvchi mamlakatlarda nazorat organlarining faoliyati o‘tkazilgan tekshiruv(taftish) natijalari haqidagi hisobotlami tayyorlash bilan chegaralanadi. Moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha jartmalar haqidagi masalalar ma’muriy va sud organlarida ko‘rib o‘tiladi.
Fransuz modeli asosida ish yurituvchi mamlakatlarda esa moliyaviy nazoratni o'tkazishda nazorat oiganlari bir qancha sud funksiyalarini kam ijro etadilar ya’ni moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha shaxsning aybdorlik darajasini aniqlash huquqiga, moliyaviy zarariarni qoplashni talab qilish huquqlariga ega bo‘ladilar.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirishning shakllari va usullari
Moliyaviy nazoratning shakllari quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflanadi:
Amalga oshirish tartibi bo‘yicha- majburiy(tashqi), tashabbusli(ichki) nazorat;
o'tkazish muddati bo‘yicha- dastlabki, joriy(operativ), so‘ngi nazorat;
nazorat subyektlari bo‘yicha- Prezident, hukumatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv organlarining nazorati, moliya kredit organlarining nazorati, ichki firma va auditorlik nazorati;
- nazorat obyektlari bo‘yicha- byudjet nazorati, byudjetdan tashqari fondlar nazorati, soliq nazorati, valyuta nazorati, kredit nazorati, sug‘urta nazorati, investitsion nazorat, pul massasi ustidan nazorat.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan nazoratning shakllari bo‘yicha moliyaviy nazorat bir qator usullarda amalga oshiriladi. Nazorat o‘tkazish usullari quyidagilardan iboratdir:
-Tekshirish;
-tadqiq qilish;
-nazorat;
-moliyaviy holatni tahlil qilish;
-kuzatish(monitoring);
-taftish.
Jismoniy va yuridik shaxslar moliyaviy faoliyati bo‘yicha majburiy nazorat mamlakatlarning qonunchiligi asosida amalga oshiriladi. Bunday nazorat turlariga masalan quyidagilar kiritiladi, soliq tekshiruvchilari, byudjet mablag'laridan maqsadli foydalanish nazorati, korxonalar va tashkilotlar moliyaviy- buxgalterlik hisobotlari ma’lumotlarini majburiy auditorlik tasdiqlari bo‘yicha moliyaviy nazorat va boshqalar.
Tashabbusli(ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy qonunchilikdan kelib chiqadi ammo taktik va strategik maqsadlarga erishish uchun moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi.
Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilgunga qadar o'tkaziladi va moliyaviy qoidabuzarliklar bo'ykha ogohlantirishlarda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. U asosan mablag'lami iqtisod qilmasdan va samarasiz sarflanishini oldini olish uchun qilinadigan xarajatlami asoslanganligini moliyaviy baholashni ko‘zda tutadi. Bunday nazoratga misol sifatida makrodarajada mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishini makroiqtisodiy ko'rsatkichlari bashorati asosida turli darajadagi byudjetlami tuzish va tasdiqlash, byudjetdan tashqari fondlarni moliyaviy rejasini shakllantirish jarayonlarini ko‘rib o'tishimiz mumkin. Mikrodarajada- moliyaviy reja va xarajatlar smetasi, kredit va kassa buyurtmalari, biznes rejaning moliyaviy bo'limlari, bashorat balanslarni tuzish va boshqalarni ishlab chiqish jarayonlaridir.
Joriy(operativ) moliyaviy nazorat pulli shartnomalar, moliyaviy operatsiyalar, ssudalar berish va subsidiyalar berish vaqtlarining o'zida amalga oshiriladi. Joriy moliyaviy nazorat mablagiami olish va xarajat qilishda boiishi mumkin bo'lgan suiste’molchiliklardan ogohlantiradi, moliyaviy intizom va pul hisob kitoblami o‘z vaqtida amalga oshirishga rioya qilishni muvofiqlashtiradi. Bunda asosiy rolni buxgalterlik xizmati o‘ynaydi.
So'nggi moliyaviy nazorat moliyaviy hisobotlar va buxgalterlik hujjatlarini tahlil va taftish qilish yoii bilan amalga oshiriladi. So‘nggi moliyaviy nazorat iqtisodiy subyektlarning moliyaviy faoliyati natijalarini, taklif qilingan moliyaviy strategiya samaradorligini baholash, moliyaviy xarajatlami bashorat qilingan ko‘rsatkichlar bo‘yicha solishtirishni ko'zda tutadi.
Hisobot hujjatlari asosidagi tekshirishni o'tkazish jarayonida moliyaviy faoliyatning alohida masalalari ko‘rib o‘tiladi va aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish tadbirlari mo'ijallanadi.
Tadqiq qilish tekshirishdan farqli ravishda iqtisodiy subyektning moliyaviy holati va rivojlanish istiqbollari imkoniyatlarini aniqlash uchun uning moliyaviy- iqt sodiy ko’rsatkichlarini keng spektrini qamrab oladi.
Doimiy nazorat u yoki bu moliyaviy faoliyat turlari uchun litsenziya olgan iqtisodiy subyektlarni nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilib, o‘matilgan qoida va
me’yorlarga rioya qilinishini nazorat qilishni ko’zda tutadi. Masalan, Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyati ustidan nazorat o'tkaziladi. Me’yorlarga rioya qilmaslik tanazzullik holatlariga olib keladi va mijozlar manfaatlari cheklab qo’yishi mumkin va natijada litsenziya olib qo’yilishi mumkin. Doimiy nazoratning umumiy nazoratdan farqli jihatlari u har doim amalda bo’ladi.
Moliyaviy holatni tahlil qilish moliyaviy nazoratning elementi sifatida iqtisodiy subyektlarning davriy va yillik moliyaviy buxgalteriya hisobotlarini uning moliyaviy faoiiyatlar likvidliligi, xususiy kapitallar bilan ta’minlanganligi va undan foydalanish samaradorligini umumiy baholash maqsadlarida batafsil o’rganishni ko’zda tutadi.
Kuzatish(monitoring) kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlardan foydalanishi va mijozning moliyaviy holatini tekshirish maqsadida doimiy ravishda amalga oshiriladigan nazoratdir. 1999 yilda byudjet resurslaridan maqsadli foydalanishni doimiy nazorat qilish maqsadida O’zbekitson Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan byudjet monitoringini o’tkazish bo’yicha qaror qabul qilindi. Bu albatta byudjet resurslarining maqsadga muvofiq foydalanishni doimiy nazorat qilish imkoniyatlarini yaratadi.
Taftish-moliyaviy nazoratning eng chuqur va har tomonlama qamrab oluvchi usuli hisoblanadi. Bu usul iqtisodiy subyektning moliyaviy — xo’jalik faoliyatini qonuniyligi, to’g’riligi, maqsadga muvofiqligi, samaradorligini to’liq tadqiq qilish hisoblanadi.
Taftish quyidagicha bo’lishi mumkin:
-to’liq va qisman taftish;
-kompleks va mavzuli;
-rejali va rejadan tashqari.
Taftish boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan bo’ysinuvchi korxonalarda o’tkaziladi hamda turli davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Taftish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur bayonnoma asosida qoidabuzarlik holatlari, moddiy zararlar bo’yicha ko’riladigan choralarga asos boiib xizmat qiladi.
Qisqacha xulosalar
Moliyaviy nazorat- moliyani boshqarish tizimining elementi sifatida ma’lum sohalar bo’yicha nazorat qilish vazifasi yuklatilgan, davlat va boshqa mustaqil jamoat tashkilotlari tomonidan barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy faoliyati ustidan moliyaviy- xo’jalik qonunchiligiga rioya qilishlari, amalga oshirilgan xarajatlaming maqsadga muvofiqligi, moliyaviy- xo’jalik faoliyatining iqtisodiy samaradorligini tekshirish va kuzatish buyicha qiymat nazoratining alohida turidir.
Jahon hamjamiyati ko’p yillik tajribalari asosida davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishning asosiy prinsiplarini ishlab chiqdi.
Mazkur prinsiplar INTOSAIning LIMA deklaratsiyasidao’z aksini topadi. Bunga mustaqillik, obyektivlik, asoslilik va oshkoralik kabi universal prinsi plar kiritiladi.Barcha mamlakatda nazoratni tashkil qilishda mazkur prinsiplarga asoslanadi va nazoratning umumiy natijaviyligiga ega bo‘linadi.
Moliyaviy nazoratning shakllari amalga oshirish tartibi, o'tkazish muddati, nazorat subyektlari, obyektlari kabi mezonlar bo’yicha tasniflanadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Moliyaviy nazorat nima va qanday amalga oshiriladi?
Moliyaviy nazoratni asosiy jihatlarini ko‘rsatib o'ting.
Nazorat obyekti va nazorat subyekti nima?
Moliyaviy nazorat qanday sohalarga bo'linadi?
Moliyaviy nazorat tizimi qanday asosiy elementlardan tashkil topgan?
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish prinsiplarini ko'rsatib bering va tushintirib o’ting.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirishni qanday shakllri va usullari mavjud?
Moliyaviy nazorat usullarini tushuntirib bering.
Jahon amaliyotida moliyaviy nazoratning qanday modellari mayjud?
Taftish nima va uning turlarini tushuntirib bering.
Asosiy adabiyotlar ro‘yxati
Qo‘chqarov J. va boshqalar. Davlat moliyasi tizimi. Normativ-huquqiy hujjatlar to'plami. 1,2,3-jildlar. - T: “0‘zbekiston’2002.
Kovaleva V..Finansiy: Uchbnik. - M,: Prospekt, 2004.
Drobozina L. A..Finansiy:Uchebnik.-M.:YUNITI,2003.
Poliyak G.B..Finansiy.Denejnoe obrasheniye.Kridit: Uchebnik.Vtoroye izd.-
M.: YUNITI - DADA,2003.
Jamalov X. Moliya. Ma“mzalar matni. - T.: TMI,2000.
Web saytlar
www.mf.uz — O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi sayti;
www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi hukumat sayti;
www.edu.uz - O’zbekiston Respublikasi таълим порхали;
www.googIe.ru - Rossiya Federatsiyasi qidiruv sayti;
www.fmansy.ru — «Финансы» jurrialining sayti;
www.refefat.ru — Referatlar to’plami.