HA — guruhdagi asosiy vositalaming amortizatsiya meyori;
P-asosiy vositalaming balans qiymati;
F-asosiy vositalaming likvidatsion qiymati;
Г-asosiy vositalaming xizmat muddati.
Korxonada amortizatsiya hisoblash mexanizmi vositasida amortizatsiya siyosati amalga oshiriladi. Xo'jalik amaliyotida amortizatsiya fondini hisoblashning: chiziqli, regressiv va tezlashtirilgan turlari mavjuddir. Bunda amortizatsiya me’yori asosiy fondlaming balans qiymatiga foizlarda yoki ishlab chiqilgan mahsulotning birligiga qat’iy summalarda o'rnatiladi.
T Asosiy fondlarning doiraviy aylanishi
6.1. -chizma
ezlashtirilgan amortizatsiya vositasida korxona asosiy fondlarining doiraviy aylanishi tezlashtiriladi. Bu holat raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida zamonaviy tovarlar ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy fondlami moliyaviy boshqarishda ulaming takror ishlab chiqarishdagi doiraviy aylanishi jarayonida qiymatini shakllantirish mexanizmiga asoslanadi. Chunki hisoblangan amortizatsiya ajratmalari ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi orqali asosiy fondlami to‘liq qayta tiklanishiga olib keladi. U kapital qo‘yilmalar orqali amalga oshiriladi. Buni quyidagi chizma orqali izohlaymiz:
Chizmadan ko'rinib turibdiki asosiy fondlarning moliyaviy ta’minoti amortizatsiya fondi, ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi, o‘z va jalb qilingan moliyaviy resurslar hisobiga moliyalashtirilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy vositalami jalb qilish va qayta qurollantirish uchun zaruriy moliyaviy resurslar imestitsiyalar shaklida jalb qilinadi.
Albatta yangi asosiy vositalarni jalb qilish bo'yicha investitsion loyihalar kutiladigan daromadlarning bashorat ko‘rsatkichlari asosida samarali yo'nalishlari vositasida aniqlanadi. Amaliyotda investitsion loyilialarda kutiladigan daromadlami bashoratlashtirish va ularning samaradorligini aniqlashning qator usullari mavjuddir.
Korxonalarda pul daromadlarini shakllanishning moliyaviy iqtisodiy mazmuni
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat asosida faoliyat yurituvchi har qanday xo'jalik subyektlari moliyaviy iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi bosh omillaridan biri ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiyasi, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishJar bo'yicha olingan pul tushumlari hisoblanadi.
Mahsulot realizatsiyasidan tushumning iqtisodiy mazmuni, birinchidan, ijtirnoiy takror ishlab chiqarishning iqtisodiy-moliyaviy natijalarini puldagi aks etishi hisoblanadi. Shuningdek mahsulot realizatsiyasidan tushum takror ishlab chiqarish jarayonidagi yaratilgan tovarlarning abstrakt va konkret mehnatini o'zida aks ettiradi ya’ni takror ishlab chiqarish jarayonining qayta ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol bosqichlaridagi xarajatlarning hamma elementlarini va foydani ya’ni yangidan yaratilgan qiymatni o‘z ichiga oluvchi asosiy moliyaviy kategoriya hisoblanadi.
Ma’lumki, ijtirnoiy takror ishlab chiqarish jarayoni tayyor mahsulotni iste molchilarga etkazib berish bilan tugallanadi. Bu jarayon qiymatning tovar shaklini pul shakli bilan o'zaro almashuv jarayoni hisoblanadi. Tovarlar reahzatsiyasi ishlab chiqarish jarayonining muvaffaqiyatli tugallanishini asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi va bir vaqtning o'zida korxonaning me’yoidagidek xo'jalik faoliyatini yuritishda muhim hisoblanuvchi aylanma mablag’larini aylanishining tugallangan bosqichi hisoblanadi. Realizatsiya qilingan tovarlar istemolchilarga yuborilgan yoki korxonalar tomonidan to'lig'icha pul shaklida tushumga ega bo'lgan tayyor tovarlar hisoblanadi.
Mahsulot realizatsiyasidan tushum o'zida realizatsiya qilingan tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlar hisobiga korxona hisob raqamiga kelib tushgan pul mablag'lari yig'indisini o'zida aks ettiradi. Mahsulot realizatsiyasidan tushum korxonaning pul daromadlarini asosiy manbai hisoblanadi. Realizatsiyadan tushum muhim moliyaviy kategoriya sifatida tovarlar etkazib beruvchi va istemolchi o'rtasidagi pul munosabatlarini o'zida aks ettiradi. Moliyaviy kategoriya sifatida tushum korxonalar moliyaviy resurslarining va pul mablag'larining bosh moliyaviy manbai hisoblanadi. Shuningdek moliyaning korxonalar doirasidagi taqsimot funksiyasini asosiy obyektlaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda iqtisodiy adabiyotlarda realizatsiya qilingan mahsulot tushunchasi haqida turli xil qarashlar mavjud. Xususan, vositachilik— ta’minot- savdo va tayyorlov tashkilotlarda ulguiji baholar bo‘yicha realizatsiyadan tushumni mahsulot realizatsiyasidan tushum hisoblash mumkinmi?— degan bahsli munozara mavjud. Qator iqtisodchilar realizatsiya tushunchasi realizatsiyaning asosiy obyekti hisoblangan tovarlarni bevosita iste’molchilarga tushushi bilan bog‘liq deb hisoblaydilar.
Bu munozara qo‘shilgan qiymat, aksiz soliqlarini to'lovchilar haqidagi masalani hal qilishda ko‘tariladi. Bu soliqlaming to‘Iovchilari iste’molchilar hisoblanadi. Byudjetga ulami tovarlar realizatsiyasini qiluvchi korxona to’laydi.
Bizning fikrimizcha, korxonalar moliyasi uchun muhim hisoblangan mahsulot realizatsiyasi tushunchasining mohiyatini aniqlash uchun quyidagilami ko‘rib o‘tish lozim:
birinchidan- realizatsiyadan tushum qiymatning tovar shakli bilan pul shaklini >'/aro almashishi hisoblanadi. Sotib oluvchi tomonidan tovarlar bo'yicha to’lovlami malga oshirish natijasida tovar pul shakliga almashadi;
ikkinchidan-subyektlar mulklari o‘zaro almashadi: tovarlarni to‘lovini sotib ohsvchi amalga oshirgunga qadar tovarlaming mulkiy egaligi ishlab chiqaruvchida ч/ladi.
Bu ikki jarayonning majmuasi, ya’ni mulk va qiymat shaklining o'zaro a’.mashuvi realizatsiya qilingan mahsulot tushunchasining iqtisodiy mohiyatini belgilab beradi. Shundan kelib chiqqan holda, tayyor mahsulotning tovarlarni o‘zaro ayirboshlash operatsiyalari uchun foydalaniladigan qismini realizatsiya qilingan mahsulotga kiritish mumkin emas(Barter operatsiyalari).
Bizning fikrimizcha, bunday shartnomalaming amalga oshishi qonunchilik (>ilan cheklanishi lozim, modomiki, bu mamlakatdagi pul muomalasini buzilishiga oiib keladi, mahsulot realizatsiyasidan foyda miqdorini kamaytiradi va soliqqa u: tishdan chetlashish holatlarini vujudga keltiradi. Mahsulot realizatsiyasidan tushum o'lchoviga realizatsiya qilingan mahsulotning miqdori assortment ko'rsatkichlari, realizatsiya qilinadigan mahsulotlarning sifati, hisob kitob tartiblari va baholar ta’sir qiladi.
Mahsulot realizatsiyasidan tushumning miqdoriga ishlab chiqarish hajmi bog‘liq bo iadi va realizatsiya davrining boshi va oxiridagi realizatsiya qilinmagan qoldiq 11 wlsulotlar o'lchamiga bogliq. Umuman, hozirgi sharoitda ishlab chiqarish jarayonlarini tatensivlashtirish va mahsulot ishlab chiqarish biriigini yuqori samaradorligini ta’minlash • iiikumatimiz tomonidan asosiy masala sifatida qo‘yilishi sharoitda korxonalarda mahsulot «tulizatsiyasidan tushumni rejalashtirish va lining sifat ko‘rsatikichlarini oehirishning moHyaviy imkoniyatlarini yaratish muhim hisoblanadi.
Realizatsiya qilingan mahsulotlarning assortment ko‘rsatkichlari tushumga ап i ta’sir ko'rsatadi. Olz navbatida tushumga ikki tomonlama ta’sir qiladi. Tovarlar bfhosini o‘sishi sharoitida mahsulot assortimentlarining ham yuqori bo’lishi tu hum rniqdorining oshishiga olib keladi. Bu yerda shuni takidlash lozimki, t i^luimning miqdor ko‘rsatkichlariga baholaming o’sishiga to‘g‘ri proportsional ammo, teng shart sharoitlarda baholarning o'sishi mahsulot realizatsiyasini hajmini pasaytiradi. Natijada korxonalarning etarli darajadagi pul tushumlari shakllanmaydi. Bu holat albatta, birlamchi darajadagi toianishi zarur bo'lgan jody majburiyatlarni qaytarish irnkoniyatini pasaytiradi va korxonaning moliyaviy hi'iati yomonlashishi mumkin.
Realizatsiya qilingan mahsulotning sifati ham tushum o‘lchoviga ikki tomonlama ta’sir etadi. Tayyor mahsulot bahosiga uning sifati va iste’mol xususiyati ta’sir qiladi.
Mamlakatdagi to‘lov hisob kitob tartiblari ham realizatsiyadan tushumga ta’sir etadi.
Mahsulot realizatsiyasidan tushum taqsimot munosabatlarining bosh moliyaviy ko'rsatkichlari sifatida o'ziga xos xususiyat kasb etib, bunday xususiyatlar turli mulk shakllarida va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yurituvcbi korxonalar nuqtai nazardan turkumlanadi. Xususan, moddiy ishlab chiqarish korxonalarida asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi sifatida olingan foydaning bosh moliyaviy manbai ishlab chiqarilgan tovarlar realizatsiyasidan tushgan tushum hisoblanadi. Xizmat ko'rsatish sohasida faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlarida esa ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga olingan pul tushumlari asosiy faoliyatning mohyaviy natijalarini moliyaviy manbai hisoblanadi. Umuman olganda moliyaviy nuqtai nazardan bu ikki xo'jalik subyektida mahsulot realizatsiyasidan tushumning shakllanishi bir mazmunni anglatadi, ya’ni avanslangan kapitalning foydaliligi, samaradorliligini belgilab beruvchi bosh moliyaviy ko'rsatkich hisoblanadi. Ammo, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining texnik iqtisodiy asoslari nuqtai nazardan korxonalarda mahsulot realizatsiyasidan tushumning shakllanish yo‘nalishlari farqlanadi. Masalan, moliyaviy sektor institutlarida mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum emas balki operatsion daromadlar sifatida hisoblanadi.
Koxonalarda mavjud ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini hamrna bosqichlarini 3 turga: investitsion faoliyat, operatsion faoliyat va moliyaviy faoliyat kabi turlaiga ajratishimiz mumkin. Investitsion faoliyat mahsulot ishlab chiqarish uchun zaruriy asosiy va aylanma kapitallarni shakllantirish uchun amalga oshiriladigan investitsion faoliyat bilan bog‘liq jarayonni o‘z ichiga oladi. Operatsion jarayon esa mahsulot ishlab chiqarish davri yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonlari bilan bog'liq hisoblanadi. Moliyaviy faoliyat esa ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiyasidan tushgan tushumni taqsimlanishi natijasida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish bilan bog'liq munosabatlami o‘z ichiga olib korxona iqtisodiy moliyaviy faoliyatining haqiqiy natijalarini baholab beruvchi jarayon hisoblanadi. Moliya taqsimlanish munosabatlarini o'zida aks ettirishi bilan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining hamma bosqichlarida ishtirok etadi.
Tovarlar realizatsiyasi natijasida olingan pul tushumlaring taqsimlanishi natijasida korxonalarda turli xojalik subyektlari bilan o'zaro mohyaviy munosabatlar yuzaga keladi. Bunday moliyaviy munosabatlar yaratilgan tovarlaming qiymati nuqtai nazaridan o'zaro unda ishtirok etuvchilar o'rtasidagi taqsimot munosabatlari yuzasidan sodir bo'ladi. Xususan iqtisodiy nazariyada tovar bilan mahsulotning asosiy farqli jihatlari sotish uchun mo'ljallangan mahsulotlargina tovar harakterini olishi va bundan tovarlar ijtimoiy harakter kasb etishini ta’kidlab o'tiladi. Shuning uchun ham har qanday ishlab chiqarilgan tovarlar, ulami sotib oluvchilar, mahsulot etkazib beruvchilar, turli xil xizmat ko'rsatuvchilar va davlat byudjeti o'rtasida qiymat taqsimot munosabatlari amalga oshiriladi. Buni quyidagi chizma asosida ko'rib o'tamiz.