Ekstrapolyatsiya usulining mohiyati shundaki, o‘tgan hisobot davrining moliyaviy natijalaridan xulosa chiqarib kelgusi hisobot yili uchun moliyaviy rejani tuzishni ko‘zda tutadi. Moliyaviy ko‘ rsatkicblaming prognoz va rejali hisob kitoblari turli usullardan foydalanishga asoslanadi. Ekstrapolyatsiya usuli moliyaviy ko'rsatkichlar va ulamig dinamik o'zgarishlariga asoslanadi. Moliyaviy ko'rsatkichlar hisobot yilidagi ko‘rsatkichlar asosida amalga oshiriladi.
Normativ usulda, belgilangan norma va normativlardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Masalan: byudjetdan moliyalashtiiiladigan ta’lim muassasalarida o'quvchilar kontingenti va x.k.
Matematik modellashtirish usulida real iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlami takrorlovchi moliyaviy modellar tuzish orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy resurslami manbalarini ulardan foydalanish bilan muvofiqlashtirish asosidagi rejalashtirish jarayoni balans usuli hisoblanadi.
Rejalashtirish miqdoriy va sifat tavsifidagi maqsadlami ishlab chiqish va qabul qilish hamda ularga erishishning samarali yo'Uarini aniqlash jarayonlarini o‘zida aks ettiradi. “Maqsadlar daraxti’ shaklida ishlab chiqilgan maqsadlar boshqarishning mazkur darajasida muhim hisoblangan ko'rsatkichlar tizimida hisob kitoblar imkoniyati bo'yicha tavsiyalanadi. Rejalashtirish jarayonidagi boshqaruv qarorlari moliyaviy axborotlami tahlil qilish natijalari asosida qabul qilinadi.
Makro va mikro darajada moliyaviy rejalashtirishning zarurligini bir qancha sabablari mavjud bo‘lib, bizning fikrimizcha, kelajakdagi faoliyat va natijalaming
mavhumligi, rejaning yo‘naltiriruvchanIik rolini mavjudligi, iqtisodiy shart sharoitlaming optimallashtirilishi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasidagi hozirgi iqtisodiy vaziyat davlat va korxonalar moliyasidagi rejalashtirish jarayonlarida ma’lum mukammalashuvlar amalga oshirilish zaruratini keltirib chiqaradi.
Rejalashtirish jarayonida yuqorida keltirilgan har qaysi usullardan foydalaniladi. Masalan, byudjetni rejalashtirish jarayonida bir vaqtning o'zida ekstrapolyatsiya usulidan ham foydalaniladi, shuningdek byudjet xarajatlari va daromadlarini rejalashtirishda ulaming balansligi ta’minlanishi Iozim. Shuning uchun xarajatlar va daromadlaming farqlarini qoplash maqsadida taqchillikni moliyalashtirish manbalari ham rejalashtiriladi.
Moliyaviy rejalashtirish jarayonida:
a) korxonaning moliyaviy maqsadlari belgilanadi; b) mazkur moliyaviy maqsadlarga korxonaning joriy moliyaviy holatini muvofiq kelish darajasi aniqianadi; v) o'matilgan maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan harakatlar, tadbirlar ketma-ketligi shakllantiriladi.
Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi bosqiclilari ajratiladi:
korxonalaming moliyaviy holati tahlil qilinadi;
taqvimiy smeta va byudjet tuziladi;
korxonaning kelgusida moliyaviy resurslaiga umumiy ehtiyoji aniqianadi;
moliyalashtirish manbalarining tarkibi bashorat qilinadi;
nazorat va boshqarishning muvofiq keluvchi tizimi tuziladi;
rejaga o‘zgartirishlar kiritish tartiblari ishlab chiqiladi.
Ma’lumki moliyaviy reja yetarli darajada murakkab bo'lib korxona investitsiya faoliyatiga ta’sir etuvchi barcha moliyaviy, ishlab chiqarish tavsifidagi omillami kompleks qamrab oladi.
Moliyaviy rejalashtirishda moliyaviy bashorat qilish muhim rol o'ynaydi. Moliyaviy menejer realizatsiya hajmini, mahsulot tannarxini moliyalashtirish manbalari, pul oqimlari miqdorini bashorat qilishi zarur. Bashoratlashtirishning 2 asosiy usuli hozirgi paytda samarali hisoblanadi. Ular: ekspert baholash usuli, situatsion tahlil va bashoratlash usullari.
Situatsion tahlil va bashorat qilish usuli asosida qattiq yoki funksional determinatsiyalashgan bog'liqlikni o‘rganishga moljallangan model yotadi. Bu modeldan foydalanish va unga turli omillar: realizatsiyadan tushum, aktivlaming aylanuvchanligi, tashqi manbalaiga moliyaviy bog‘liqiik darajasi kabi ko‘rsatkichlar ta’siri ostida bashorat ko'rsatkichlarini aniqlash bilan - xususiy kapital rentabelligining bashorat ko‘rsatchiklarini aniqlash mumkin.
Rejalashtirilayotgan loyiha bo‘yicha mumkin bo‘lgan natijalaming bashorati quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:
n
£ Pk = 1; (1)
k=l
(1) formula orqali asosiy mezonlar aniqlanadifmasalan, kutilayotgan foydani maksimallashtirish).
Mazkur formula orqali korxona uchun ma’lum mezonlar asosida samarali muqobil variantlar tanlab olinishi mumkin.
Mazkur formulalar asosida xususiy ishlab chiqarish firmasi tomonidan am alga oshiriladigan investitsiya loyihasining ma’lum mezonlarini ko‘rib chiqamiz. Korxona qo’shimcha ishlab chiqarish vositalarini jalb qilish uchun 2 altemativ variantga ega. Buning uchun M, stanokni yoki M2 stanokni sotib olish bo'yicha moliyaviy qaror qabul qilish masalasi oldinga tashlandi.
M2 -stanok mahsulot birligiga kam chiqim va daromad ko'proq keltiradi.