X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Kongo botig’i. 
Kongo botig’i tabiiy geografik o’lkasi Markaziy Afrikada 
ekvatorning har ikkala tomonida joylashgan va Atlantika okeani qirg’oqlaridan 
boshlanib, Sharqiy Afrika yassi tog’ligigacha cho’zilib boradi. Uning shimoliy 
chegarasi tahminan 5°
sh.k. dan va janubiy chegarasi 10°
j.k. dan o’tadi. Bu tabiiy 


46 
geografik o’lka Kongo
havzasining o’rta oqimidagi yassi botiqni va uni o’rab turgan 
platosimon balandliklarni o’z ichiga oladi. Kongo botig’i juda katta qalinlikdagi 
qadimgi ko’l yotqiziqlari va hozirgi davr allyuvial yotqiziqlari bilan to’lgan. Uning 
rel’ef tuzilishi botiq yuzasidan atrofga tomon zinapoyasimon shaklda ko’tarilib 
boradi. Botiqning yer yuzasi yassi tekis rel’ef shakliga ega bo’lib, o’rtacha balandligi 
500 m dan oshmaydi. Uni atrofdan o’rab turgan yassi tog’liklar va platolarning eng 
baland joyi 2000 m gacha boradi. 
Botiqni shimol tomondan o’rab turgan baland platolar Kongo havzasini Nil, 
Niger va Chad ko’li havzalaridan ajratib turadi. Botiqning janubiy qismida 
joylashgan Luanda yassi tog’ligi kenglik bo’ylab cho’zilib, Kongo va Zambezi 
daryo havzalari o’rtasida suvayirg’ich vazifasini bajaradi. Sharqda Kongo botig’i 
Sharqiy Afrika yassi tog’ligining tik ko’tarilgan yonbag’ri bilan chegaralangan. 
G’arbda qirg’oq bo’ylab cho’zilgan balandliklar botiqni Atlantika sohilbo’yi 
pastekisliklaridan ajratib turadi. Kongo daryosi bu balandliklarni kesib o’tib, o’nlab 
sharsharalarni hosil qilgan. Kongoning quyi oqimidagi barcha sharsharalar 
Livingston nomi bilan ataladi. Kongo botig’ini o’rab turgan balandliklar, platolar va 
yassi tog’liklarning zinapoyasimon ko’tarilgan yon bag’irlari daryo vodiylari va 
chuqur daralar bilan kuchli parchalangan. Baland plato va yassi tog’liklarning yuzasi 
tekislangan, ayrim joylarida cho’qqilar va vulkan konuslari ko’tarilib turadi. Kongo 
botig’i qimmatbaho foydali qazilmalarga juda boy. Botiqning atrofidagi kristall 
jinslardan tashkil topgan balandliklar va yassi platolarda mis rudasi qazib olinadi. 
Bu yerlarda mis rudasi bilan birgalikda qalay ham uchraydi. Kongo havzasining 
janubiy qismida dunyodagi eng yirik uran konlari joylashgan. Qadimiy kristall 
massivlarining tarkibida oltin va olmos keng tarqalgan. Qazib olinadigan olmosning 
asosiy qismi botiqning janubiy hududlariga to’g’ri keladi. Atlantika okeani 
qirg’oqlarida neft va toshko’mir konlari topilgan.
Kongo botig’i yil bo’yi bir me’yordagi yuqori haroratli va yog’in ko’p 
bo’ladigan tabiiy geografik o’lka hisoblanadi. Kongo havzasining tekislik qismi 
uchun yog’inning tipik ekvatorial rejimi xarakterlidir. Bu yerda o’rtacha yillik 
yog’in miqdori 1500 mm dan ortadi. Lekin yog’in botiqning hamma hududida ham 
yil bo’yi bir tekisda tushmaydi. Jumladan, botiqning shimoliy yarim sharda 
joylashgan qismiga nisbatan janubiy yarim sharda joylashgan kattaroq qismida 
yog’inning bir tekisda taqsimlanmaganligi yaqqol ifodalangan. Ayniqsa, uning 
janubi-sharqiy hududida qish oylarida quruq davr vujudga kelib, yog’in umuman 
bo’lmaydi. Dehqonchilik uchun botiqning yil bo’yi yomg’ir yog’adigan sernam 
markaziy qismiga nisbatan qurg’oqchil davr bo’ladigan janubi-sharqiy hududlari 
juda qulay. Xuddi shunday ekvatordan janubdagi Atlantika okeani sohilida ham 
Bengela sovuq oqimi tufayli yog’in miqdori ancha kamayadi. Kongo botig’ining 
janubi-sharqiy hududlariga o’xshash, bu yerda ham dehqonchiliq sun’iy sug’orish 
yo’li bilan amalga oshiriladi.
Kongo botig’idagi barcha daryolar va irmoqlar yig’indisi Kongo daryo tizimini 
tashkil etadi va Atlantika okeaniga quyiladi. Bu daryo juda murakkab tarmoqli tizim 
bo’lib, uning katta qismi janubiy yarim sharda joylashgan. Kongo daryosining 
irmoqlari botiq atrofidagi plato va baland yassi tog’liklarning yon bag’irlarini kesib 


47 
o’tgan joylarda o’nlab ostonalar va sharsharalar, chuqur va tor vodiylar, daralar hosil 
qilib oqadi. Botiqning yassi tekislik qismida esa daryolar keng vodiylar hosil qilib, 
ularning o’zani tekislik yuzasini chuqur yemirmagan, qirg’oqlari past va juda sekin 
oqadi. Ayrim joylarda daryo o’zanining kengligi 20 km gacha yetadi. Maksimum 
yog’in davrida daryolarning suvi o’zanlaridan va qirg’oqlaridan toshib chiqib, katta 
masofadagi maydonlarni bosib ketadi. Bir-biriga yaqin joylashgan irmoqlar toshqin 
paytida o’zaro tutashib, daryolar oralig’idagi keng maydonlar suv ostida qoladi. 
Kongo botig’ining markaziy qismida eng qadimgi qoldiqli ko’llardan Tumba va 
Mai-Ndombe ko’llari mavjud. Daryo toshqini paytida ularning ham suv sathi 
ko’tarilib, yirik ichki suv havzalariga aylanadi. 
Kongo botig’i yog’inning ko’pligi va rel’efning tekisligi tufayli botqoq va 
tropik o’rmon landshaft komplekslarining keng tarqalganligi bilan Afrikaning 
boshqa tabiiy geografik o’lkalaridan keskin farq qiladi. Suv bosmaydigan katta 
maydondagi qadimgi allyuvial va lateritli tuproqlarda nam ekvatorial o’rmonlar 
yaxshi rivojlangan. Bu o’rmonlar ekvatordan shimol tomonda, Sharqiy Afrika 
tog’ligi etaklarida va Atlantika okeani sohilida keng polosa bo’lib joylashgan. 
Janubda va janubi-sharqda esa qurg’oqchil fasl kuzatiladigan joylarda savannalar 
uchraydi. O’lkaning janubidagi va baland platolaridagi savannalar qizil-qo’ng’ir 
tuproqlar ustida shakllangan. Ular ko’pincha kesib va yondirib yuborilgan o’rmonlar 
o’rnida vujudga kelgan. Binobarin, bu tipdagi savannalar kelib chiqishiga ko’ra 
ikkilamchi xarakterga ega bo’lib, antropogen savannalarni tashkil etadi. 
O’rmonlardan tipik savannalarga o’tish polosasida savannalar o’rtasida bog’ tipidagi 
daraxtzorlar u yer-bu yerda takrorlanib, Yevropaning o’rmon-dasht zonasiga 
o’xshash o’rmon-savanna o’tkinchi zonasi hosil bo’lgan. 
Kongo havzasidagi nam ekvatorial o’rmonlarda yog’ beradigan palmalar, seyba 
va muskat daraxtlari, qizil daraxt, kauchuk olinadigan daraxtlar o’sadi. Bu 
o’rmonlarda pigmeylar yashaydi. Ular ovchiliq, ozuqa uchun o’simliklar va 
mevalarni, yovvoyi asalni yig’ish bilan shug’ullanadilar. Pigmeylar yarim 
ko’chmanchi hayot kechiradilar. Hayvonlarni oddiy usul - nayza va yoy bilan 
ovlaydilar. Suv bosadigan botqoqliklarda, ko’l atroflarida va Kongo daryo 
tizimining vodiylaridagi botqoqlangan yerlarda baland bo’yli qalin botqoq 
o’simliklari o’sadi. Ular orasida papiruslar ko’pchilikni tashkil etadi. Nam ekvatorial 
o’rmonlar hayvonot olamiga juda boy. Maymunlarning gorilla, shimpanze, gveresa 
va boshqa turlari yashaydi. Eng yirik hayvonlardan fillar uchraydi. Qo’rqoq okaplar 
qalin changalzorlarni o’ziga boshpana qilgan. O’rmonlarda daraxt damanlari va 
yovvoyi cho’chqalar, daryo va ko’l bo’ylarida begemotlar, timsohlar yashaydi. 
Kongo botig’ida bulardan tashqari qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar 
faunasi keng tarqalgan. Afrikaning nam ekvatorial o’rmonlari uchun sese pashshasi 
xarakterli. U eng sernam joylarda, daryo va ko’llar atrofida yashab, juda tez 
ko’payadi.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish