40
tizmasidan shimoli-sharq tomonda uning davomi bo’lgan
Sahroi Kabir Atlasi
joylashgan. Bu tizmaning eng baland nuqtasi Aysa tog’i okean sathidan 2336 m
ko’tarilgan. Sahroi Kabir Atlasidan sharqda Sheliya (2328 m) tog’i bor. Bu tog’dan
shimoli-sharqda Gabes va Tunis Atlasi joylashgan. Umuman Atlas tog’lari g’arbda
Atlantika okeani sohilidan sharqda O’rta dengiz sohilidagi materik shimoliy
burnigacha 2000 km masofaga cho’zilgan. Atlas tog’ tizmalarining oralig’ida ichki
tekisliklar va baland platolar joylashgan. Platolarning o’rtacha balandligi 800-1200
m ni tashkil etadi. Bu polosa Atlantikabo’yi tekisligidan zinapoyasimon ko’tarilib,
O’rta dengiz sohiligacha davom etadi va hududiy jihatdan tog’ oralig’i cho’kmasiga
to’g’ri keladi. Baland platolar Atlas tog’larining sharqiy qismida keng polosa hosil
qilib cho’zilgan.
Tog’li o’lkaning barcha qismi, jumladan shimoldagi yosh tog’lar ham
neogenning oxirida yuz bergan kuchli vertikal tektonik harakatlari natijasida Atlas
tog’larining hozirgi qiyofasi shakllangan. Atlas tog’lari erozion kuchli
parchalangan. Ularning yonbag’irlari chuqur vodiylar va daralar bilan o’yilgan.
Baland platolarning yuzasi quruq vodiylar tizimi bilan kesilgan.
Atlas tog’larining iqlimi xilma-xil, uning shimoliy qismi O’rta dengiz iqlimiga
ega.
Yozi quruq, issiq va qishi nam iliq bo’ladi. Qishning o’rtacha harorati
+12°+15°S, yoz oyining o’rtacha harorati esa +24°+27°S ga teng. Atmosfera
yog’inlarining asosiy qismini g’arbiy shamollar Atlantika okeanidan olib keladi.
Yog’inlarning ko’proq miqdori tog’larning g’arbiy va shimoliy yonbag’irlari hamda
qirg’oq bo’ylariga tushadi. Sharqqa borgan sari yog’in miqdori keskin kamayadi.
Masalan, yog’in miqdori g’arbda 800 mm ni tashkil etsa, sharqda Gabes qo’ltig’i
yaqinida 200-300 mm gacha kamayadi. Dengiz sohilida qor kamdan-kam yog’adi
va tezda erib ketadi.
Yoz oylarida shimolda, qirg’oqlar tomon tog’lardan fyon
tipidagi
sirokko
shamoli esadi. Bu paytlarda havo harorati +35°+40°S gacha
ko’tariladi. Atlas tog’larining janubiy qismi doimo tropik cho’l iqlimi ta’sirida
bo’ladi. Bu yerda havo harorati ancha yuqori, yog’in miqdori kam. Ichki platolar va
berk vodiylarning iqlimi keskin kontinental, quruq va baland bo’lganligi uchun
sovuq. Tog’ tizmalari okeandan keladigan nam havo massalarini to’sib qo’yganligi
sababli o’rtacha yillik yog’in miqdori 500 mm dan oshmaydi. Yog’inning
asosiy
qismi qish oylariga to’g’ri keladi. Qish kunlari sovuq bo’lib, harorat -10°-17°S
gacha pasayadi. Qor qoplami qalin bo’ladi va tog’larda 2 m gacha yetadi. Yozda
platolar yuzasi ichki vodiylar qattiq qiziydi. O’rtacha harorat +26°+28°S ni,
maksimal harorat +50°S ni tashkil etadi.
Atlas tog’larining tuproq-o’simlik qoplamida, uning iqlim sharoitiga o’xshash,
ichki farqlar yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Bunday farqlar ayniqsa, tog’
tizmasining qirg’oq bo’ylari va ichki hududlari uchun xosdir. Tog’ yonbag’irlarining
pastki qismlarida va dengiz sohillarida jigar rang tuproqlar tarqalgan. Ular doimiy
yashil makvis tipidagi butazorlar, pakana bo’yli palmazorlar
va doimiy yashil
po’kak eman o’rmonlari bilan qoplangan. Balandlikka ko’tarilgan sari aralash holda
igna barglilardan atlas kedri va tisa daraxtlari uchraydi. 1500-3000 m balandliklarda
bargini to’kuvchi O’rta Yevropaga xos keng bargli o’rmonlar o’sadi. 3000 m dan
baland joylarda al’p o’tloqzorlar tarkib topgan.
41
Atlas tog’ etaklaridagi, ayniqsa Atlantika okeani va O’rta dengiz sohillaridagi
keng maydonlar yaxshi o’zlashtirilgan. Sug’oriladigan yerlar sitrus plantasiyalari,
zaytun daraxtlari, don ekinlari bilan band. Zinapoyasimon tog’ yonbag’irlarida
tokzorlar barpo etilgan. Atlas tog’larining ichki qurg’oqchil kontinental iqlimli
platolarida, vodiylarida va janubiy yonbag’irlarida bo’z tuproqlar keng tarqalgan.
Bu yerlar quruq dasht va chala cho’l landshaft komplekslaridan tarkib topgan.
O’simliklari tikanli yostiqsimon butachalardan, shuvoqlardan, boshoqli alfalardan,
uncha baland bo’lmagan yuyuba, akasiya va pista daraxtlaridan iborat. Tog’li
o’lkaning hayvonot dunyosi Afrika va Janubiy Yevropaga
xos hayvon turlaridan
tarkib topgan. Yirtqichlardan chiyabo’ri, yovvoyi
mushuk, gienalar yashaydi.
Boshqa hayvon turlaridan quyonlar, qo’shoyoqlar, o’txo’r damanlar,
qoyali
tog’larda dumsiz makaklar uchraydi. Kaltakesaklar va ilonlar juda ko’p.
Do'stlaringiz bilan baham: