X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Sharqiy Afrika yassi tog’ligi



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Sharqiy Afrika yassi tog’ligi. 
Bu tabiiy geografik o’lka materikning sharqiy 
qismini, 5° sh.k. va 17° j.k. lar oralig’ini qamrab olgan. Shimolda Efiopiya tog’ligi 


51 
va Rudolf ko’li botig’i, g’arbda Kongo botig’i, janubda Zambezi daryosining quyi 
oqimi va sharqda Hind okeani bilan chegaralangan. O’lkaning kichik qismi shimoliy 
yarim sharda va katta qismi janubiy yarim sharda joylashgan. Sharqiy Afrika yassi 
tog’ligi Afrika platformasining tektonik jihatdan faol, harakatchan qismi bo’lib, 
uning hududida eng yangi uzilmalar va grabenlar tizimi keng tarqalgan. O’lkaning 
aksariyat qismini balandligi 1000-1500 m dan yuqori bo’lgan Sharqiy Afrika yassi 
tog’ligi tashkil etadi. Yassi tog’likning yuzasida keng botiqlar vujudga kelgan 
bo’lib, ulardan eng yirigi Viktoriya ko’li bilan band. Yassi tog’likning sharqiy qismi 
Hind okeani qirg’og’igacha tik zinapoyalar hosil qilib tushgan. Ayrim joylarda 
qirg’oq bo’ylab kengligi 10-20 km dan oshadigan pastekisliklar joylashgan. 
Qirg’oqlar daryo vodiylari bilan kuchli parchalangan. Sohillarga yaqin joylarda 
mayda orollar va marjon riflari keng tarqalgan.
Yassi tog’likning kristall poydevori grabenlar bilan kesilgan. Ular rel’ef 
tuzilishida tor cho’kmalar va baland tik yon bag’irli pog’onalar shaklida namoyon 
bo’lib, Qizil dengiz va Efiopiya tog’ligidan Rudolf ko’ligacha cho’zilgan. Rudolf 
ko’lidan janubda graben zonasi uchta tarmoqqa bo’linadi: g’arbiy, markaziy va 
sharqiy. G’arbiy tarmog’i yassi tog’likning g’arbiy qismidan o’tib Albert, Kivu, 
Tanganika ko’llari botiqlariga to’g’ri keladi. Markaziy tarmog’i Rudolf ko’lidan 
boshlanib, janubda N’yasa ko’ligacha davom etadi. Uchinchi tarmog’i yassi 
tog’likning sharqiy chekkasidan o’tadi. Sharqiy Afrika yassi tog’ligining tektonik 
yoriqlar zonasidagi asosiy morfostruktura chuqur grabenlar va ularning atrofida juda 
baland ko’tarilgan tog’ massivlaridan tarkib topgan. Grabenlar turli xil 
balandliklarda joylashgan va ularning ko’pchilik qismi uzoq masofaga cho’zilgan 
chuqur ko’llar, botqoqliklar va sho’r yerlar bilan band. 
Sharqiy Afrika yassi tog’ligi tektonik yoriqlar va uzilmalar
natijasida bir necha 
tog’
massivlariga bo’lingan. Tektonik yoriqlar bo’ylab tik ko’tarilgan kristall jinsli 
tog’
massivlari materikning ham eng baland nuqtalari hisoblanadi. O’lka hududida 
balandligi 5000 m dan yuqori bo’lgan uchta cho’qqi joylashgan: Kilimanjaro - Kibo 
cho’qqisi bilan (5895 m), Keniya (5199 m) va Margarita (5109 m). Bulardan tashqari 
balandligi 4000 m dan oshadigan Elgon (4322 m), Meru (4567 m), Karisimbi (4507 
m) kabi cho’qqilar mavjud. Bu cho’qqilar asosan so’ngan va harakatdagi 
vulkanlardan iborat. Baland platolarda qattiq jinslardan tarkib topgan qiya tepalik, 
qoldiqli balandlik rel’ef shakllari keng tarqalgan. Bu tipdagi rel’ef shakllari ayniqsa 
Viktoriya ko’lidan shimolda joylashgan Uganda platosi va janubda joylashgan 
Unyamvezi platosi uchun xarakterli.
Sharqiy Afrika yassi tog’ligi o’lkasining iqlimi subekvatorial, mussonli
mavsumiy sernam iqlim. Havo harorati bir xilda bo’lmasdan, uning taqsimlanishi 
rel’efning balandligiga, parchalanganligiga va Hind okenining ta’siriga bog’liq. 
Hind okeani sohilida, Dar-es-Salom atrofida eng issiq oyning o’rtacha harorati 
+28°S ni va eng salqin oyniki +23
0
S ni tashkil etadi. Ichki yassi tog’liklarda, Tabora 
shahrida issiq oyning o’rtacha harorati +25
0
S dan va salqin oyniki +21°S dan 
oshmaydi. Tog’ massivlariga ko’tarilgan sari iqlim mo’tadillashib, harorat pasaya 
boradi. Nayrobi atrofida o’rtacha oylik harorat +19°S dan yuqori va +14°S dan past 
bo’lmaydi. Baland tog’larning 2000 m dan yuqori joylarida harorat 0°S dan past 


52 
bo’ladi, 3500 m dan balandda qor yog’adi. Eng baland cho’qqilar - Kilimanjaro, 
Keniya va Margaritalarning yuqori qismlari doimiy qor va muzliklar bilan 
qoplangan. 
O’lka hududida atmosfera yog’inlari ham bir tekisda taqsimlanmagan. Eng 
ko’p yog’in Sharqiy Afrika yassi tog’ligining shimoli-g’arbiy va janubi-g’arbiy 
yonbag’irlarida hamda Hind okeani sohilida bo’ladi. Bu yerlarda yillik yog’in 
miqdori 1000-1500 mm ni tashkil etadi. Baland tog’ yonbag’irlarida 2000-3000 mm 
gacha yog’adi. Qolgan joylarda yog’in miqdori 750-1000 mm gacha, berk botiqlarda 
va o’lkaning shimoli-sharqiy chekkasida 500 mm gacha kamayadi. Yassi tog’likning 
5° sh.k. va 5° j.k. lari oralig’i uchun yomg’ir mavsumining tipik ekvatorial rejimi 
xarakterli. Bu oraliq zonada yiliga ikki marta maksimum yomg’ir fasli va ikki marta 
nisbatan kam yomg’ir fasli kuzatiladi. 5° j.k. dan janubdagi hududlar uchun bitta 
maksimum yomg’ir fasli xarakterli. 
Sharqiy Afrika yassi tog’ligidan materikning bosh suvayirg’ichi o’tadi. O’lka 
hududidan Atlantika okeni havzasiga o’z suvini quyadigan Kongo, Nil daryolari va 
ularning ko’plab yirik irmoqlari boshlanadi. Yassi tog’likning sharqiy yonbag’iridan 
boshlanuvchi Zambezi, Tana, Galana, Rufiji, Ruvuma, Lurio va boshqa mayda 
daryolar o’z suvini Hind okeaniga quyadi. O’lka hududida Afrikaning eng yirik va 
chuqur tektonik ko’llari joylashgan. Viktoriya, Tanganika, N’yasa shular 
jumlasidandir. Bulardan tashqari Mobutu-Sese-Seko, Kiogo, Eduard, Kivu, Mveru, 
Rukva, Bangveulu va boshqa mayda ko’llar ham bor. Rudolf, Eyasi va Natron 
ko’llari oqmas berk havzaga qaraydi. Yirik ko’llarda kemalar qatnaydi. 
Sharqiy Afrika yassi tog’ligining katta qismi tipik savanna, quruq faslda bargini 
to’kuvchi siyrak o’rmonlar va butazorlar bilan band. Ularning tagida lateritlashgan 
jigar rang-qizil tuproqlar rivojlangan. Pastqam joylarda tropik qora tuproqlar va 
vulkanik jinslar ustida qo’ng’ir tropik tuproqlar hosil bo’lgan. O’lkaning yog’in ko’p 
yog’adigan shimoli-g’arbiy qismida qizil laterit
tuproqlar ustida aralash doimiy 
yashil va bargini to’kuvchi o’rmonlar keng tarqalgan. Hozirgi kunda bu 
o’rmonlarning aksariyat maydoni
antropogen landshaftlarga - ikkilamchi baland 
o’tli savannalarga aylangan. Qurg’oqchil shimoli-sharqiy hududlardagi cho’llangan 
savannalar qizg’ish-qo’ng’ir tropik tuproqlar va tikanli butazorlar bilan qoplangan. 
Daryo vodiylari bo’ylab doimiy yashil galeriya o’rmonlari uchraydi. Okean sohillari 
bo’ylab mangra o’rmonlari tarqalgan.
Tog’ massivlarida tuproq va o’simlik qoplami balandlik mintaqa bo’ylab 
taqsimlangan. Tog’
etaklaridan 1200 m balandlikda nam o’rmonlar, 1200-2800 m 
balandliklar oralig’ida doimiy yashil o’rmonlar o’sadi. Undan yuqorida 2800 m dan 
3800 m gacha bo’lgan balandliklarda qalin tog’ o’rmonlari bambukzorlar va 
daraxtsimon vereskali mintaqa bilan almashadi. 3800-4500 m dagi balandliklarda 
tog’
o’tloqzorlari va ulkan murakkabgullilar keng tarqalgan. 4500 m dan balanddagi 
toshloq yerlarda va qoyalarda siyrak holda lishayniklar o’sadi, 4800 m dan yuqorida
doimiy qor va muzliklar mintaqasi boshlanadi.
Sharqiy Afrika yassi tog’lik o’lkasining hayvonot dunyosi juda boy va turli-
tuman. O’lkaning poyonsiz savannalari va o’rmonlari fillar, antilopalar, zebralar, 
jirafalar, karkidonlar, qo’toslar va boshqa o’txo’r hayvonlar uchun ozuqa manbai va 


53 
yashash uchun qulay makon hisoblanadi. Daryo vodiylarida va ko’llar atrofida 
begemotlar, timsohlar yashaydi. Yirtqich hayvonlardan arslonlar, qoplonlar, 
chiyabo’rilar ko’p uchraydi. Hayvonlarning ko’plab miqdorda ovlanishi, ularning 
soni va turlarining keskin kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Ayrim hayvon turlari 
umuman yo’qolib ketish arafasida turibdi. Shuning uchun Sharqiy Afrika 
mamlakatlarida yovvoyi hayvonlarni, noyob tabiat obidalarini va xushmanzara 
landshaft komplekslarini saqlab qolish maqsadida dunyoga mashhur bo’lgan 
qo’riqxonalar va milliy bog’lar tashkil etishgan. Ruvenzori, Serengeti, Nort-
Luangva, Ruaxa, Lukusuzi, Kilimanjaro, Savo milliy bog’lari, Burigi, Ugalla, 
Kizingo qo’riqxonalari shular jumlasidandir. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish