X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Kap tog’lari. 
Kap tog’lari tabiiy geografik jihatdan Janubiy Afrika o’lkasining 
kichik oblastini tashkil etib, materikning eng janubi-g’arbiy chekkasida, Port-
Elizabet shahri bilan Ulifans daryosining quyi qismi oralig’ida joylashgan. Kap 
tog’lari o’rtacha balandlikdagi parallel yo’nalgan bir necha antiklinal tog’lardan 
tarkib topgan. Ular materikning janubiy va janubi-g’arbiy sohillari bo’ylab 800 km 
masofaga cho’zilgan. Tog’lar oralig’ida turli kattalikdagi sinklinal cho’kmalar 
mavjud bo’lib, ular orasida yirigi Kichik Karru botig’i hisoblanadi. Undan shimolda 


56 
joylashgan keng Katta Karru botig’i Kap tog’larini Janubiy Afrika yassi tog’ligining 
Katta Pog’ona tizmasidan ajratib turadi. Mazkur tog’lar quyi paleozoyning 
qumtoshlari va kvarsitlaridan tarkib topgan, gertsin bosqichida burmalangan. 
So’nggi tog’ hosil bo’lish jarayoni natijasida qaytadan ko’tarilgan. Ularning o’rtacha 
balandligi 1500 m atrofida, eng baland nuqtasi Svartberg tizmasidagi 
Zvart
cho’qqisi 
2326 m ga ko’tarilgan. 
Kap tog’lari tabiiy geografik o’lkasi uchun subtropik iqlim tipi xarakterli. 
Maksimal yog’in qish oylariga to’g’ri kelib, yozda yomg’ir juda kam yog’adi. 
Yomg’ir fasli apreldan boshlanib, sentabr oyigacha davom etadi va keyin yog’in 
to’xtaydi. Chunki, qishda esadigan g’arbiy nam shamollar yozda subtropik 
antisiklon bilan almashinadi. Kap tog’larining baland yonbag’irlarida yiliga 1800 
mm gacha, qolgan joylarda 700-800 mm gacha yog’in tushadi. Qishda tog’ 
cho’qqilariga qor ham yog’adi. Eng kam yog’in tushadigan hududlar ichki botiqlar 
hisoblanadi. Jumladan, Kichik Karru botig’ida yiliga o’rtacha 150-300 mm atrofida 
yog’in bo’ladi. Shuning uchun bu hududlarda dehqonchilik sun’iy sug’orish asosida 
amalga oshiriladi. 
Kap tabiiy geografik o’lkasi Janubiy Afrika o’lkasining boshqa qismlaridan 
o’ziga xos flora komplekslari bilan farq qiladi. Bu yerda qadimdan shakllangan Kap 
florasi o’zining tashqi qiyofasi va xususiyatlari bilan O’rta dengiz atrofidagi 
o’simliklarni eslatadi. Doimiy yashil butalar va past bo’yli daraxtlar ko’pchilikni 
tashkil etadi. Kap tog’larining g’arbiy yonbag’irlarida aralash o’rmonlar o’sadi. 
Birgina yuksak o’simliklarning 6000 dan ziyod turi bo’lib, shundan 3000 dan 
ko’proq turi endemik o’simliklardir. Kap florasida manzarali o’simliklar keng 
tarqalgan. Eng xarakterli o’simliklar orasida murakkabgullilar, dukkaklilar, 
vereskalar, sapsargullilar va boshqalar asosiy o’rin egallaydi. Madaniy 
o’simliklarning aksariyati (tok, zaytun, anjir, olma, nok, don ekinlari) Yevrosiyodan 
keltirilgan. Hozirgi paytda o’rmonlarning, chala cho’l va cho’l landshaftlarining 
o’rnini qishloq xo’jalik madaniy ekinlari – agrolandshaftlar egallagan.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish