49
joylashgan. Undan janubda balandligi 4100 m (Talo cho’qqisi) bo’lgan Choke tog’i
submeridional ravishda cho’zilgan. Baland ko’tarilgan bu ikki tog’ massivi
oralig’ida tektonik botiq vujudga kelgan. Uning eng past qismi 1830 m balandlikda
joylashgan Tana tektonik ko’li bilan band.
Efiopiya tog’ligining shimoli-sharqiy qismida Qizil dengizdan Danakil tog’i
orqali ajralib turgan Afar tektonik cho’kmasi joylashgan. Uning ajralmas qismi
bo’lgan Assal botig’i okean sathidan -153 m pastda joylashgan. Bu butun Afrikaning
ham eng past joyi hisoblanadi. Afar cho’kmasi lavalar, tuflar kabi vulkanik jinslar
bilan hamda dengiz, ko’l va eol yotqiziqlar bilan qoplangan. Uning atrofida Alu (496
m), Gobuli (960 m), Umnuna (690 m), Afdera (1200 m) va boshqa vulkanlar tizimi
polosa bo’lib joylashgan. Efiopiya tog’ligi janubi-sharqda chuqur uzilma vodiy
orqali Xaud platosidan ajralib turadi. Bu plato kristall jinslardan tarkib topgan
Somali yarim oroli platosi tomon zinapoya hosil qilib pasayib boradi. Somali platosi
ham o’z navbatida janubi-sharqqa Hind okeani tomon asta-sekin pasayib borib,
qirg’oqbo’yi tekisligi bilan tutashadi. Platoning shimoliy qismi 2200-2400 m
(Shimbiris cho’qqisi, 2416 m) balandlikkacha ko’tarilib bir necha massivlarga
bo’lingan. Uning shimoliy yonbag’ri Adan qo’ltig’iga tutashgan. Somali platosi
Efiopiya tog’ligiga nisbatan ancha past, tektonik uzilmalar va yoriqlar kam
tarqalgan, lavalar bilan qoplangan yerlar oz maydonni egallagan.
Efiopiya-Somali tabiiy geografik o’lkasining iqlimi asosan ekvatorial musson
iqlim. Uning shimoliy qismi tropik cho’l va chalacho’l iqlimiga mansub. Efiopiya
tog’ligiga va Somali platosiga yog’inni Hind okeanidan esadigan musson shamollari
olib keladi. Yog’inning katta qismini tog’likning yonbag’irlari to’sib qoladi va bu
yerlarda yiliga o’rtacha 1000 mm dan ortiq yog’in tushadi. Tog’likning ichki
vodiylarida, berk botiqlarda va Somali yarim orolining katta qismida yillik yog’in
miqdori 250 mm ga, Afar cho’kmasida esa 200 mm ga ham yetmaydi. O’lkaning
eng qurg’oqchil qismi Qizil dengiz sohili hisoblanadi. Bu yerda yillik yog’in
miqdori 125 mm atrofida bo’lib, haqiqiy cho’l sharoiti hukmronlik qiladi. Qizil
dengiz sohilida yog’inning nihoyatda kam bo’lishiga sabab qish oylarida Arabiston
yarim oroli tomonidan esadigan quruq shimoli-sharqiy passat shamollarining
ta’siridir. O’lkaning baland tog’ massivlaridan boshqa barcha hududida havo juda
issiq va harorat yuqori bo’ladi. O’rtacha oylik va yillik harorat +20°S
;
dan past
bo’lmaydi. Adan qo’ltig’i sohilida yanvar oyining o’rtacha harorati +24°S ga,
iyulning o’rtacha harorati +36°S ga teng. Yoz oylarida maksimal harorat +40°+50°S
gacha ko’tariladi. Bu yer yuzidaga eng issiq hududlardan biri hisoblanadi.
Efiopiyaning baland tog’
massivlari uchun iqlimning baland tog’ mintaqaligi
xarakterli. Tog’likning 1700-1800 m balandlikkacha bo’lgan qismi issiq va nam
iqlim mintaqaga qaraydi. Bu yerda o’rtacha oylik harorat +20°S dan pastga
tushmaydi. Undan yuqorida 2400 m balandlikkacha bo’lgan tog’
Do'stlaringiz bilan baham: