X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Madagaskar. 
Madagaskar Afrika qirg’oqlari yaqinidagi yirik orol bo’lib, Yer 
sharidagi eng yirik orollardan biridir. Maydoni 587 041 km
2
. Madagaskardan shimol 
va sharqda ko’pdan-ko’p mayda orollar (Komor, Maskaren orollari va boshqalar) 
mavjud. Madagaskar janubiy yarimshardagi materiklar bilan birgalikda qadimgi 
Gondvana materigi tarkibiga kirgan. Hozir esa Afrika platformasining bir qismi 
bo’lib, materikdan mezozoy erasida ajralib chiqqan. Shuning uchun ham orolning 
rel’efi va iqlim sharoiti ko’p jihatdan materikning qo’shni qismlariga o’xshaydi. 
Madagaskar rel’efi sharqida baland Markaziy plato shimoldan janubga tomon 
cho’zilgan. Bu plato g’arbga keng yotiq zinalar hosil qilib pasayib boradi va 
pastekislikdan iborat sharqiy sohilning kambar platosiga tik jarliklar hosil qilib 
tushadi. Markaziy plato kristalli jinslar gneyslar, granitlar va slaneslardan tarkib 
topgan. Plato yuzasi balandligi 1700-2000 m bo’lgan qadimgi peneplen bo’lib, unda 
ayrim qoldiq qirlar va lavalar bilan qoplangan vulkan cho’qqilari uchraydi; ulardan 
eng balandi-Saratanana (2880 m) orolning shimolida, orolda vulkan faoliyati 
hozirgacha so’nmagan. 


57 
G’arbda plato Mozambik bo’g’izi sohilidagi sertepa keng pastekislikka tomon 
asta-sekin pasaya boradi. Bu yer bo’r va kaynozoy dengiz yotqiziqlaridan tarkib 
topgan bo’lib, tuzilishi Afrikaning Mozambik pastekisligiga o’xshaydi. Sohilni 
qoplagan to’rtlamchi davr qumlari baland dyunalarini hosil qilgan. Madagaskarda 
foydali qazilmalardan kristalli slanes orasida uchraydigan grafit konlari mashhur. 
Shu jinslar orasida oltinning katta zahiralari mfvjud. Nikel, mis, qo’rg’oshin, 
radiaktiv metallar va xilma-xil javohirlar granitlar orasida uchraydi. Ba’zi bir 
joylarda kristalli jinslarning laterit nurash po’sti orasida boksit va xilma-xil temir 
birikmalari uchraydi. 
Madagaskar iqlimi tropik iqlim bo’lib, pastekisliklarda yil bo’yi issiq bo’lsa, 
baland platolarda mo’tadil. Orolning katta qismiga yog’inning asosiy qismini Hind 
okeanidan esadigan janubi-sharqiy passatlar va shimoli-sharqiy mussonlar olib 
keladi. Sharqiy sohilda va platolarning okeanga qaragan yonbag’irlarida yomg’ir yil 
bo’yi bir tekisda yog’adi va yillik yog’in miqdori 3000 mm ga yetadi. Shu bilan 
birgalikda havo issiq bo’lib, oylik o’rtacha harorat +20° dan +27°S ga yetadi. 
Platolarda yog’in bir oz kamroq yog’adi, shunda ham yog’in miqdori 1500 mm dan 
kam emas. Tananariveda 1400 m balandlikda yanvarning o’rtacha harorati +20°S 
dan past, iyulning o’rtacha harorati +12+13°S. Orolning sharqiy qismida namlik 
ortiqcha bo’lsa, g’arbiy va janubi-g’arbiy qismida namlik yetishmaydi. Platoning 
g’arbiy yonbag’irlarida quruq davr uzoq davom etadi va yog’in miqdori 500-1000 
mm, sernam havo oqimlari kirib kela olmaydigan chekka janubi-g’arbda yiliga 400 
mm dan kam yog’in yog’adi va eng issiq oyning o’rtacha harorati + 33° ga yetadi. 
Madagaskarning eng yirik daryolari Markaziy platodan boshlanib, Mozambik 
bo’g’iziga quyiladi. Daryolar tekislikda sokin oqsa, platoning g’arbga tomon 
pasayib boradigan jarliklarini kesib o’tadigan joylarda ostonalar hosil bo’lgan. 
Daryolar rejimning bir tekisda emasligi kemachilikka halaqit beradi, chunki ba’zi 
bir daryolar qurg’oqchil davrda butunlay qurib qoladi. Shuning uchun ham eng yirik 
daryolardan ham (Onilaxi va boshqalar) mahalliy kemachilikda foydalaniladi. 
Markaziy platoning sharqiy yonbag’ridan qisqa, sersuv va serostona daryolar kesib 
o’tadi. 
 
Madagaskar orolining organik dunyosida Afrika elementlari bilan birgalikda 
Janubiy Osiyo va mahalliy elementlar, ya’ni orol quruqlikning boshqa qismlaridan 
ajralib qolganidan keyin tarkib topgan elementlar uchraydi. Madagaskar orolining 
flora va faunasi ham atrofdagi materiklardagiga nisbatan kambag’al, bu esa orolning 
bo’linib ketganiga uzoq davr bo’lganligini ko’rsatadi. Madagaskarning o’ziga 
xosligi shu darajadaki, biogeograflar uni maxsus kenja oblast deb, ba’zi zoologlar 
hatto Madagaskar zoogeografik oblasti deb ajratadilar. 
Orol florasi endemiklarning ko’pligi bilan farq qiladi (3000 o’simlik turi 
endemik). Ikkinchi tomondan, unda Afrika, Osiyo va Janubiy Amerika bilan 
umumiy bo’lgan ba’zi bir elementlar uchraydi. Masalan, sayyohlar daraxti - ravenal 
turlari faqat Janubiy Amerika bilan Madagaskar orolida uchraydi. 
Madagaskarning janubi-g’arbiy quruq chekkasi tipik chala cho’l landshaftiga 
ega. Quruq qizg’ish tuproqli yerlarda past bo’yli sertikan butalar va dag’al o’tlar 
o’sadi. Aloe va xilma-xil piyozboshlilar ayniqsa ko’p. Madagaskar faunasi tarkibiga 


58 
orolda tuyoqlilar deyarli uchramaydi, yirtqichlar, chinakam maymunlar, zaharli 
ilonlar umuman yo’q. Buning o’rniga chala maymunlar yoki lemurlar (35 turi) keng 
tarqalgan. Yer sharining boshqa qismlarida bu hayvon umuman yo’q yoki uning bir-
ikkigina turi bor. Ana shu kichik hayvonlar orolning hamma joyida, yani qalin tropik 
o’rmonlarda, sharqiy sohildagi bambukzorlarda va baland platolarda ham uchraydi.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish