X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

La-Plata pastekisligi
. Gran-Chakodan sharqda joylashgan o’lka shimoldan 
janubga 2400 km va g‘arbdan sharqqa 900 km masofaga cho‘zilgan. Uning asosiy 
qismi tektonik jihatdan Janubiy Amerika platformasining paleogen, neogen va 
antropogen davrlarning kontinental yotqiziqlari bilan to‘ldirilgan sinklizasi 
hisoblanadi. Pastekislik janubi-sharqda Atlantika okeani qirg‘oqlari bilan tutashgan, 
g‘arbda qisman Kordil’era oldi tog‘lari bilan chegaralangan. Uning yer yuzasi 
deyarli bir xil tekislikdagi relyef shakliga ega. La-Plataning shimoli- sharqida va 
janubida qadimgi platforma asosida vujudga kelgan tepaliklar va baland bo‘lmagan 
tog‘lar uchraydi. Janubda Sharqiy Pampa hududida 1000 m gacha ko‘tarilib turgan 
Pampa Serralari yoki Buenos-Ayres Serralari shular jumlasidandir. 
La-Plata pastekisligining iqlim xususiyatlari shimoldan janubga, sharqdan 
g‘arbga tomon o‘zgarib borishi bilan xarakterlanadi. O’lkaning shimoliy qismi 
tropik iqlim tipiga va janubiy qismi subtropik iqlim tipiga kiradi. Yog‘inlar yil 
davomida yog‘ib turadi, qurg‘oqchilik sezilmaydi. Janubi-g‘arbga tomon yog‘in 
miqdori kamayib, fasllararo farqlar yuzaga keladi. Parana va Urugvay daryolari 
oralig‘ida bir yilda 2000 mm atrofida yomg‘ir yog‘adi. Bu miqdor La-Plata daryosi 
qirg‘oqlarida 1000 mm gacha, undan g‘arbda 500 mm gacha kamayadi.
Pastekislikda sharqdan g‘arbga tomon yog‘in miqdorining kamayib borishi 
bilan birga iqlimning kontinentalligi orta borishi ham kuzatiladi. O’lkaning hamma 
hududida yoz oylari juda issiq, eng issiq oyning harorati janubda +23°+24°C dan 
shimolda +27°C gacha ko‘tariladi, yozda shimoldan issiq nam shamollar esib 
haroratni yanada oshiradi. May oyida harorat g‘arbiy hududlarda, Parana va 
Urugvay daryolari orlig‘ida +45
o
C gacha ko‘tariladi. Qishning o‘rtacha harorati 
hamma joylarda ijobiy, iyulning o‘rtacha harorati daryo oralig‘ida +15°C, sharqiy 
pampada +7°+9° C, g‘arbda +6
0
+10°C atrofida. Sovuq kunlar juda kam, sharqiy 
pampada harorat -10°C gacha pasayishi mumkin. Qishda ko‘proq janubiy sovuq 
shamollar esib, chang-to‘zonlar ko‘tarilib turadi. Qishda qor qoplami kuzatilmaydi, 
kamdan-kam yog‘adigan qor tezda erib ketadi. Umuman pastekislikning iqlim 


125 
sharoiti yil bo‘yi o‘simliklarning rivojlanishiga va qishloq xo‘jalik ishlarini davom 
etdirishga halaqit bermaydi. 
La-Plata pastekisligining sharqiy qismi daryo suvlari bilan yaxshi 
ta’minlangan. Bu yerdan Parana va Urugvay daryolari hamda ularning irmoqlari 
oqib o‘tadi. G‘arbiy qismida aksincha, yer usti suvlari kam tarqalgan. Sharqiy 
pampada ham daryolar juda kam suvli bo‘lib, Kordil’era oldi tog‘laridan boshlanadi 
va pampa hududidan oqib o‘tib Atlantika okeaniga quyiladi. 
O’lkada iqlimning sharqdan g‘arbga tomon o‘zgarishi tuproq-o‘simlik 
qoplamining zonallik xususiyatlarida o‘z aksini topgan. Tuproq-o‘simlik 
qoplamining meridional zonalar bo‘ylab tarqalishi yog‘inni sharqdan g‘arbga tomon 
kamayib borishining natijasidir. Pastekislikning janubiy qismining o‘simlik 
qoplamida o‘rmonlar yetakchi rol o‘ynaydi. O‘rmonlar asosan daryo vodiylari 
bo‘ylab keng tarqalgan. Ularning ko‘pchilik qismi doimiy yashil daraxtlardan tarkib 
toptan. O‘rmonlar tarkibida araukariy va bambuklar ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Butazorlar orasida paragvay choyi ko‘p uchraydi. Daryo oralig‘idagi, vodiylardagi 
botqoqlashgan va suv bosgan yerlarda gidrofil o‘simliklar, ayniqsa qamishzorlar 
yaxshi saqlangan. 
Janubi-g‘arbga tomon iqlimning kontinentallashishi daraxtzorlarning 
kamayishiga va ularning o‘rnini boshoqli o‘simliklar egallab olishiga sharoit 
yaratadi. Sharqiy pampada daraxt umuman uchramaydi, qora tuproqli tekisliklar 
chalov, selin kabi boshoqli o‘simliklar bilan qoplangan bo‘lib, ular mo‘tadil 
mintaqaning dasht landshaftlarini eslatadi. Pampaning katta qismi o‘zlashtirilgan 
qishloq xo‘jaligida bug‘doy, makkajo‘xori, ozuqa beradigan madaniy o‘tlar ekiladi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish