122
Braziliya yassi tog‘ligining iqlim sharoiti juda xilma-xil. Bunga sabab uning
hududining bir necha iqlim mintaqalarida joylashganligidadir. Yassi tog‘likning
katta qismi subekvatorial va tropik iqlim mintaqalariga to‘g‘ri keladi. Janubiy qismi
esa subtropik mintaqada yotadi. Shuning uchun bu o‘lkada harorat janubi-g‘arbdan
shimoli-sharqqa tomon o‘zgarib boradi. Shu yo‘nalishda yanvarning o‘rtacha
harorati +22°C dan +29°C gacha, iyulning o‘rtacha harorati +12°C dan +25°C gacha
oshib boradi. Haroratning sutkalik amplitudasi esa tog‘likning markazida +25°+30°
C ni, shimoli-sharqida +40°+45°C ni tashkil etadi. Janubdan keladigan sovuq havo
massalari ta’siri natijasida harorat vaqti-vaqti bilan pasayib turadi. Hatto yoz
oydarida ham sovuq havo to‘lqini bostirib kirib kelgan paytlarda harorat +15°C
gacha pasayishi mumkin.
Tabiiy geografik o‘lkaning deyarli barcha hududi uchun nam va quruq fasl
xarakterli. Ammo bu fasllarning davomiyligi va yog‘inlarining yillik miqdori yassi
tog‘likning hamma qismida bir xil emas. Masalan, tipik subekvatorial iqlimli, nam
va quruq fasllar yaqqol namoyon bo‘lgan Braziliya yassi tog‘ligining markaziy
qismida yillik yog‘in miqdori 1500-2000 mm ni tashkil etadi. Yog‘in asosan yozda
4-5 oy davomida bo‘ladi. Iqlimning kontinental o‘zgarishi sharqqa
borgan sari aniq
kuzatiladi. O‘lkaning shimoli-sharqiy qismida namlik fasli atigi 3 oy davom etib
yillik yog‘in miqdori 200-400 mm gacha kamayadi. Braziliya yassi tog‘ligining nam
subtropik iqlimli janubi-sharqiy baland ko‘tarilgan yonbag‘rida va qirg‘oq
bo‘ylarida Atlantika okeanidan keladigan nam havo massalarining ushlab qolinishi
sababli yillik yog‘in miqdori 1500 mm dan 4500 mm gacha ko‘payadi. Yog‘in
deyarli yil bo‘yi tez-tez takrorlanib turadi. Nam va quruq faslning yaqqol
ifodalanganligi, davomiyligi, atmosfera yog‘inlarining
notekis taqsimlanganligi
yassi tog‘likning o‘simlik qoplamida, madaniy landshaftlarning qiyofasida,
daryolarning rejimida va ularning xarakterli xususiyatlarida o‘zining aksini topgan.
Braziliya yassi tog‘ligining barcha daryolari yomg‘irdan to‘yinadi. Shu
sababli daryolar rejimida qishda suvning kamayishi va yozda to‘lib oqishi keskin
aks etgan. Faqat janubiy va janubi-sharqiy hududlardagi daryolar yil bo‘yi to‘lib
oqadi. Oqim Amazonka, Parana, San-Fransisku va
boshqa daryolar havzalari
o‘rtasida taqsimlangan bo‘lib, ularning barchasi Atlantika okeaniga quyiladi.
Braziliya yassi tog‘ligining tuproq-o‘simlik qoplami iqlim sharoitiga
mutanosiblashgan holda o‘zgarib boradi. O‘lkaning shimoli-g‘arbiy va shimoliy
hududlarida podzollashgan laterit tuproqlar ustida sernam yashil tropik o‘rmonlar –
gileyalar rivojlangan. Undan janubroqda quruq faslda bargini to‘kuvchi o‘rmonlar
boshlanadi. Yassi tog‘likning markaziy qismida kserofit butazor savannalar, daryo
vodiylari bo‘ylab palma galereya o‘rmonlari cho‘zilgan. Qurg‘oqchil shimoli-
sharqiy platolardagi qizg‘ish-jigar rang, qizg‘ish-qo‘ng‘ir
tuproqlar ustida chala
cho‘llarga xos kserofit sukkulent siyrak o‘rmonlar
Do'stlaringiz bilan baham: