X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

 Patagoniya. 
Patagoniya Janubiy Amerikaning eng qurg‘oqchil tabiiy 
geografik o‘lkalaridan biri bo‘lib, materikning janubi-sharqiy qismida joylashgan. 
Uning shimoliy hududi Rio-Kolorado va Rio-Negro daryolari vodiylaridan 
boshlanib, janubda Olovli Yergacha davom etadi. G‘arbda Patagoniya yassi tog‘ligi 
And tog‘laridan bo‘ylama tektonik botiq orqali ajralib turadi. Sharqda tik yonbag‘ir 
hosil qilib Atlantika okeani sohili bilan tutashadi. Patagoniya shimoldan janubga 
tomon 500 m dan 150 km gacha torayib boradi. 
Patagoniya yassi tog‘ligining zamini kembriydan oldin va paleozoyda hosil 
bo‘lgan, gertsinda burmalangan qadimgi kristall jinslardan tarkib topgan 
platformadan iborat. Platformaning kristalli va metamorfik jinslari Rio-Kolorado 
daryosi bo‘ylab, Rio-Negro va Chubut, Rio-Deseado va Rio-Chiko daryolari 
oraliqlarida yer yuzasiga chiqib qolgan. Platformaning asosiy katta qismi gorizontal 
joylashgan bo‘r, neogen davrlarining yotqiziqlari, to‘rtlamchi davrning morena 
yotqiziqlari bilan qoplangan. 
Yassi tog‘likning yer yuzasi kuchli tekislangan bo‘lib, Atlantika okeani 
sohilidan shimoli-g‘arbga tomon zinapoyasimon balandlashib boradi. Jumladan, 
Atlantika okeani sohillarida o‘rtacha balandlik 100-200 m ni, yassi tog‘lik 
markazida 400-500 m ni, And tog‘lari yaqinida 800-1000 m ni hamda Rio-Negro va 
Chubut daryolari oralig‘ida 1700-2000 m ni tashkil etadi. Sohil bo‘ylab 8 ta dengiz 
terrassalari hosil bo‘lgan. O‘lka hududa faqat morfologik jihatdan emas, balki tabiiy 
geografik jihatdan ham bir-biridan farq qiladigan bir necha tarkibiy qisimlarga – 
baland ko‘tarilgan yassi platolarga, massivlarga, qiya yonbag‘irli qirlarga bo‘lingan. 
Yassi tog‘likning shimoliy qismi chuqur kanyonlar bilan, janubiy qismi soyliklar 
bilan kesilgan. 
Patagoniya yassi tog‘ligining iqlimi nihoyat darajada quruq. Bu yerda 
mo‘tadil mintaqaning chala cho‘l iqlim tipi hukmronlik qiladi. Iqlimning quruq 
bo‘lishiga birinchidan, Patagoniya yog‘inlarni faqat g‘arbiy shamollar yordamida 
oladi, ammo Tinch okeanidan keladigan nam havo massalarini And tog‘larining 
g‘arbiy yonbag‘irlari to‘sib qoladi. Namlikdan mahrum bo‘lgan havo massalari 
tog‘dan oshib o‘tib, fyon shamollari tarzida Patagoniyaga kirib kelib, kam miqdorda 
yog‘in beradi. Ikkinchidan, Patagoniya o‘lkasi sharq tomondan yil bo‘yi Folklend 
sovuq oqimi ta’sirida bo‘lib, Atlantika okeanidan nam havo massalari yetib kela 
olmaydi. Sovuq oqim o‘z navbatida yassi tog‘likdan atmosfera yog‘inlarining hosil 
bo‘lishiga salbiy ta’sir etib, yoz oylari haroratning yuqori ko‘tarilishiga imkon 
bermaydi. 


128 
Patagoniyada eng kam yog‘in tushadigan joylar Atlantika sohillari va yassi 
tog‘likning ichki hududlari hisoblanadi. Bu yerlarda yillik yog‘in miqdori 120-150 
mm atrofida bo‘ladi. And tog‘ etaklari va unga yaqin joylarda yog‘in 300-400 mm 
gacha ko‘payadi. O‘lkaning eng janubiy qismida ham And tog‘laridagi ko‘ndalang 
vodiylar orqali nam havo massalarining kirib kelishi hisobiga yog‘in miqdori 400-
600 mm gacha ortadi. Maksimum yog‘in hamma joyda qish fasliga to‘g‘ri keladi. 
Yoz oylari yassi tog‘likning shimolida issiq, janubida salqin. Shimolda Rio-
Negro vodiysida yanvarning o‘rtacha harorati +20
0
+22
0
C ga, shimol-g‘arbda esa 
+34°C gacha ko‘tariladi. Qish oylari juda salqin sovuq bo‘lganda harorat -30°-35°C 
gacha pasayadi. Iyulning o‘rtacha harorati shimolda +4° +5°C ni, janubda -5°C ni 
tashkil etadi.
Patagoniyaning quruq dasht va chala cho‘l iqlim sharoiti, qurg‘oqchilikni va 
kuchli shamollarning uzoq davom etishi daraxtli o‘simliklarni o‘sishiga to’sqinlik 
qiladi. Yog‘in miqdori ko‘p bo‘lgan And tog‘ etaklarida o‘rmonlar orollar tarzida 
uchraydi. O‘lkaning qolgan aksariyat qismida boshoqlilar, yostiqsimon va qattiq 
bargli butalar o‘sadi. Shimolning quruq dasht landshaftlarida kumushrang Argentina 
qo‘ng‘irboshi, yovvoyi suli, chalov va betagalarning bir necha turlari ko‘pchilikni 
tashkil etadi. Yassi tog‘likning chala cho‘l landshaftlarida doimiy yashil kaktuslar, 
opunsiyalar, yer bag‘irlab o‘sadigan yostiq butalar uchraydi. Janubdagi tundra 
landshaftlarida mox va lishayniklar keng tarqalgan. 
O‘lka hududida aholi punktlari juda kam uchraydi. Borlari ham shamollardan 
himoyalangan va suv bilan ta’minlangan Rio-Negro, Chubut, Rio-Desrada, Rio-
Chiko daryolarining vodiylarida o‘rnashgan. Bu daryolar tranzit daryolar bo‘lib, o‘z 
suvini And tog‘laridagi qorlardan, muzliklardan va ko‘llardan oladi. Patagoniyaning 
quruq iqlim sharoitli qo‘ng‘ir, bo‘z va kashtan tuproqlarida sun’iy sug‘orishni 
qo‘llamasdan dehqonchilik qilish mumkin emas. Aholining asosiy qismi 
chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Kam o‘zlashtirilgan dasht va chala cho‘llarda 
lama, magellan iti, sassiqko‘zan, pampa mushugi va zirhrlilar yashaydi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish