135
dengiz iqlim tipi bilan, janubda mo‘tadil kengliklarga yaqin joylarda nam o‘rmon
iqlim tipi bilan almashinadi. Subtropik Andning sharqiy qismi uchun qurg‘oqchil
iqlim tipi xarakterli.
O‘lka hududida havo harorati bir tekisda taqsimlanmagan. Yoz bilan qish
oylarining harorati o‘rtasidagi tafovutlar ham aniq ifodalangan. Eng salqin oyning
o‘rtacha harorati +11°C bo‘lsa, eng issiq oyniki +17°+18°C ni tashkil etadi.
Santyagoda eng salqin oyning o‘rtacha harorati +7°+8° C ga va eng issiq oyniki
+20°C ga teng. Yog‘in miqdori ham shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa tomon
ko‘payib boradi. O‘lkaning shimolida yiliga o‘rtacha 100 mm, o‘rta qismida 350
mm, janubida 750 mm yog‘in yog‘adi. Janubda yog‘inlar yil davomida deyarli bir
xilda taqsimlangan. O‘lkaning eng janubiy qismida 37°- 42° j.k. lar oralig‘ida yog‘in
miqdori 2000 mm dan oshadi. Bosh Kordil’eraning g‘arbiy yonbag‘rida yog‘in
sharqiy yon bag‘iriga nisbatan ko’p bo‘ladi. Dehqonchiliq asosan sun’iy sug‘orish
yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Subtropik And tog‘li o‘lkasining tuproq-o‘simlik qoplami xilma-xil. Bu yerda
quruq subtropiklar uchun xarakterli bo‘lgan tipik jigar rang tuproqlar keng tarqalgan.
Markaziy vodiyda qora tuproqlarga o‘xshash qoramtir rangli tuproqlar rivojlangan.
Chilining markaziy qismida aholining juda ham zich joylashganligi va ularni qishloq
xo‘jaligi bilan shug‘ullanganligi tufayli tabiiy holdagi tuproqlar va o‘simliklar
qoplami kuchli o‘zlashtirilgan. Tabiiy landshaftlar o‘rnini seliteb shahar va
agrolandshaftlar egallagan.
O‘lkaning tabiiy o‘simlik qoplamida doimiy yashil butalar ko‘pchilikni
tashkil etadi. Janubda butazorlar asta-sekin past bo‘yli va seyrak o‘rmonlar bilan,
keyin baland bo‘yli qalin o‘rmonlar bilan almashinadi. O‘rmonlarda doimiy yashil
janub buki, Chili arakuariysi relikt asal palmasi, tik (sovun daraxti), persee dafnasi
ko‘p uchraydi. Daryo vodiylarida evkaliptlar va piramidal teraklar ekilgan.
O‘rmonlar Bosh Kordil’eraning g‘arbiy yonbag‘irlarida janub buki keng tarqalgan
bo‘lib, ular quruq davrda bargini to‘kadi. O‘rmonlarning yuqori chegarasi Subtropik
And tizmalarida 2000-2500 m gacha ko‘tariladi. Tog‘ o‘rmon mintaqasidan
yuqorida tog‘ o‘tloqzorlari joylashgan. Bu mintaqada al’p o‘tloqlari uchun xarakterli
bo‘lgan yoron gul, qimizak, primula, lyutik, toshyorar kabi o‘t o‘simliklari o‘sadi.
Buta o‘simliklaridan barbaris (qoraqand) va smorodina (qoraqat) uchraydi. Tog‘
o‘tloqlari yaylov sifatida foydalaniladi.
Subtropik And o‘lkasining madaniy o‘simliklari ko‘proq Shimoliy Amerika
va Yevropa subtropik iqlim mintaqalariga xos o‘simliklarga o‘xshaydi. Ayniqsa
subtropik madaniy o‘simliklarning ko‘pchilik turlari Yevropaning O‘rta dengiz
mamlakatlaridan keltirilgan. Bular toklar, zaytun daraxtlari, sitruslar va boshqa
mevali daraxtlardir. Qishloq xo‘jaligida asosan bug‘doy va makkajo‘xori
yetishtiriladi. Tog‘ yonbag‘irlarida mahalliy aholi kartoshka, no‘xat, yasmiq, loviya,
piyoz va qalampir ekishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: