X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Markaziy And. 
Markaziy And tog‘li o‘lkasiga And tog‘ tizimining o‘rtacha 
qismi, 4° j.k. va 27° j.k. lar oralig‘i kiradi. Markaziy Andning eng kengaygan joyi 
750 km ni tashkil etadi. Markaziy And tog‘lari uzoq masofaga cho‘zilgan va Tinch 
okean qirg‘oqlarida joylashgan bo‘lishiga qaramasdan And tog‘ tizimining tabiiy
geografik o‘lkalaridan o‘zining quruq va kontinental iqlimiy sharoiti bilan ajralib 
turadi. Tuproq-o‘simlik qoplami va ularning tiplari ham iqlim sharoitiga moslashgan 
holda taqsimlangan. 
O‘lkaning shimoliy qismida Markaziy And tog‘lari bir necha katta 
balandlikdagi parallel tizmalarga bo‘lingan. Shulardan eng kattasi G‘arbiy
Kordil’era tog‘ tizmasi bo‘lib, unda eng baland cho‘qqilari (Uaskaran, 6768 
m, Yerupaxa 6632 m) joylashgan. O’lkaning bu qismida harakatdagi vulkanlar 


132 
uchramaydi. Janubroqda And tog‘ tizimi ancha kengaygan bo‘lib, uning o‘rta 
qismini keng baland yassi tog‘liklar, platolar egallab olgan. Yassi tog‘liklar har
ikkala tomondan baland, ko‘tarilgan G‘arbiy va Sharqiy Kordil’era tog‘ tizmalari 
bilan o‘ralgan. Bulardan eng balandi G‘arbiy Kordil’eradir. Uning yuqori qismlarida 
bir qator so‘ngan va harakatdagi vulkanlar to‘g‘ri konus shaklini hosil qilib baland 
qad ko‘tarilib turadi. Bular 
Oxos-del-Salado (6880 m
), 
Lyulyaylyako (6723 m), 
Koropuna (6613 m), San-Pedro (6180 m), Ualyatiri (6060 m), Misti (5842 m)
va 
boshqalar. 
Shimoliy Chilining Tinch okean sohilida balandligi 600-1000 m ga yetadigan 
kristall jinsli Qirg‘oq Kordil’erasi ko‘tarilgan, past tizma G‘arbiy Kordil’eradan 
qirg‘oq bo‘ylab cho‘zilgan 
Atakama cho‘li
orqali ajralgan. Atakama cho‘li bo‘ylama 
tektonik botiq bo‘ylab, shimoldan janubga tomon 1000 km masofaga cho‘zilgan. 
Qirg‘oq Kordil’erasi tik yonbag‘ir hosil qilib okean bilan tutashgan. Shuning uchun 
bu qirg‘oq kemalarning to‘xtashiga juda katta qiyinchiliklar tug‘diradi. 
G‘arbiy va Sharqiy Kordil’era tizmalari oralig‘ida vujudga kelgan And yassi 
tog‘liklari okean sathidan 3000 m dan 4500 m gacha balandliklarda joylashgan. 
Ularning yuzasida parchalangan tosh uyumlari vulkanik materiallar, sochiluvchan 
qum uyumlari keng tarqalgan. Pastqam yuzalarda ko‘llar ham uchraydi. Eng yirik 
Titikaka tog‘ ko‘li 3810 m balandlikda hosil bo‘lgan. O‘lka hududida Boliviyaning 
poytaxti La-Pas shahri okean sathidan 3650 m balandlikda joylashgan. 
Yassi tog‘liklar yuzasi o‘rtacha balandligi 1000-2000 m bo‘lgan turli xil 
yo‘nalishdagi baland tizmalar bilan kesilgan. Bu tizmalarning cho‘qqilari 
harakatdagi vulkanlardan iborat. G‘arbiy Kordil’era Markaziy Andning bosh 
suvayirg‘ichi bo‘lib, undan boshlanuvchi daryolarning ko‘pchiligi sharqqa tomon 
oqib, yassi tog‘liklarni kesib o‘tadi, chuqur vodiylar va daralar hosil qiladi. Sharqiy 
Kordil’eraning yassi tog‘likka qaragan g‘arbiy yonbag‘ri tik, sharqiy yonbag‘ri qiya. 
Bu yerda ayrim tog‘ cho‘qqilari 6000 m dan yuqori ko‘tarilgan. Shulardan eng 
balandlari 
Ilimani (6882 m) 
va
Ilyampu (6550 m)
tog‘ cho‘qqilaridir. Sharqiy 
Kordil’era G‘arbiy Kordil’eradan farq qilib, unda vulkanlar umuman uchramaydi.
Markaziy And o‘lkasining tabiatida cho‘l va chala cho‘l landshaftlari 
hukmronlik qiladi. Arid iqlimli landshaftlar Tinch okean sohilini G‘arbiy 
Kordil’eraning g‘arbiy yonbag‘irlarini, yassi tog‘liklarni egallagan. Faqat Markaziy 
Andning sharqiy yonbag‘ri nam passat shamollari ta’sirida bo‘lganligi uchun yog‘in 
miqdori bir oz ko‘payadi, o‘simlik qoplami xilma-xil turlar bilan boyiydi. 
G‘arbda shimoldan janubga tomon Peru sovuq oqimining ta’sirini kuchayib 
borishi tufayli chala cho‘l iqlim tipi cho‘l iqlim tipi bil almashinadi. Shimolda yillik 
yog‘in miqdori 200-250 mm atrofida bo‘lsa, janubda Tinch okean sohillarida va 
Atakama cho‘lida 100 mm gacha, ayrim joylarda 25 mm gacha kamayadi. 
Yog‘inning asosiy qismi yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Qirg‘oq Kordil’erasining 
sharqiy tomonida shunday joylar borki, yil davomida yog‘in umuman kuzatilmaydi. 
Lekin bu zonada havoning nisbiy namligi 80% atrofida bo‘lib, qish oylarida 
tumanlar, shudringlar tez-tez tushib turadi va kserofit o‘simliklarni namlik bilan 
ta’minlaydi. Sovuq oqim o‘lkaning haroratining mo‘tadil bo‘lishiga va qayta 
taqsimlanishiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin shimoldan janubga tomon 


133 
yanvarning o‘rtacha harorati +24°C dan +19°C gacha, iyulniki esa +19°C dan +13°C 
gacha pasayadi. 
Markaziy And o‘lkasida tuproq-o‘simlik qoplami eng kam rivojlangan joy 
Atakama cho‘li hisoblanadi. Bu yerda siyrak holatda o‘sadigan efemer o‘simliklarni 
faqat yilning tumanli faslida uchratish mumkin. Cho‘lning aksariyat qismi 
o‘simliklar o‘sa olmaydigan qattiq sho‘r yerlardan iborat. G‘arbiy Kordil’eraning 
Tinch okeanga qaragan yonbag‘ri juda quruq. Bu yerda tog‘ cho‘l zonasining yuqori 
chegarasi tizmaning shimolida 1000 m dan janubida 3000 m balandlikkacha 
ko‘tarilgan. Uning yonbag‘irlari juda siyrak kserofit o‘simliklar – kaktuslar va 
opunsiyalar bilan qoplangan, 
Tinch okean sohili cho‘l landshaftlari yassi tog‘likning janubi-g‘arbida 3000-
4500 m balandliklar oralig‘ida tog‘ chala cho‘l mintaqasi bilan almashinadi. Bu 
mintaqada atmosfera yog‘inlari 250 mm gacha tushadi. Qish oylarining o‘rtacha 
harorati musbat. Qattiq sovuq paytida harorat -20
0
C gacha pasayadi. Yozning 
o‘rtacha harorati +14
0
+15°C ga teng. O‘simlik qoplami siyrak. Pakana bo‘yli 
butalar, boshoqdoshlar (chalov, rovak), kaktuslar, lishayniklar o‘sadi. Sho‘rxok 
yerlar o‘simliklarga juda kambag‘al. Bu yerda shuvoq va efedralarni uchratish 
mumkin. 
Markaziy Andning sharqiy va shimoliy qismlarida namgarchilik biroz 
ko‘payib, yillik yog‘in miqdori 800-1000 mm ni tashkil etadi. O‘simlik qoplami va 
uning turlari boyib, tog‘ chala cho‘l mintaqasi tog‘ dasht landshaftlari bilan 
almashinadi. Dasht mintaqasini mahalliy aholi 
puna
deb atashadi. Puna uchun 
xarakterli bo‘lgan o‘simliklar asosan boshoqdoshlar oilasiga mansub (chalov, 
betaga, veynik va b.). Punada boshoqli o‘simliklardan tashqari yostiqsimon butalar, 
bir yillik pakana bo‘yli daraxtlar ham o‘sadi. Markaziy Andda puna landshaftlari 
juda katta maydonni egallagan. Bu mintaqada aholi zich joylashganligi sababli voha 
landshaftlari Tinch okean sohilidagi cho‘llarga nisbatan keng tarqalgan. Aholi 
o‘lkaning 4000 m va undan ham yuqori qismlarida dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. 
Puna aholisi asosan kartoshka, boshoqli don ekinlari yetishtiradi. 4000 m dan
baland joylarda sho‘radosh oilasiga mansub bo‘lgan kinoa ekiladi. Kinoa doni 
mahalliy aholi uchun asosiy ozuqa bo‘lib xizmat qiladi. 
Markaziy Andning baland cho‘qqilarida baland tog‘ cho‘l landshaftlari 
shakllangan. Shimolda 6000 m dan va janubda 5000 m dan baland joylarda havoning 
harorati yil bo‘yi 0° C dan past bo‘ladi. Iqlimining kontinental va quruq bo‘lishi tog‘ 
muzliklarining rivojlanishiga imkon bermaydi. Yirik muzliklar yog‘in miqdori 
ko‘proq bo‘lgan Sharqiy Kordil’erada uchraydi. 
Markaziy And tog‘li o‘lkasining sharqiy yonbag‘ridagi lanshaftlarda va 
ularning balandlik bo‘ylab taqsimlanishi G‘arbiy Kordil’era tizmalaridan keskin 
farq qiladi. Sharqiy Kordil’eraning sharqiy yonbag‘irlariga yoz oylarida esib 
turadigan nam passat shamollari Atlantika okeanidan kam miqdorda yog‘in olib 
kelib turadi. Natijada tizmaning 1000-1500 m balandlikkacha bo‘lgan qismida turli 
xil palmalar, xin daraxtlari va boshqalardan tashkil topgan qalin tropik o‘rmonlar 
hosil bo‘lgan. Bu mintaqaning daryo vodiylarida shakarqamish, kofe, kakao, tropik 
mevali ekinlar yetishtiriladi. Tizmaning 3000 m balandlikkacha bo‘lgan yonbag‘rida 


134 
past bo‘yli doimiy yashil o‘rmonlar, qalin bambukzorlar, qirqquloqzorlar, 
daraxtlarga chirmashib o‘sadigan o‘simliklar yaxshi rivojlangan. 3000 m dan 
yuqorida tog‘ butazorlari va baland tog‘ dasht landshaftlari joylashgan. Shu boisdan 
Markaziy Andda landshaftlar asimmetriyasi juda yaqqol ifodalangan. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish