136
tomon pasayib, okean suvi tagida qolib ketadi. Eng janubdagi qo‘ltiqlar va bo‘g‘izlar
uning davomi hisoblanadi, Chili arxipelagini materikdan ajratib turadi.
Patagoniya Andining baland nuqtasi shimolda 3000 m dan oshsa, janubda
2000 m ga ham yetmaydi. Uning shimoliy qismida
harakatdagi vulkanlar keng
tarqalgan.
Minchimavida (2470m), Korkovado (2110m)
va
Ueki (1050m)
vulkanlari
shular jumlasidandir. Kordil’eraning o‘rta qismida Patagoniya Andining eng baland
nuqtasi
San-Valentin (4058 m)
tog‘i joylashgan.
Patagoniya Andi tabiiy geografik o‘lkasi uchun nam, mo‘tadil okean iqlimi
xarakterli. Janubda joylashgan bo‘lishiga qaramasdan qish va yoz oylarining
o‘rtacha haroratida katta farqlar uncha sezilmaydi. O‘lka hududi doimo kuchli nam
g‘arbiy shamollar ta’sirida bo‘lib, ular And tog‘larining g‘arbiy yonbag‘irlariga
katta miqdorda namlik olib keladi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 2000-3000 mm ni
tashkil etadi. Bosh Kordil’eraning g‘arbiy yonbag‘irlarida yillik yog‘in miqdori
5000-7000 mm dan ham oshadi. Bu ekvatorial va subekvatorial iqlim mintaqalarida
joylashgan Amazoniya pastekisligiga tushadigan yog‘in miqdoridan bir necha marta
ko‘p. Shuning uchun bu yerda gileyalarga o‘xshash qalin, baland bo‘yli, o‘tib
bo‘lmaydigan
gemigeliya
o‘rmonlari yaxshi rivojlangan.
Patagoniya Andining iqlim xususiyatlaridan biri yil davomida yomg‘irli, past
bulutli, tumanli, kuchli shamolli kunlarning ko‘p bo‘lishi
va havo haroratining
mo‘tadilligidir. Kuchli shamollarning va yomg‘irli kunlarning takrorlanishi bir yilda
200 kundan oshadi. Qishning o‘rtacha harorati +4°+7°C atrofida bo‘ladi. Yozning
o‘rtacha harorati +15°C dan oshmaydi, janubda esa +10°C gacha pasayadi. Baland
tog‘larda yil davomida manfiy harorat hukmronlik qiladi. Tizmaning sharqiy
yonbag‘rida harorat -30°C gacha pasayadigan sovuqlar bo‘lib turadi.
O‘lka iqlimining ikkinchi xususiyati Patagoniya Andida qor chizig‘ining juda
ham past bo‘lishiga va muzliklarning rivojlanishiga qulay sharoit yaratganligidir.
Bosh Kordil’eraning shimolida qor chizig‘i 1500 m balandlikda bo‘lsa, janubda
1000 m dan ham pasayadi. Markaziy Andda qor chizig‘i Patagoniya Andiga nisbatan
juda yuqori bo‘lib, 5600-6100 m gacha Punada hatto 6300
m balandlikkacha
ko‘tariladi.
Patagoniya Andida hozirgi muzliklar keng tarqalgan bo‘lib, ular asosan ikkita
markazda mujassamlashgan. Birinchi shimoliy markaz 46°-47°40 j.k. lar oralig‘ida
va ikkinchi janubiy markaz 48°20 - 51°30 j.k. lar oralig‘ida vujudga kelgan. Bu
muzliklar
Patagoniya muzlik qalqoni
deb ataladi. Shimoliy muzlik San-Valentin
tog‘ massivida joylashgan bo‘lib, uzunligi 700 km va eng keng joyi 70 km masofaga
cho‘zilgan. Umumiy maydoni 20 000 km
2
dan ortiq, bu Kavkazning tog‘
muzliklaridan 10 hissa katta. Janubiy muzlik Piramide (3380 m) va Muralon (3600
m) tog‘ massivlarini qoplab olgan. Umumiy maydoni 14 000 km
2
ga teng.
Ikkita
muzliklar markazi bir-biridan materik ichkarisiga ko‘ndalang yorib kirgan chuqur
Beyker fordi orqali ajralib turadi. Patogoniya Andining muzlik qoplami o‘zining
shakliga ko‘ra xilma-xil bo‘lib, uni ayrim olimlar pleystosen davridagi qalin
muzliklarning qoldig‘i (relikt muzlik) deb hisoblashadi.
Patagoniya Andida ko‘llar ham keng tarqalgan. Bulardan eng yiriklari
Buenos-Ayres, Pueyrredon,
San-Martin, Vedma, Arxentino va boshqa ko‘llardir.
137
Buenos-Ayres (2400 km
2
) o‘lka hududida eng katta ko‘l hisoblanadi. Muzliklar va
ko‘llar Tinch okeanga va qisman Atlantika okeaniga quyiladigan daryolarni suv
bilan ta’minlaydi.
O‘lkaning o‘simlik qoplami nihoyatda xilma-xil. O‘rmonlar tarkibida doimiy
yashil daraxt turlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Patagoniya Andidagi o‘rmonlarning
qalinligi, turlarga boyligi, ko‘p yarusliligi, chirmashib o‘sadigan lianalar, moxlar va
lishayniklarning keng tarqalganliga nam subtropik yoki tropik o‘rmonlarni eslatadi.
Tuproq qoplami shimolda qo‘ng‘ir va janubda podzol tuproqlardan iborat. Tekislik
joylarda botqoq tuproqlar uchraydi. O‘lka flora majmuasining asosiy o‘simlik turlari
doimiy yashil va bargini to‘kadigan
janub buk, magnoliya, igna bargli alerse va
libosedruslar,
bambuklar,
daraxtsimon
qirqquloqlardan
tarkib
topgan.
O‘rmonlarning sernamligi tufayli daraxtlarning tanalarini
mox va lishayniklar
qoplab olgan. O‘rmonlar materikning janubiy qismiga borgan sari siyraklashib
boradi. Eng janubda ular tundra tipidagi o‘simliklar bilan almashinadi. Bosh
Kordil’eraga ko‘tarilgan sari qalin o‘rmonlar tarkibi bir oz o‘zgarib, siyrak va past
bo‘yli o‘rmonlar bilan almashinadi. Siyrak o‘rmonlar qariyb qor chizig‘igacha
ko‘tarilib boradi. Tog‘ o‘tloqzorlar mintaqasi o‘lka hududida uchramaydi.
Tizmaning Patagoniya yassi tog‘ligiga qaragan sharqiy yonbag‘rida yog‘in g‘arbiy
yonbag‘riga nisbatan kam bo‘ladi. Bu yerdagi o‘rmonlar Tinch okean
qirg‘oqlaridagi o‘rmonlarga nisbatan siyrak va o‘simlik turlariga kambag‘alroq.
Asosiy o‘simlik turlari buklardan va igna bargli daraxtlardan tarkib topgan. Tog‘
etaklaridagi o‘rmonlar o‘rnini quruq dasht landshaftlari
va kserofit butazorlar
egallagan.
Patagoniya Andining tabiiy landshaftlari inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida kam
o‘zlashtirilgan. O‘lkaning shimolida o‘rmonlardan tozalangan yerlarda yem-hashak
beradigan o‘tlar ekiladi. Janubiy qismida haydalgan yerlar juda kam uchraydi.
Shuning uchun tabiiy o‘simliklar ham tabiiy landshaft majmualari ham o‘zining asl
holatini hozirga qadar yaxshi saqlab kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: