181
fyon tipidagi kuchli shamollar esib, qor bo‘ronlarini va qor uyumlarini hosil qiladi.
Bunday shamollarni hindular
chinuk
deb atashadi. Yozda chinuk garmsel
xarakteriga ega bo‘lib, qurg‘oqchilik hodisalarini vujudga keltiradi. Fyon shamollari
tufayli tekisliklarning g‘arbida qish sharqqa nisbatan iliq bo‘ladi. Janubda eng sovuq
oyning o‘rtacha harorati +5°S atrofida bo‘lib, barqaror qor qoplami kuzatilmaydi.
Iyulning o‘rtacha harorati shimolda +13°S dan janubda +28°S gacha ko‘tariladi.
Yog‘in miqdori o‘lka hududi bo‘ylab bir tekisda taqsimlanmagan. O‘rtacha
yillik yog‘in miqdori mo‘tadil mintaqaning sharqida 500 mm dan, g‘arbida 250 mm
gacha va subtropik mintaqaning sharqida 600 mm dan, g‘arbida 300 mm gacha
kamayib boradi. Buyuk tekisliklar o‘lkasining iqlimi kontinental bo‘lganligi sababli
daryo to‘ri yaxshi rivojlanmagan, sersuv daryolar kam uchraydi. Barcha daryolari
Qoyali tog‘lardan boshlanadi. Daryo suvlarining ko‘tarilishi bahor oylariga to‘g‘ri
kelib, ular qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi. O‘lkaning eng shimoliy qismidagi
daryolari o‘z suvini Kanada ko‘llariga, eng janubidagi daryolari Meksika qo‘ltg‘iga
quyadi. O‘rta qismidagi daryolari Missisipi havzasiga qaraydi. Missuri va uning
irmoqlari Kaneydian, Arkanzas, Platt, Yellouston va boshqalarning suvi ekin
maydonlarini sug‘orishda keng foydalaniladi. Barcha tezoqar daryolar tog‘lardan
yemirilgan va parchalangan materiallarni oqizib kelib quyi qismida konussimon
yoyilmalar hosil qilgan.
Buyuk tekisliklarning shimoliy qismida o‘rmon-dasht zonasi kenglik bo‘ylab
joylashgan. Janubda bu zona qora tuproqli dasht (preriya) zonasi bilan almashinadi.
Bu zonalarning almashinishi shimoldan janubga tomon emas, balki shimoli-
sharqdan janubi-g‘arbga tomon sodir bo‘ladi. Chunki, atmosfera yog‘inlarining
miqdori ham huddi shu yo‘nalishda kamayib boradi. O‘lka hududida dasht
landshaftlari – preriyalar katta maydonni egallagan. Uning sharqiy chekkasida
o‘rmon qo‘ng‘ir tuproqlari ustida o‘sib yotgan keng bargli o‘rmonlar uchraydi.
Janubidagi subtropik iqlim mintaqasida butazorli savannalar mavjud. Buyuk
tekisliklarning quruq iqlimli va kashtan tuproqli preriyalari past bo‘yli amerika
boshoqli o‘tlari bilan qoplangan. Ayniqsa, bizon o‘tlari ko‘pchilikni tashkil etadi.
Bepoyon preriya yalangliklari o‘rtasida orollar shaklidagi o‘rmonlar faqat Blek-Xils
tog‘ida uchraydi. Janubda o‘t o‘simliklari bilan birga tikanli meskit, akasiya va
kaktuslarning bir necha turlari o‘sadi.
O‘lkaning dastlabki tabiiy landshaftlari inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida kuchli
o‘zgargan. Haydalgan yerlarga don ekinlari va yem-hashak o‘tlari ekiladi.
Preriyalarning katta maydoni chorva mollari boqishda yaylov sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: