X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Subtropik doimiy yashil o‘rmonlar



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Subtropik doimiy yashil o‘rmonlar. 
Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida, 
keng bargli o‘rmonlardan janubda joylashgan. Bu zona Missisipi va Atlantikabo‘yi 
pastekisliklarining janubiy qismini o‘z ichiga oladi. Musson iqlimli sernam 
o‘rmonlar tagida sariq va qizil tuproqlar tarqalgan. O‘rmonlarda doimiy yashil 
magnoliya, buk, eman, sarv daraxti o‘sadi. 
O‘rmon-dasht. 
 
Kanada taygasidan janubda, AQSh ning aralash va keng 
bargli o‘rmonlaridan g‘arbda joylashgan. Uning tarkibiga Markaziy tekisliklarning 
g‘arbiy, Missisipi daryosining o‘ng sohilidagi qismi, Buyuk tekisliklarning 
shimolidagi shimoliy va janubiy Saskachevan daryo oralig‘i kiradi. Radiasiya 
balansi shimoldan janubga tomon 30 kkal/sm
2
dan 50 kkal/sm
2
gacha o‘zgarib 
boradi. Zonaning o‘tkinchi xarakterli xususiyatlari tuproq-o‘simlik qoplamida va 
hayvonot olamida aniq seziladi. Shimoliy o‘rmon-dashtda chimli-podzol, o‘rmon 
bo‘z va ishqorsizlangan qora tuproqlar, janubiy qismida preriya qora tuproqlari keng 
tarqalgan. Tuproqlarning qoramtir gumus qoplamida 3-6% gacha chirindi bor. 
O‘simlik qoplami o‘tloq-dasht va o‘rmon tiplaridan iborat. O‘rmon-dasht zonasi 
inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida qadimdan yaxshi o‘zlashtirilgan. Shuning uchun asl 
preriya landshaftlari saqlanmagan. Zona hududida don ekinlaridan bug‘doy, arpa, 
zig‘ir, makkajo‘xori, suli ko‘p ekiladi. 
Dasht.
 
Bu zona o‘rmon-dashtdan g‘arbda joylashgan bo‘lib, unga Buyuk 
tekisliklarning deyarli hamma hududi va Markaziy tekisliklarning g‘arbiy chekka 
qismi kiradi. Zonaning radiasiya balansi o‘rmon-dashtga o‘xshash 30-50 kkal/sm
2
ni tashkil etadi, lekin yog‘in miqdori sharqdan-g‘arbga tomon 500 mm dan 250 mm 
gacha kamayadi. Dashtlar mo‘tadil va subtropik mintaqalardagi qora va kashtan 
tuproqli, o‘t o‘simliklar bilan qoplangan o‘rmonsiz yerlardir. Zonada g‘alla gulli 
o‘simliklar – chalov, betaga, bizon o‘ti, borodach kabilar ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Shimoliy Amerikada dashtlar 
preriyalar
deb ataladi. Preriyalarning katta qismi 


169 
inson tomonidan o‘zlashtirilgan, unumdor yerlar haydalib, keng maydonda 
agrolandshaftlar barpo etilgan. O‘zlashtirilmay qolgan yerlar chorva boqiladigan 
yaylovlarga aylantirilgan. Preriyalarning o‘zlashtirilishi uning hayvonot olamiga 
ham ta’sir etgan. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish