172
o’tkazadi. Kuzatuv natijasida orolning meteorologiyasi va glyasiologiyasiga oid
qimmatli ma’lumotlar to’plangan.
Grenlandiya shimoldan janubga deyarli 24°ga cho’zilgan.
Uning janubiy
chekkasi Farvel burni 59°46 sh.k. da, chekka shimoliy nuqtasi Shimoliy qutb
yaqinidagi Morris-Jesep burni 83°39 sh.k. da joylashgan. Bir tomondan qutbga
yaqinligi, ikkinchi tomondan esa, sovuq oqimlar ta’siri, Grenlandiya tabiiy
sharoitining sovuq bo’lishiga sabab bo’lganligini ko’rsatadi. Grenlandiya
yuzasining 3/4 qismi qalin materik muzliklari bilan qoplangan. Muzliklar
orolning
markaziy qismini egallagan, ba’zi joylarda qirg’oqqacha tushib keladi. Muzliklar
yuzasining deyarli yarmi 2000 m dan balandda joylashgan. Muzlik qoplamining
o’rtacha qalinligi 1600 metr, maksimal 3400 m ga yetadi. Materik muzligining
ichki qismi tekis yuzadan iborat bo’lib, uning chekkalari juda parchalangan. Muzlik
yuzasining chekkalarini yoriqlar va kanonsimon vodiylar kesib o’tgan, muzlik
stakanlari deb ataluvchi va chuqurligi 0,5 m gacha bo’lgan nuragan tog’ jinslari
bilan to’lib qolgan silindrik chuqurliklar uchraydi.
Materik muzligining chekkasi 100 m lik jarlik hosil qilib tik tushgan, yoki
qirg’oqqa qiya tushib, vodiy muzliklarini hosil qiladi. Grenlandiyaning muzliklari
orasidagi eng kattasi
Peterman muzligi
bo’lib, u shimolda joylashgan. Grenlandiya
muzliklaridan aysberglar hosil bo’ladi va ular janubga
Atlantika okeanida deyarli
40°sh.k. gacha bo’lgan joylarda uchraydi. Grenlandiyada materik muz qoplamining
paydo bo’lishiga orolning balandligi va shimoliy yarim sharda neogen bilan
antropogen orasida iqlimning sovib ketganligi sabab bo’lgan. Grenlandiya
muzliklari hozirgi vaqtda deyarli birmuncha turg’un holatda ekanligi yoki hatto
iqlimning umumiy isishi munosabati bilan chekinayotganligi aniqlangan.
Grenlandiyaning muzlar tagidagi rel’efi tekis bo’lib, markazga tomon nishab,
uning balandligi markaziy qismida 100 m dan oshmaydi. Grenlandiyaning qisman
muzdan holi chekka qismlarida tog’ tizmalari ko’tarilgan, janubi-g’arbda 190 km
ga, shimoli-sharqda 300 km ga yetadi. Orolning katta qismi tektonik tarkibiga ko’ra
platformadan iborat. Shimol va janubda bu platformaning zamini yer betiga chiqib,
baland qalin kristalli massivlar hosil qiladi. Markaziy qismida kristalli zamin
cho’kkan, bazalt lavalari bilan qoplangan, bu lava
oqimlari neogen davridagi
ko’tarilishlar bilan bog’liq bo’lib, unda yer po’stida yoriqlar vujudga kelgan.
Orolning sharqiy va shimoliy chekkasida
Sharqiy Grenlandiya
bilan
Innuit
burmali
tog’lari tizimi cho’zilgan. Qadimgi va hozirgi muzlanishlar ta’sirida Grenlandiya
tog’lari rel’efi al’p tipidagi rel’ef xususiyatlariga ega. Janubda kristalli tog’
tizmalarining balandligi 1600 m ga, sharqda ayrim tog’ tepalari 3000 m balandlikka
ko’tarilgan, eng baland cho’qqi
Gunbyorning
balandligi 3700 m ga yetadi.
Grenlandiya sohillarini fordlar chuqur parchalagan, janubi-g’arbiy va sharqiy
sohillar ayniqsa kuchli parchalangan bo’lib, bu yerda fordlarning uzunligi 180 km
ga, chuqurligi 500 m ga yetadi. Orol foydali qazilmalarga boy. Janubda alyuminiy
sanoatida va emallar ishlab chiqarishda katta rol o’ynovchi jins kriolit qazib olinadi.
Bundan tashqari, Grenlandiyada sof temir, grafit, torf,
uran rudasi konlari
aniqlangan.
173
Grenlandiya iqlimi nihoyatda sovuq, biroq hamma joyda birdek emas. Muzlik
qoplamining markaziy qismi ustida yil bo’yi antisiklon havosi ustun turadi va
harorat -10° dan -55°S gacha o’zgaradi. Qishda harorat - 60°S gacha tushadi iyulda
ham -28°S gacha sovuq bo’lishi mumkin. Harorat domiy 0°S dan yuqori
ko’tarilmaydi. Grenlandiyaning g’arbiy sohillarini Baffin dengizi suvlari o’rab
turadi, qishda dengiz ustida kuchli siklonlar bo’lib, bu yerdagi iqlim orolning
boshqa qismlaridagidan ancha yumshoq, yog’inlar yiliga 1000-1200 mm tushadi.
Qishki harorati 0°S dan bir necha daraja past, yozda esa -10°S ga yaqin bo’ladi.
Sovuq Grenlandiya oqimi ta’siri ostidagi sharqiy sohilda iqlim ancha quruq va
sovuqdir. Bu yerda yillik yog’in miqdori 200 mm bo’lib, qishki o’rtacha harorat -
30°S
ga yetadi, yoz sovuq va sernam.
Grenlandiyaning muzdan holi joylaridagi asosiy o’simliklar tundra o’simliklari
tipiga xos. Shimoliy qismlari tundra o’simlik turlarga kambag’al. Bu yerlarda turlari
600 ga yetadigan lishaynik va moxlar ustun turadi, o’t o’simliklaridan qutb
lolaqizg’aldog’i, toshyorar va momosirka eng ko’p tarqalgan. Shuningdek,
ayiqtovon, mitnik, tangayaproq uchraydi. Bu yerlarda bo’yi 2-3 metrli qayin va zirk,
archa va qoraqat o’sadi. Och yashil o’tloqlar tez-tez uchrab turadi. Grenlandiyada
materikda deyarli qirilib bitgan hayvonlardan qo’y-buqa va karibu bug’usi saqlanib
qolgan, sohilda oq ayiqlar ko’p. Sohilbo’yi suvlari dengiz hayvonlari va baliqlarga
boy. Asosiy qismi eskimoslardan tashkil topgan aholi sohil bo’ylab u yer bu yerda
joylashgan qishloqlarda yashaydi va ovchilik hamda baliq tutish bilan shug’ullanadi.
Bu yerdagi kam sonli yevropaliklar bilan amerikaliklar yirikroq aholi punktlarida
yashaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: