X. S. Xadjaev, I. A. Bakiyeva, sh sh. Fayziyev makroiqtisodiyot


To’lov balansi muvozanatini ta’minlash



Download 438 Kb.
bet104/152
Sana21.06.2022
Hajmi438 Kb.
#687031
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   152
Bog'liq
makro oquv qollanma 2 0bc92-конвертирован

To’lov balansi muvozanatini ta’minlash


Davlatlar to’lov balansini muvofiqlashtirish uchun turli valyuta siosatlarini amalga oshirishi mumkin. Bunday siyosatlar jumlasiga quyidagilarni keltirish mumkin.
Diskont (hisob yuritish) siyosati - bir tomondan kapitallarni xalqaro harakatiga valyuta kursi va to’lov balansini, ikkinchi tomondan ichki kreditlar, pul massasi, narxlar, yalpi talab dinamikasiga ta'sir etish orqali muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan Markaziy bank hisob yuritish stavkasining o’zgartirishga qaratilgan chora tadbirlar. Masalan, passiv to’lov balansida kapitallarni nisbatan erkin harakatlana olishi sharoitida hisob yuritish stavkasining ko’tarilishi foiz stavkalari nisbatan past bo’lgan mamlakatlardan kapitallar oqib kelishini rag’batlantirishi va milliy kapitallarni mamlakatdan oqib ketishini oldini olishi mumkin. Bu esa o’z
navbatida to’lov balansi holatining yaxshilanishi va valyuta kursining ko’tarilishiga olib keladi. Rasmiy stavkani pasaytirgan holda Markaziy bank to’lov balansi aktiv saldosini va o’z milliy valyutasi kursini pasaytirish maqsadida milliy hamda xorijiy kapitallarni oqib ketishiga ishonadi.
Zamonaviy sharoitda diskont siyosatining samaradorligi pasaydi. Bu esa uning ichki va tashqi maqsadlarining o’zaro qarama-qarshiligini kuchayganligi bilan izohlanadi. Agar foiz stavkalari kon'yunkturani jonlantirish maqsadida pasaytirilayotgan bo’lsa, bu kapitallarni oqib ketishini keltirib chiqargan holda to’lov balansiga salbiy ta'sir etadi. To’lov balansi holatini yaxshilash maqsadida hisob yuritish stavkasini ko’tarilishi, agarda u tushkunlik holatida bo’lsa, mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'sir etadi. Diskont siyosatining samaradorligi mamlakatga xorijiy kapital oqib kelishiga bog’liqdir, ammo nobarqarorlik sharoitida foiz stavkalari hamma vaqt ham kapitallar oqimini belgilab beravermaydi. Kapitallar va kreditlar xalqaro harakatini muvofiqlashtirish ham hisob yuritish siyosatini to’lov balansiga bo’lgan ta'sirini birmuncha pasaytiradi. Bu yerdan diskont siyosatining qisqa muddatliligi va nisbatan past samaradorliligi kelib chiqadi.
Markaziy bank devalvatsiya yoki revalvatsiya kabi valyuta siyosatining an’anaviy uslublaridan foydalanib ham to’lov balansini muvofiqlashtirishni ta’minlashi mumkin. Devalvatsiya - bu, xorijiy valyutalar yoki xalqaro valyuta birliklariga, oltinga nisbatan milliy valyuta kursini pasaytirish orqali ta’sir etish yo’li bo’lib, uning ob’yektiv asosi rasmiy valyuta kursining bozor kursiga nisbatan yuqoriroq qo’yilishi hisoblanadi. Revalvatsiya esa bu xorijiy valyutalar yoki xalqaro valyuta birliklariga, oltinga nisbatan milliy valyuta kursining ko’tarilishini ko’zda tutadi.
Kapital oqib kelishi sababli milliy valyutaning qimmatlashuvi, kapital chiqib ketishi sababli esa uning arzonlashuvi ro’y beradi. Valyuta kursining erkin suzib yurishi to’lov balansining joriy operatsiyalar va kapital harakati hisoblarini avtomatik ravishda muvofiqlashtirish mexanizmi hisoblanadi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi tarafdorlari ta’kidlashicha, to’lov
balansining ortiqchaligi yoki taqchilligi bunday vaziyatlarda tez orada barham topadi. Valyuta kurslarining erkin harakati to’lov balansining ortiqchaligi yoki kamomadini yo’qotadi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari to’lov balansini tenglashtirishda katta imkoniyatlarga ega bo’lsada, kamchilikliklardan ham holi emas. Bunday valyuta kurslari savdoning qisqarishiga, savdo sharoitining yomonlashishiga, nobarqarorlikka va boshqa shu kabi holatlarga olib keladi.
Agar Markaziy bank rasmiy valyuta zahiralari vositasida chet el valyutasini sotib yoki sotib olib valyuta kursini talab va taklif asosida o’zgarishiga barham bersa, erkin suzib yuruvchi valyuta kursi vositasida to’lov balansini tartibga solish zarurati yo’qoladi.
Bunda to’lov balansi taqchilligi Markaziy bank rasmiy zahiralarini qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatda ichki bozorda chet el valyutasi taklifi oshadi. Qayd etilgan operatsiya eksportga xos bo’lib kreditda plyus belgisi bilan (Markaziy Bankda xorijiy valyuta zaxirasi kamayishiga qaramasdan) hisobga olinadi. Ushbu tadbir natijasida ichki bozorda milliy valyuta taklifi kamayadi, uning almashinuv kursi nisbatan ko’tariladi va bu investitsiyalar hajmiga hamda iqtisodiy o’sishga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
To’lov balansining ijobiy qoldig’i Markaziy bankning rasmiy valyuta zahiralari miqdorining ortishiga olib keladi. Bunda Markaziy bank valyuta zaxiralarini to’ldirish uchun chet el valyutasini sotib olishi natijasida ichki bozorda milliy valyuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi, bu hol esa iqtisodiyotga, investitsiyalar hajmi va iqtisodiy o’sishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Markaziy bank tomonidan o’tkaziladigan bunday operatsiyalar rasmiy rezervlar bilan bo’ladigan operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar natijasida to’lov balansi qoldig’i nolga tenglashishi kerak.
To’lov balansi qoldig’i jamg’arish va investitsiyalar hajmlarini belgilovchi omillar (masalan byudjet soliq siyosati, foiz stavkalari) ta’sirida o’zgarishi
mumkin.
Milliy jamg’armalarning pasayishi mamlakatda rag’batlantiruvchi fiskal siyosat amalga oshirilsa yuz beradi. Bu o’z navbatida joriy operatsiyalar hisobi bo’yicha taqchillikka, kapital harakat hisobi bo’yicha musbat qoldiqqa olib keladi.
Agar aksincha to’xtatuvchi fiskal siyosat amalga oshirilsa, milliy jamg’armalar hajmi oshadi, bu esa o’z navbatida kapital harakati hisobi bo’yicha taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi bo’yicha musbat qoldiqqa olib keladi.
Jahon foiz stavkalarining oshishi kapital harakati hisobi bo’yicha taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi bo’yicha musbat qoldiqqa erishishga olib keladi. Jahon foiz stavkalarining pasayishi esa joriy operatsiyalar hisobi bo’yicha taqchillikka, aksincha kapital harakati hisobi bo’yicha musbat qoldiqqa erishishga olib keladi.

Download 438 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish