Makroiqtisodiy modellarda to’lov balansining ahamiyati
Tolov balansi makroiqtisoiyotda muhim ahamiyatga ega bo’lganligi uchun ham balansning asosiy moddalari hisoblangan joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog’liq operatsiyalar makroiqtisodiy modellarda o’z aksini topadi.
Makroiqtisodiy modellarda joriy operatsiyalar balansi qoldig’i quyidagicha beriladi:
Eksport– Import = Xn = Y-(C+I+G) bu yerda: Xn - sof eksport, C + I + G - absorbtsiya
Absorbtsiya-bu yalpi ichki mahsulotning mamlaran uy xo’jalirlari, firmalari hamda hukumatiga sotiladigan qismidir.
Agar mamlakat joriy operatsiyalar boyicha balansda taqchillikka uchragan bo’lsa, bu mamlakatning eksportdan olgan daromadlari importga qilgan xarajatlaridan kam bo’ladi va uni tashqaridan qarz olish hisobiga yoki mavjud aktivlarning bir qismini xorijiy investorlarga sotish orqali qoplashi mumkinligini anglatadi. Bu bitimlar sof xorijiy aktivlarning kamayishiga olib keladi.
Sof xorijiy aktivlar– bu mamlakat rezidentlari ega bo’lgan xorij aktivlari va xorijliklar ega bo’lgan milliy aktivlar miqdori o’rtasidagi farqdir.
Joriy operatsiyalar bo’yicha balansda taqchillik bo’lmagan sharoitda esa mamlakatning eksportdan olgan daromadlari importga qilgan xarajatlaridan ortiq bo’ladi. Bunda mamlakatning joriy operatsiyalar bo’yicha balansi ijobiy qoldiqqa ega bo’lib, unda mamlakatda chet elda ko’chmas mulkni sotib olish yoki boshqa mamlakatlarga qarzga berishga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan ortiqcha xorijiy valyuta yuzaga keladi.
Mamlakatda ma’lum bir vaqtda moddiy va moliyaviy aktivlarini sotib olish va sotish bilan bog’liq operatsiyalariga kapital harakati hisobi deyiladi. Kapital harakati hisobi balansida korxonalar, yer, uy-joylar, qimmatbaho qog’ozlar, aktsiyalar, xazina majburiyatlari va boshqa aktivlarni olish-sotish bilan bog’liq kapitallar oqimi aks ettiriladi. Bu aktivlar sotilsa yoki eksport qilinsa, xorijiy valyuta mamlakatga kirib keladi, ya’ni valyuta tushumi ko’payadi (+90). Biroq kapitalni olib kelish bilan bir vaqtda uni olib chiqish bilan bog’liq operatsiyalar ham amalga oshiriladi. Bunda mamlakatning tadbirkorlari xorijdan aktsiyalar sotib oladi, xorijliklarga kreditlar beradi va shu asosda ular xorijiy valyuta zaxiralarini sarflaydi. Bu operatsiyalar debet ko’rinishida aks ettiriladi (-37). Kapital harakati balansining qoldig’i – bu, uni olib kelish va olib chiqish o’rtasidagi farqdir (+53).
Kapital xarajatlari hisobida aktivlar bo’yicha barcha xalqaro operatsiyalar ko’rsatiladi.
Kapital xarakati balansi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga qilingan xarajatlar
Xorijga aktivlarni sotish valyuta zaxirasini ko’paytirsa, sotib olish esa uni kamaytiradi. Shuning uchun kapital harakati balansi barcha operatsiyalardan keladigan sof valyuta tushumlarini ko’rsatadi. Kapital harakati hisobining ijobiy qoldig’i mamlakatda kapital ko’payishini bildirsa, uning salbiy qoldig’i mamlakatda kapital kamayishini anglatadi.
Joriy operatsiyalar va kapital harakati qoldiqlari asosida to’lov balansi qoldig’i qyidagicha aniqlanadi:
To’lov balansi qoldig’i= Joriy operatsiyalar qoldig’i+ Kapital harakati balansi qoldig’i
Biroq, biz yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, amalda to’lov balansining nomutanosibligini bartaraf etishda rasmiy rezervlar, ya’ni mamlakatlarning Markaziy banklari shakllantirgan xorijiy valyutalar zahiralari qo’llaniladi. Bizning misolda bu nomutanosiblik yoki qoldiq (-29)ni tashkil etadi va rasmiy zaxiralardan tushumlar hisobiga tartibga solinadi.
Rasmiy zaxiralarning qisqarishi (+) kamomad miqdorini ifodalaydi, rasmiy zaxiralarning o’sishi (-) esa to’lov balansining musbat qoldig’i miqdorini ko’rsatadi. Natijada uning barcha uch bo’limi summasi «0»ni tashkil etishi lozim. Bu esa xorijiy valyuta taklifini va unga mamlakatda bo’lgan talab tengligini bildiradi.
Joriy operatsiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o’zaro aloqalarini umumlashtirsak, uning makroiqtisodiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
Y=C+I+G+Xn;
Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G);
Sn = I+Xn, bu erda: Sn – milliy jamg’arish
(I-S)+Xn=0 (Markaziy bank aralashmagan sharoitda egiluvchan valyuta kursi rejimida) (I-S) miqdori ichki investitsiyalarning ichki jamg’armalardan ortiqchaligini ko’rsatadi va kapital harakati hisobi qoldig’ini bildiradi.
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ko’ra joriy operatsiyalar va kapital harakati hisoblari bir-biriga tenglashadi:
Eksport-Import (tashqi balans) = Xn=-(I-S)=S-I (ichki balans)
Bu shuni bildiradiki, to’lov balansining joriy operatsiyalar bo’ycha kamomadi kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi.
Xn< 0 Eksport-Import < 0 Eksport < Import ; I-S >0 I >S xorijdan kapital kiritilishi.
Agarda investitsiyalar (I) milliy jamg’armalardan ko’p bo’lsa (I > S), ortiqcha investitsiyalar xorijdan olinadigan qarz hisobiga moliyalashtirilishi lozim. Bu qarzlar mamlakatga tovar va xizmatlarni eksport qilishga nisbatan ko’proq import qilinishini ta’minlaydi (Import > Eksport). Ya’ni, sof eksport manfiy qoldiqqa (Xn<0) ega bo’ladi. Mamlakat xalqaro jarayonga qarzdor bo’lib qatnashadi.
Xn>0 Eksport - Import >0 Eksport > Import; I-S<0 IJoriy operatsiyalar musbat qoldiqqa ega bo’lganda, ortiqcha mablag’lardan xorijga investitsiya qilishda yoki xorijdan ko’chmas mulk sotib olishda foydalaniladi.
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |