Mamlakat to’lov balansining tahminiy ko’rinishi
(raqamlar shartli)
|
Moddalar
|
Kredit (+) yoki eksport hisobiga
tushumlar
|
Debet (-) yoki import
xarajatlari
|
Sof kredit (+) yoki sof
debet (-)
|
I.
|
Joriy operatsiyalar hisobi
|
|
|
|
I. 1
|
Tovarlar
|
+ 125
|
- 205
|
- 80
|
|
Tashqi savdo balansining
qoldig’i
|
|
|
- 80
|
I.2
|
Xizmatlar
|
+ 35
|
- 37
|
- 2
|
I.3
|
Investitsiyalar daromadi
(foizlar va dividendlar)
|
+ 17
|
- 10
|
+ 7
|
I.4
|
Pul jo’natmalari
|
+ 1
|
- 8
|
- 7
|
|
Joriy operatsiya bo’yicha
balans qoldig’i
|
|
|
- 82
|
II.
|
Kapitallar harakati hisobi
|
|
|
|
II.1
|
Investitsiyalar va boshqa o’rta va uzoq muddatli
kapital
|
+ 90
|
- 37
|
+ 53
|
|
Kapitallar harakati
balansining qoldig’i
|
|
|
+ 53
|
|
Joriy operatsiyalar va kapitallar harakati bo’yicha
balansning qoldig’i
|
|
|
- 29
|
|
Xatoliklar va yo’qotishlar
|
-
|
-
|
-
|
III.
|
Rasmiy rezervlar (oltin, SDR, Xalqaro Valyuta Fondidagi (XVF) rezerv pozitsiyalari, xorijiy
valyutalar, XVF
kreditlari)
|
29
|
|
29
|
To’lov balansini tuzish tamoyillariga ko’ra u doimo balanslashgan bo’ladi. Manfiy yoki musbat qoldiq tushunchasi faqatgina to’lov balansining alohida qismlariga taalluqli. Shu bilan birga to’lov balansi qoldig’ining milliy iqtisodiyotga ta’siri amaliyotda bir xil tavsiflanmaydi. Iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib to’lov balansining musbat qoldig’i ham, manfiy qoldig’i ham ijobiy yoki salbiy deb baholanishi mumkin.
To’lov balansi holatiga baho berishda savdo balansi qoldig’i, joriy
operatsiyalar balansi qoldig’i, kapital harakati va moliya balansi qoldig’i hamda rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig’i alohida tahlil etiladi.
Savdo balansi qoldig’i o’zgarishiga baho berishda bu o’zgarishlar qaysi omillar ta’sirida ro’y berganligi e’tiborga olinadi. Masalan, manfiy qoldiq eksportning qisqarishi hisobiga ro’y bergan bo’lsa, bu holat milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi pasayganligidan dalolat berishi va negativ hodisa deb qaralishi mumkin. Lekin bu holat mamlakatga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar oqimi ko’payishi hisobiga importning o’sishi natijasida ro’y bergan bo’lsa, milliy iqtisodiyotning zaiflashishidan dalolat deb qaralmaydi.
Joriy operatsiyalar hisobi balansi, odatda, to’lov balansining ma’lumot beruvchi qoldig’i deb qaraladi. Chunki bu qoldiq bilan birga ichki iqtisodiy siyosatni cheklovchi tashqi iqtisodiy omil hisoblanishi bilan birga mamlakatning moliyalashtirishga ehtiyojini belgilaydi. Joriy operatsiyalar hisobi balansining musbat qoldig’i mamlakat boshqa davlatlarga nisbatan netto kreditor ekanligidan dalolat beradi, va aksincha, manfiy qoldig’i ( ya’ni joriy operatsiyalar hisobi balansining taqchilligi) mamlakat tovarlar va xizmatlarning netto-importi uchun to’lovlarni amalga oshirishga va transfert to’lovlarini moliyalashtirishga majbur bo’lgan sof qarzdorga aylanganligini anglatadi. Amalda joriy to’lov balansining musbat qoldig’iga ega mamlakat milliy jamg’armalarning bir qismini kapitalni ichki jamg’arishga yo’naltirish o’rniga mamlakat tashqarisiga investitsiyalaydi.
Kapital harakati va moliya balansi qoldig’i joriy operatsiyalar balansi holatining oynadagi aksi hisoblanadi, chunki real resurslar oqimini ko’rsatadi.
Shuningdek joriy operatsiyalar balansi holati qisman «Xatoliklar va yo’qotishlar» moddasiga to’g’ri keladi.
Rasmiy hisob-kitoblar balansi qoldig’i to’lov balansi umumiy (yakuniy) qoldig’ining kengroq tarqalgan nomlanishi bo’lib norezidentlarning mamlakatga nisbatan likvidli talablarning ko’payishi (kamayishi) yoki xorijiy likvidli aktivlardagi mamlakat rasmiy zahiralarning ko’payishidan ( kamayishidan) dalolat beradi. Bu qoldiq «Zahira aktivlari» moddasidan boshqa barcha
moddalarni qamrab oladi.
Endi yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlarini tahlil qilamiz.
Keltirilgan misolda joriy operatsiyalar bo’yicha balans salbiy qoldiqqa ega (- 82). Bu shuni bildiradiki, import operatsiyalari natijasida mamlakatda xorijiy valyutalarga bo’lgan talab, uning eksport operatsiyalar bilan ta’minlanadigan taklifidan oshiq bo’ldi. Boshqacha so’z bilan aytganda, bunday vaziyatda mamlakat joriy operatsiyalar bo’yicha taqchillikka ega va uni qoplash uchun u yo qarz oladi (uzoq va qisqa muddatli kreditlar) yoki o’zining ko’chmas mulkini (yer, inshootlar) va moliyaviy aktivlarini (aktsiyalar va obligatsiyalar) sotadi.
Joriy operatsiyalardan farqli ravishda kapitallar harakati balansi ijobiy qoldiqqa ega, ya’ni kapitalning sof oqib kelishi (+53) ni tashkil etgan.
Joriy operatsiyalar va kapitallar harakati balansi bir-birlari bilan o’zaro bog’langan: birinchisining taqchilligi (-82) kapitalning sof oqib kelishi (+53) bilan moliyalashtiriladi. Bu ikki bo’lim aslida bir-birlarini baravarlashtirib turishi lozim, ammo haqiqatda doimo taqchillik yoki ortiqchalik hollari mavjud. Shu sababli turli mamlakatlarning Markaziy banklari xorijiy valyutalar zahiralarini barpo etadi. Ular valyuta rezervlari deb ataladi va umumiy balansni tartibga solishda, uning qoldig'ini nulga keltirishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |