chizma. Eksport tariflari (eksport bojlari) joriy qilinishining iqtisodiyoqibatlari
Ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:
Ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchui tarif va kvotalarni bslgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va xukumatga norozilik bildirmaydilar.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin.
Shunday qilib, xorijliklar ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida eksportyor ko’rgan yo’qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi.
Savdo siyosatini amalga oshirishning ko’rib o’tilgan usullarining har biri ijobiy jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo erkinlashib boradi.
Mamlakat makroiqtisodiy siyosatini yuritishda mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan olib boradigan savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi hisoblangan tashqi savdo siyosati muhim o’rin egallaydi.
Tashqi savdo siyosati milliy iqtisodiyot ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni oqilona import siyosati hisobiga to’ldirish hamda milliy iqtisodiyotda ortiqcha bo’lgan mahsulotlarni eksport qilish hisobiga mamlakatning jahon bozoridagi o’rnini mustahkamlash vazifasini hal etadi.
Mamlakatlar tashqi savdoni tartibga solishda ustun ravishda savdoni erkinlashtirishga imkon beruvchi iqtisodiy vositalardan biri hisoblangan importga solinadigan bojxona bojini qo’llaydilar va bojxona bojlari davlat g’aznasini to’ldirishga imkon beruvchi fiscal funktsiyani, milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatdan himoyalash funktsiyasini bajaradi.
Milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning muqobil vositasi ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi va subsidiyaning tariflardan afzalligi milliy ishlab chiqarishni o’sishini ta’minlaydi, iste’molning mutloq kamayishiga olib kelmaydi.
Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash hamda kvotalash davlatga ular oqimini qattiq tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash asosida tashqi iqtisodiy taqchillik o’sishining to’xtatish orqali savdo balansining tenglashtirish imkonini beradi.
Savdo siyosatini amalga oshirishning ko’rib o’tilgan usullarining har biri ijobiy jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining
raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo erkinlashib boradi.